ERI bilan tasdiqlangan, Xujjat kodi: B3792200902/T To‘lov-kontrakt (Ikki tomonlama) asosida mutaxassis tayyorlashga KONTRAKT № B3792200902/T Surxondaryo O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–279-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 508-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2431, 2013-yil 26-fevral) bilan tasdiqlangan Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, TERMIZ MUHANDISLIK TEXNOLOGIYA INSTITUTI (keyingi o‘rinlarda “Ta’lim muassasasi”) nomidan rektor (direktor) Axmedov O‘ral Choriyevich bir tomondan, Tohirjonov Oybek Jahongir O‘g‘li (51912026270058) (keyingi o‘rinlarda “Ta’lim oluvchi”) ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb ataladigan shaxslar mazkur kontraktni quyidagicha tuzdilar: I. KONTRAKT PREDMETI 1.1. Ta’lim muassasasi ta’lim xizmatini ko‘rsatishni, Ta’lim oluvchi o‘qish uchun belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishni va tasdiqlangan o‘quv reja bo‘yicha darslarga to‘liq qatnashish va ta’lim olishni o‘z zimmalariga oladi. Ta’lim oluvchining ta’lim ma’lumotlari quyidagicha: Ta’lim bosqichi: Bakalavr Ta’lim shakli: Kunduzgi taʼlim O‘qish muddati: 4 yil (2026) O‘quv kursi: 1-kurs Ta’lim yo‘nalishi: 60710602 Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) 1.2. “Ta’lim muassasasi”ga o‘qishga qabul qilingan “Ta’lim oluvchi”lar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va davlat ta’lim standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv rejalar va fan dasturlari asosida ta’lim oladilar.