Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

 
2.3.Xolistik marketing konsepsiyasi
Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot, mahsulot va xizmatlar ishlab 
chiqarishning yuqori sur’atlarda barqaror o‘sib borish, byudjet sohasi xodimlarining 


35 
ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorining muntazam qayta ko‘rib 
chiqilishi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ilm-fan sohalari xizmatchilarining mehnatini 
rag‘batlantirish, aholi turmush darajasini tubdan yaxshilashga qaratilgan boshqa chora-
tadbirlar, ayniqsa, oxirgi yillarda xalqimizning hayot sifati izchil yuksalib borishini 
ta’minladi. 
Aholining xarid qobiliyati, ya’ni uning oylik maosh va pensiya hisobidan eng 
zarur iste’mol mahsulotlarini sotib olish va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari 
aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab va ehtiyojlarining ta’minlanishi sezilarli 
darajada yaxshilanib borayotganini aks ettiradi. 
Bugungi kunda mamlakatimiz korxonalarida marketing konsepsiyasini qo‘llashda 
avvalambor, iste’molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondirish orqali foyda olishga, 
korxonaning 
bozordagi 
brendini 
yanada 
kuchaytirish, 
reklama 
faoliyati 
samaradorligini oshirish, mijozlarga nisbatan alohida yondoshuvni amalga oshirish
ichki va tashqi bozorlarda tovarlar raqobatbardoshligiga erishishga alohida e’tibor 
qaratilmoqda
5

Marketing konsepsiyasiga yangicha yondoshish - bozorning strategik 
segmentidan tashkilotlarning potensial mijozlari yig‘indisidan - maqsadli guruhlar deb 
ataluvchilar bilan uzviy aloqalarga asoslanadi. Bozorni tatqiq qilish orqali 
iste’molchilarni bir xil guruhga ajratish va strategik segmentlarni aniqlab, mavjud va 
potensial mijozlar bilan keyingi aloqalarda korxonaning mavjud vositalarni tejaydi va 
yuqori natijaga erishishga imkoniyat beradi. 
Ma’lumki, marketing evolyusiyasida ishlab chiqarish, tovar, sotish, ijtimoiy-
axloqiy, o‘zaro aloqa konsepsiyalari kabi bosqichlarni kuzatish mumkin.
Iste’molchiga yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi – biznesga mo‘ljal olishni 
amalga oshirishdan iborat. G. Assel marketing konsepsiyasini rivoji ketma-ketligini 
quyidagicha ifodalagan: 1990 yillarda ishlab chiqarish konsepsiyasi, 1930 yillardan 
sotish konsepsiyasi, 1950 yillardan iste’mol konsepsiyasi, 1970 yillardan raqobat 
5
Эргашходжаева Ш.Ж. Холистик маркетинг концепцияси ва уни корхоналар фаолиятига татбиқ этиш. Илмий 
мақола. –Иқтисодиёт ва таълим, 2014. 4-сон. 


36 
konsepsiyasi, 1980 yillardan hozirgi kungacha strategik marketing konsepsiyasi 
evolyusiyasi davom etmoqda.
Korxonaning marketing konsepsiyasi - marketing kompleksini ishlab chiqish 
asosida hayotga tatbiq etiladi. Marketing usullari korxonalarda foyda olishga mo‘ljal
shaklida qo‘llaniladi va yaqin vaqtlargacha marketing bu soha deb yuritilar edi. 
Hozirgi vaqtda marketingni qo‘llanilish sohasi ahamiyatli ravishda kengaydi va uni 
nodavlat, notijorat tashkilotlari faol ishlatilmoqda. Marketing sohasi bugun tijorat 
faoliyati bilan chegaralanib qolmay, balki ijtimoiy tashkilotlarda ham marketing 
tadqiqotlarini o‘tkazib bormoqda. 
Respublikamizda ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda marketingni o‘rni kun sayin 
ortib bormoqda. 
Marketing nazariyasi va amaliyoti bozorni o‘rganish vositasi sifatida ko‘plab 
korxona va tashkilotlarda qo‘llaniladi. Evropa mamlakatlari va AQSH iqtisodiyotida 
band bo‘lgan jami aholining 25 - 33 foizi marketing faoliyati bilan bog‘liq. Rossiya 
korxonalarida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shundan dalolat beradiki, oxirgi yillarda 
ularning 70 foizdan ortig‘i marketolog mutaxassislarga muhtojdir. 
Marketing faoliyat sohasi sifatida, karera uchun qiziqarli va istiqbolli 
imkoniyatlarni keng tanlovini taklif etadi. Bular qatoriga sotuv, reklama, o‘rov 
dizayni, logistika, marketing tadqiqoti, tovar ishlab chiqarish, ulgurji va chakana savdo 
ixtisosliklari kiradi. Marketing yangiliklari siyosiy, madaniy, ijtimoiy sohalarda 
muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin. 
Marketing hozirgi to‘yingan bozor sharoitida iste’molchi nimalar hohlashini 
aniq bilmaydi. Muammo, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarni qondirishga 
qaratilgan muqobil yondashuvlarni va oqibatda taklif bilan to‘yinganlik sharoitlarida 
yangi marketing usullarini aniqlashdan iborat. Buning uchun yuzaga kelgan vaziyatda 
ehtimol tutilgan marketing usullarini aniqlash, funksional yondashuvlarning o‘zaro 
aloqalarini ko‘rsatish, qadriyatlar marketingi yondashuvidan foydalanish orqali 
muammolarning mavjud echimlarini tahlil qilish zarur. 
Bozorga tezroq kirib borish natijasida hozirgi paytda ustunlik qilayotgan 
marketingning bir qismi hisoblangan marketing innovatsiyalarini ham qayd etish 


37 
joizdir. XXI asr marketologlari marketing konsepsiyasini an’anaviy tamoyillari bilan 
chegaralanmagan yondoshuvni qo‘proq qabul qiladi.
Shu o‘rinda marketing innovatsiyalaridan biri hisoblangan xolistik marketing 
konsepsiyasi alohida o‘ringa ega. Ushbu marketing konsepsiyasi o‘zaro bog‘liqlik va 
uning chora-tadbirlarini kengligini hamda jarayonlarini hisobga olgan holda 
rejalashtirish, marketing dasturini ishlab chiqish va tatbiq etishga asoslanadi.
Xolistik marketing – marketing faoliyatida kengaytirilgan, integratsiyalashgan 
yondoshuv zarurligi muhim ekanligini ifodalaydi. SHunday qilib, xolistik marketing 
– marketing faoliyatini murakkabligi va turli xil imkoniyatlarni muvozanatlashtirish va 
tan olish bo‘yicha yondoshuvdir. Xolistik marketing 4 ta: marketingni o‘zaro 
munosabati, integratsiyalashgan marketing, ichki marketing va ijtimoiy-javobgar 
marketing konsepsiyalarini o‘z ichiga oladi (2.4- rasm ).

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin