9.5. Xitoyda erkin iqtisodiy hududlar faoliyati va rivoji bilan bog„liq muammolar Bugungi kunda Xitoyda 6 ta erkin iqtisodiy hududlar faoliyat olib borib, ulardan
4 tasi mamlakatning Janubi-Sharqiy qirg„oqlarida joylashgandir:
- Shantou EIH Shantou erkin iqtisodiy zonasi Guandun shahrining Shantou
shahrida joylashgan. U ikki qismdan iborat: Birinchi qism Shantou shaxrining sharqiy
qismini o„z ichiga olib 22,6 km
2
maydonni egallaydi va ikkinchi qism Shantouning
janubiy qismida joylashgan Guanjou yarim oroli bo„lib, 30 km
2
maydonni egallaydi.
Unda neft-kimyo, port infratuzilmasi, kiyim-kechak, oyoq-kiyim, elektronika
mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida xorijiy kapital ishtirokidagi 3000 dan ortiq
loyihalar amalga oshiriladi. Iqtisodiy hududiga jalb qilinayotgan investitsiyalarning
95 %i Gonkong, Tayvan va Singapurga tegishlidir.
- Shenjen EIH Xitoydagi eng yirik iqtisodiy hudud hisoblanadi va u Guandun
provinsiyaning janubida joylashgandir. Hudud 327,5 km
2
maydonni egallaydi. Unda
umumiy hajmi 22,4 mlrd. AQSH doll.hajmidagi 17,5 mingta korxona faoliyat
ko„rsatmoqda va ularning 85% i Gonkong kapitaliga asoslangandir. Ulardagi
sarmoya kiritilgan asosiy sohalar yadro energetikasi, elektronika, mashinasozlik,
xizmat ko„rsatish, moliya, yuqori texnologiyalar sohasi hisoblanadi.
- Chjuxay EIH ham Guandun provinsiyasining janubida joylashgan. U G„arb
tomonidan Marvarid daryosi bilan, Janubda Makao (Aomen) bilan chegaradosh. EIH
15,16 km
2
maydonni egallaydi. Unda
xorijiy kapital ishtirokidagi 4980 tadan ortiq
korxonalar faoliyat yuritmoqda. Xorijiy investitsiyalar xizmat ko„rsatish, og„ir sanoat,
elektronika, port va yo„l qurilishi sohalariga jalb qilinib, ularning 80 %i Gonkong,
Makao, Tayvan va Singapur hissasiga to„g„ri keladi.
- Syamen EIHda Futszyan provinsiyasining Syamen shahrida joylashgan. U o„z
ichiga Syamen orolini va Gulan orolchasini oladi, umumiy maydoni 131 km
2
ni
tashkil etadi. Unga 15 mlrd. AQSh doll.hajmida xorijiy sarmoya asosan, Tayvandan
elektronika, tekstil, oziq-ovqat va kimyo sanoatlariga (80%) kiritilib, unda 4150ta
korxona faoliyat ko„rsatmoqda.
- Xaynan EIH alohida orol hududi bo„lib, uning maydoni 34
ming kv.km.dan iboratdir. Unda 7320 tadan ortiq korxonalar faoliyat olib borib,
horijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 22,3 mlrd. AQSh doll.ni tashkil etadi.