Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


-rasm. Tadbirkor xaridorlarga ta’sir etuvchi asosiy omillar



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

4.6-rasm. Tadbirkor xaridorlarga ta’sir etuvchi asosiy omillar 
 
4.6 – rasmda tadbirkor xaridorlarga ta’sir etuvchi omillar – atrof muhit, tashkilot, 
shaxslararo va shaxsiy omillari ko’rsatilgan. Tadbirkor xaridorlar ko’p jihatdan hozirgi 
va kutilayotgan talab darajasi, pul qiymati kabi iqtisodiy holatlar ta’siri ostida 
hisoblanadi. Boshqa muhim omil bu zarur materiallarning taklifi hisoblanadi. Ko’p 


91 
korxonalar hozirgi kunda faoliyat uzilib qolmasligi maqsadida tanqis materiallarni 
saqlash uchun kattaroq omborlarni tashkil etishmoqda. Tadbirkor xaridorlarga 
shuningdek siyosiy, texnologik va jamiyat rivojlanish darajasi ham ta’sir o’tkazadi. 
Shu bilan birga, xalqaro marketing sharoitida millat, an’analar ham xarid jarayonida 
muhim rol o’ynaydi. Tadbirkorlar ushbu omillarni o’rganishlari va ularni o’zlari uchun 
imkoniyatga aylantirishlari darkor.
Tashkiliy omillar ham muhim hisonblanadi. Har bir tashkilot, korxona o’zining 
maqsad, strategiya, tuzilishi, boshqaruv shakliga ega va marketolog shularni anglashi 
lozim. Bunday ko’rinishdagi savollar payo bo’lishi turgan gap: Qaror jarayonida 
nechta odam qatnashadi? Ular kimlar? Qanday kriteriyalarda baholashadi? Kompaniya 
o’z xaridorlariga nisbatan qanday siyosat olib boradi? 
Xarid markazi bir biriga ta’sir o’tkazuvchi ko’p qatnashuvchilardan iborat, demak 
xarid qararori jarayonida shaxslararo omil ham muhim hisoblanadi. Zero, ko’pincha 
bunday shaxslararo omillarni va guruh dinamikasini baholash murakkab hisoblanadi. 
Xarid markazidagi insonlar “xarid qiluvchi”, “ta’sir o’tkazuvchi” kabi yozuvlar bilan 
yurishmaydi. Shuning uchun bu juda ham nozik omil hisoblanadi va marketologlar 
shu omillarni o’rganib, hisobga olgan holda shunga yarasha harakat qilishlari kerak 
bo’ladi.
Xarid markazidagi har bir qatnashuvchi o’zining qarashlari, fikri va maqsadlari 
bo’ladi. Shaxsiy omil, yosh, ta’lim darajasi, shaxsiyat, professional tajriba va riskka 
bo’lgan qarash kabi xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Shuningdek, xaridorlar turli xil 
xarid stillariga egalar.Ayrimlari chuqur o’rganishlarni olib borsa, boshqalari o’z 
tajribalaridan kelib chiqqan holda ichki tuyg’ulariga ishonishadi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin