Foyda solig’i



Yüklə 0,5 Mb.
tarix19.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#145306
Foyda solig’i

Foyda solig’i

Tuzuvchi; abdusamatov begzod

reja

  • soliq toʻlovchilarning toifasi,
  • soliq stavkalari,
  • soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi.
  • 2022-yil 1-noyabrdan tovar (xizmat)larni eksportga realizatsiya qilishdan olingan foydaga, eksportdan olingan daromadning jami daromaddagi ulushidan qat’iy nazar, 0% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi lozim. 
  • Bunda 2023-yil 1-yanvardan doimiy muassasalar orqali O‘zbekistonda faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foyda bo‘yicha 0% miqdoridagi soliq stavkasi qo‘llanilmaydi.
  •  Quyidagi toifadagi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasini 50% ga pasaytirish huquqi beriladi:
  • а) 2022-yil 1-sentabrdan keyin birinchi marta foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan AOS to‘lovchilarga – soliq to‘lovchi soliq to‘lashga o‘tgan yildan keyingi bitta soliq davri davomida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llanadigan soliq davrida soliq to‘lovchining jami daromadi 10 mlrd so‘mdan oshmagan bo‘lsa.
  • b) 2022-yil 1-sentabrdan keyin joriy soliq davri davomida jami daromadi 1- marta 10 mlrd so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilarga – basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llanadigan soliq davrlarida jami daromad 100 mlrd so‘mdan oshmagan bo‘lsa, joriy soliq davri va keyingi soliq davri davomida. 
  • Pasaytirilgan soliq stavkasi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni va aksiz solig‘ini to‘lovchilarga nisbatan, shuningdek soliq to‘lovchi tugatilgan va (yoki) pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llash uchun soliq to‘lovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlarini ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida taqsimlash (bo‘lish) dalillari aniqlangan taqdirda qo‘llanilmaydi.
  • Foydali qazilmalar kavlab olinadigan konlarda tog‘ jinslarini olib tashlash ishlari istiqbolni ko‘zlab amalga oshirilishini inobatga olgan holda, ular alohida amortizatsiya aktivlari guruhiga o‘tkazildi. Ushbu xarajatlar mazkur amortizatsiyalanadigan aktiv bo‘yicha amortizatsiya normasini, biroq 1 yilda jamg‘arilgan xarajatlar summasining 33 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda, qo‘llash orqali soliq to‘lovchining jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida chegirilishi nazarda tutilgan. 
  • 2022-yildan faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident tasarrufida soliq to‘langanidan keyin qoladigan sof foyda dividendlarga tenglashtirilgan va unga 10% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi lozim bo‘lgan.
  • Faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llashga haqli ekanini nazarda tutuvchi aniqlashtirish kiritildi.
  • Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha soliq solish masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida bir nechta pasaytirilgan soliq stavkasi nazarda tutilgan bo‘lsa, ularning eng past bo‘lgani qo‘llaniladi. .
  • 2023-yil 1-yanvardan norezidentning montaj qilish va (yoki) ishga tushirish-sozlash xizmatlari va boshqa shunga o‘xshash xizmatlarni ko‘rsatishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalarni sotib olish (sotish) uchun tashqi savdo kontrakti doirasida, ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati alohida ko‘rsatilmasa, u holda norezidentning soliq solinadigan daromadi bunday xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi (ilgari – asbob-uskunalar qiymatidan 20%).
  • Foyda solig‘i bo‘yicha avans to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq organiga taqdim etish muddati o‘zgartirildi. Xususan, 2023-yil 1-yanvardan soliq to‘lovchi ushbu ma’lumotnomani joriy chorakda olinishi kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqib keyingi chorakdagi birinchi oyning 15-sanasigacha (ilgari 10-sanasigacha) taqdim etishga haqli.

E’tiboringiz uchun raxmat


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin