Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Foydalanuvchilar, mahsulot yoki xizmatdan foydalanuvchilar hisoblanadi.Ko’p 
hollarda, foydalanuvchilar xaridga da’vatni boshlaydilar. 
Ta’sir etuvchilar, tashkilotdagi xarid qaroriga ta’sir etuvchi xarid markazi 
a’zolari hisoblanib, muqobil tanlovlarni baholash uchun ma’lumot yetkazishadi. 
Xarid qiluvchilar, yetkazib beruvchilarni tanlash va shart sharoitni belgilash 
uchun formal kuchga ega, ularning asosiy vazifasi yetkazib beruvchilarni tanlab, 
muzokaralarni 
olib 
borishadi. 
Murakkabroq 
xaridlarda, 
xarid 
qiluvchilar 
muzokaralarda juda ham faol darajada qatnashadilar. 
Qaror qabul qiluvchilar, yetkazib beruvchini tanlashda ta’sir o’tkazishda
kuchga ega shaxslar. Ko’p hollarda xaridorlarning o’zlari, qaror qabul qiluvchilar 
bo’lishadi. 
Darvozabonlar, boshqalarga boruvchi axborotni nazorat qilishadi. 
Xarid markazi korxonada, o’zgarmas va doimo ham belgiladigan birlik emas. Bu 
turli xil xaridlar uchun mas’ul shaxslarning xarid qilishdagi ma’lum roli hisoblanadi. 
Tashkilot doirasida, mahsulot turi va vaziyatga qarab turli xil kattaliklarda bo’ladi. 
Odatiy xaridlar uchun, aytaylik, xarid uchun mas’ul agent yuqorida keltirilgan barcha 
vazifalarni bajarishi mumkin.Murakkabroq xaridlar uchun esa bu 20 – 30 kishilik 
guruhlarni o’z ichiga olishi mumkin. 
Xarid markazi tushunchasi marketingdagi eng katta muammolardan birini 
ko’rsatadi. Marketolog xarid markazida, qaror qabul qilishda kimlar qatnashishi, har 
birining qanday darajada ta’sir o’tkaza olishi va har bir qatnashuvchi qanday qilib qaror 
qabul qilishini o’rganishi lozim. Bu albatta murakkab ish. 


90 
Xarid markazida yuqorida keltirilganlardan boshqa qatnashuvchilar ham bo’lishi 
mumkin. Misol uchun, reaktiv samolyot sotib olmoqchi bo’lgan korxona xarid 
markazida, korxona direktori, bosh pilot, xarid agenti va boshqa yuqori boshqaruv 
a’zolarini o’z ichiga oladi.
Tadbirkor xaridorlar qaror qabul qilish jarayonida ko’pgina ta’sirlar duchor 
bo’lishadi. Ayrim iqtisodchilar bu ta’sirlarni iqtisodiy deb ta’kidlashadi. Ular, 
xaridorlar eng yaxshi mahsulot yoki xizmatlarni eng past narxlarda yetkazib 
beruvchilar bilan hamkorlik qilishadi deb o’ylaydi. Iqtisodiyotda turg’unlik davrlarida, 
bunday omillar xaridor uchun juda muhim hisoblanadi. Zero, tadbirkor xaridorlar 
aslida ham iqtisodiy ham insoniy omillarni hisobga olishadi. Tadbirkor xaridorlar ham 
odam, jamiyat a’zolari. Ular ham sabab ham xis tuyg’uga asoslanishadi. 
Bugungi kunda ko’pgina marketologlar tadbirkor xaridorlar qaror qabul qilish 
jarayonlarida xis tuyg’u muhim rol o’ynashini tan olishmoqda.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin