281
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:
1.
Xitoy iqtisodiyotining o„sish sur‟atlari va natijalari
dunyoni hayratga solib
keladi. Bunda EIHlarning ham salmoqli ulushga ega ekanligi e‟tiborga molikdir.
Shuni ta‟kidlash lozimki, Xitoy iqtisodiyoti 15 %lik o„sishlarni ham qayd etgan holda
2009-2017 yillarda bu ko„rsatkich 6,7-8 %ni tashkil etdi.
2.
Xitoyda tashqi savdo aylanmasi bo„yicha dunyoda birinchi o„rinda turadi va
2018-yilda bu ko„rstakich rekord natijani ko„rsatdi va 4,62 trln.
dollarga etib, 2017
yilga nisbatan 12,6 foizga o„sgan. Savdo balansining ijobiy saldosi 546,5 mlrd.
dollarni tashkil qilgan. EIHlar tashqi savdosida ham o„sish kuzatilib, 2017-yilda bu
ko„rsatkich 7,4 %ga mamlakat tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 13,7 %ga teng
bo„lgan. Unda Shenjen MIHning umumiy savdo aylanmasidagi ulushi 73,6 %ni,
jumladan, eksportdagi ulushi 73,9%ni, importdagi ulushi esa 73,2%ni tashkil etgan.
3.
Xitoy EIHlarni rivojlantirishda TTXIlarni jalb etishga ham alohida e‟tibor
qaratadi. So„nggi yillarda Xitoy iqtisodiyotiga
TTXIlarni jalb etish hajmi
barqarorlikni kasb etmasa-da, biroq, ularning YaIMga nisbatan ulushi 10 %dan
yuqorini tashkil etmoqda. Mazkur TTXIlarni kirituvchi davlatlar ichida Gonkongning
ulushi juda yuqori bo„lib, jumladan, 2017-yilda uning ulushi 75,4 %ni tashkil etgan.
Keyingi 4 ta o„rin ham Osiy davlatlariga tegishli bo„lib, ularning umumiy ulushi 85,8
%ni tashkil etadi. Bu mamlakatda qo„shma korxonalar sonining ortib borishiga ham
ta‟sir ko„rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: