92
5. Maslovning ehtiyojlar ierarxiyasi nazariyasining
marketingdagi ahamiyati
nimadan iborat?
6. Xarid xulqining turlarini asoslang?
7. Xaridor qaror qilish jarayoni nimalarni o’z ichiga oladi?
8. Xarid hohishi va xarid maqsadi orasidagi omillarni izohlang?
9. Biznes bozorlari deganda nimani tushunasiz?
10. Biznes xarid hulqining modelini asoslang?
11. Tadbirkor xaridorlarga ta’sir etuvchi asosiy omillarni sanab o’ting?
93
5-BOB. MARKETING AXBOROTI
5.1. Marketingda axborotning roli
Zamonaviy tadbirkorlik davri o‘zining bir qancha xususiyatlariga ko‘ra dastlabki
davrlardan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda marketing
faoliyatining nazariy va
amaliy jihatdan
asosiy kurash vositasi, rivojlanish uslubi
va dasturi sifatida tobora
namoyon bo‘layotganligidan ko‘rinmoqda.
Marketing faoliyatiga xos bo‘lgan
barcha axborotlar, ma’lumotlar
tadqiqotlar
uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish
va uzluksizligini ta’minlash zarur bo‘ladi. Marketing axboroti
yaxlit tizim sifatida
namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi. Quyidagi 5.1-rasmda marketingda axborotni roli
berilgan.
Marketing
axborot tizimi - insonlar, texnik vositalar
va amalga oshirish
uslublaridan tashkil topib, muhim va to‘g‘ri axborotni to‘plash, tartibga solish, tahlil
qilish, kuzatish natijasida marketing sohasida qaror qabul qiluvchiga samarali yordam
ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Marketing axboroti tizimi o‘zaro mushtarak bog‘langan
elementlar va munosabatlar majmuini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: