9.3-rasm. To„g„ridan-o„g„ri xorijiy investitsiyalarning 2016-yildagi hududlar bo„yicha ichki va tashqi investitsiyalari 87 . 9.3-rasm ma‟lumotlaridan ko„rinib turibdiki, Xitoyning 2016-yildagi ichki
investitsiyalash hajmi 1354 mlrd. AQSh dolarini tashkil etgan va bu vaqtda tashqi
investitsiyalash hajmi 1281 mlrd. AQSh dollariga teng bo„lgan. Bu esa Xitoyning
ichki investitsiyalash salohiyati yil sayin ortib borayotganligidan dalolat beradi.
Ularning umumiy miqdori esa 2635 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi.Bu holatni
2018-yilning 1-yarim yilligi bilan taqqosaganda esa yanada katta farqni ko„rish
mumkin. Ya‟ni 2018-yil 6 oylik yakunga ko„ra, Xitoyda asosiy kapitalga umumiy
investitsiyalash (ichki va tashqi manbalar hisobidan) hajmi 4,4 tlrn. AQSh dollari
(29,7 trln. yuan)ni tashkil etgan. Bunda xususiy sektorning ulushi o„tgan yilga
nisbatan 8,4 %ga yuqori bo„lgan
88
.
Xitoy davlatining faol investitsiya siyosatini olib borishi va xorijiy va ichki
investitsiyalarni
o„zlashtirishdagi samarali islohotlar mamlakatda ishsizlik
darajasining pasayib borishiga sabab bo„lmoqda. Bunda 2017-yilda hukumat ishsizlik
darajasini 4,5 %ga taxmin qilgan bo„lsa, amalda u 3,9 %ni tashkil etdi. Bu
ko„rsatkich 2018-yilda 3,8 %ni tashkil etdi. Bu holat Xitoyda 2017-yilda 13,5 mln. va
2018-yilda 11 mln. kishini ish bilan ta‟minlashning natijasidir
89
.
5 yillik davrda (2012-2017 yy.) Xitoyda jalb etilgan jami xorijiy investitsiyalar
hajmida sanoatning yuqori texnologiyali tarmoqlari ulushi 14,5 %ga o„sdi. Diqqatga
sazovor tomoni shundaki, xorijiy kapitl ishtirokidagi korxonalari hissasining
kichikligiga qaramay (mamlakatdagi jami xo„jalik subyektlari sonining 3 %idan
oshmaydi), ularning mamlakat tashqi savdo aylanmasidagi ulushi qariyb 50 %ni
tashkil etadi, sanoat korxonalarini hisobga olgan holdagi foydasi (yillik 20 mln.
yuandan yuqori hajmdagi tushumlarni hisobga olgan holda) – 25% atrofidagi, soliq
to„lovlari summasida esa – qariyb 20% ulushni tashkil etadi
90
.
87
Source: World Investment Report 2017, United Nations, 2017
88
Темпы роста ВВП Китая и объем инвестиций обгоняют прогнозы. // https://www.vestifinance.ru/articles/103955
89
Темпы роста ВВП Китая и объем инвестиций обгоняют прогнозы. // https://www.vestifinance.ru/articles/103955
90
Годовой обзор состояния экономики и основных направлений внешнеэкономической деятельности
Китайской Народной Республики в 2017 году. По данным ГТУ КНР.