SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
392
Yosh bola ego holati bolalarda tabiiy obrazda paydo bo„ladigan barcha rag„batlantirishni
o„z ichiga oladi. Shu bilan birga qayg„urishi ham o„zi va o„zgalarga nisbatan reasiyalari va
holatlari ham yosh bolalarnikidek bo„ladi. Bu “eski” (araxik) bolalik xulqi kabi ifodalanadi.
Yosh bola ego holati shuniningdek shaxsning ijodkorligini ham namoyon etadi.
Qachonki biz ota-onamiz biror bir vaziyatda qanday ish tutganligi haqida o„ylasak shuni
xis qilsak va shunday faoliyatda bo„lsak bunda biz ota-ona ego holatida bo„lamiz. Qachonki biz
ob‟yektiv bahoga ega, faktlar bilan to„ldirilgan mavjud real faoliyatda bo„lsak biz katta odam
ego holatida bo„lamiz. Qachonki biz faoliyatda bolalarcha yondashsak va bolalikdagidek his
qilsak demak biz yosh bola ego holatida bo„lamiz.
Har birimiz vaqtning har bir sohasida shu uchta ego holatining birida bo„lamiz.
Tranzaksion
tahlil psixoterapiya, psixologik konsultasiya, ta‟lim va insonlar bir biri bilan
muloqotda bo„ladigan barcha joylarda ishlatiladi.
Beixtiyor paydo bo„ladigan ijtimoiy faollik yuzasidan o„tkazilgan kuzatuvlar shuni
ko„rsatadiki( maxsus tanlangan psixoterapevtik guruhlarda eng samarali ), odamlar vaqti-vaqti
bilan o„zlarining harakatlanishi,
nuqtai nazari, ovozi, lug„atlari va xulq-atvorlarining boshqa
jihatlarini sezilarli darajada o„zgartirib turishadi. Xulq-atvordagi bunday o„zgarishlar ko„pincha
hissiyotlarning o„zgarishi bilan bog„liq. Har bir shaxsda muayyan xatti-harakatlar to„plami
ma„lum bir ong holatiga mos keladi. Har bir to„plam alohida jismoniy ko„rinishlar bilan bog„liq
va ular ko„pincha bir-biri bilan muvofiq kelmaydi. Bu o„zgarishlar va farqlar "men"ning turli xil
holatlari mavjud degan g„oyani ilgari suradi.
Psixologiya nuqtai nazaridan, "men" holatini fenomenologik jihatdan izchil his-
tuyg„ular tizimi, operativ jihatdan esa xulq-atvor shakllanishining izchil tizimi sifatida tavsiflash
mumkin. Amalda, u o„ziga mos xulq-atvor shakllari bilan birga keladigan his-tuyg„ular tizimi
hisoblanadi. Har bir shaxsda bunday "men" holatlarining cheklangan repertuari mavjud. Ular
turli rollar emas, balki psixologik voqeliklar hisoblanadi.
Ushbu repertuar quyidagicha
taqsimlanadi:
1) ota-onalarning tasviriga o„xshash "men" holatlari;
2) voqelikni obyektiv baholashga qaratilgan "men" holatlari;
3) erta bolalik davrida qayd etilgan his-tuyg„ular va xatti-harakatlarning eng arxaik
namunalarini ifodalovchi "men" holati. Bu atamalarni biz ota-ona "men"i, katta odam "men"i va
bola "men"i deb ataymiz. Ushbu oddiy atamalar o„ta rasmiy muhokamalardan tashqari boshqa
barcha joyda qo„llanadi.
Demak, har qanday vaqtda ijtimoiy guruhlardagi har bir shaxs ota-onalik, kattalik yoki
bolalik "men"i holatini namoyon qiladi. Shaxslar turli tayyorgarlik darajasi bilan bir "men"
holatidan boshqasiga o„tishi mumkin. Ushbu kuzatishlar ma„lum xulosalar chiqarishga imkon
beradi. "Bu sizning ota-ona "men"i holatingiz" degani: " Siz hozir Ota-onangizdan biri ( yoki
ota-onangizni o„rnini bosuvchi shaxs ) qanday holatda bo„lsa, xuddi shunday ruhiy holatdasiz va
vaziyatga nisbatan u kabi xatti-harakatlar, so„z boyligi, his-tuyg„ularni ko„rsatasiz". "Bu sizning
Katta odam "men"i holatingiz degani: " Siz hozirgina vaziyatni mustaqil, obyektiv baholadingiz
va
fikrlaringizni, muammolaringizni yoki xulosalaringizni xolis bayon qilyapsiz. " Bu sizning
Bola "men"i holatingiz degani: " Siz bolaligingizda qanday harakat qilgan bo„lsangiz, xuddi
shunday va bir xil maqsadda munosabat bildirasiz".
Bundan kelib chiqadigan xulosalar:
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
393
1. Har bir shaxs o„zida ota-onasining ( yoki ularni o„rnini bosuvchi shaxslarning ) "men"
holatlarini (o„zi idrok qilganidek) takrorlaydigan shunday to„plamni olib yuradi va ushbu ota-
onalik "men" holatlari muayyan sharoitlarda faollashishi mumkin (ekstropsixik faoliyat). Oddiy
qilib aytganda: "Har kim ichida ota-onasini olib yuradi".
2. Bar bir shaxs (shu jumladan, bolalar, aqli zaiflar va shizofreniyaga chalinganlar ham)
agar tegishli "men" holatini faollashtira olsa, ma„lumotlarni obyektiv
qayta ishlashga qodir
(neopsixik faoliyat). Oddiyroq aytganda: "Xar bir odamning ichida voyaga yetgan shaxs--katta
odam bor".
3. Har bir inson bir vaqtlar hozirgidan yoshroq bo„lgan va o„zi bilan o„tgan yillarining
ma„lum taassurotlarini olib yuradi, ular ma„lun sharoitlarda faollashishi mumkin. Oddiy qilib
aytganda: "Har kim ichida kichkina bola yoki qizni olib yuradi".
Shunday qilib, o‟z-o‟zidan har uchala holat ham omon qolish uchun juda
muhimdir. Faqatgina ularning normal muvozanati buzilgandagina aralashuv kerak bo‟ladi.
Normal holatda ularning har biri: Ota-ona, Katta odam va Bola – teng
hurmatga loyiq
hamda samarali va to‟laqonli hayot uchun bir xil darajada zarurdir.
Dostları ilə paylaş: