287
9.9-jadvaldan ko„rinib turganidek, 2017-yilda 5 ta MIH tomonidan yaratilgan
yalpi ichki mahsuloti hajmi bo„yicha Shenjen MIH eng asosiy ulushni egallaydi.
Undagi yaratilgan yalpi hududiy mahsulotlarning esa 58,6 %i xizmatlar sohasiga
to„g„ri keladi. Keyingi ulushni (41,3 %) sanoat va qurilish sohani tashkil etadi.
Qolagn qismi qishloq xo„jaligi (0,1 %) hissasiga tegishlidir. Bu tarmoqlar boshqa
MIHlarda boshqa nisbatdagi ulushlarni tashkil etgan.
Umuman olganda, Xitoyda
EIHlar rivojida tarmoqlar, ayniqsa xizmatlar sohasining ulushi ortib bormoqda. Bu
esa EIHlar iqtisodiy yuksalishida muhim omilga aylanmoqda.
Tadqiqotlarga ko„ra, Xitoy iqtisodiy rivojlanishida erkin iqtisodiy hududlar
o„rnining yildan-yilga oshib borishi quyidagilar bilan izohlanadi:
-
EIHlarda faoliyat yurituvchi xorijiy investorlar uchun bojxona to„lovlari va
soliqlar bo„yicha imtiyozlarning berilganligi;
-
EIHlarda yuqori xorijiy texnologiya asosida ishlab chiqarishni tashkil qilish
orqali, yaratilgan mahsulotlarni keng ko„lamli eksport qilishning samarali mexanizmi
tashkil etilganligi;
-
oddiy va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonlari o„zaro uyg„unlikda
rivojlanishi ta‟minlanganligi;
-
EIHlarda iqtisodiy rivojlanishga erishishda ilmiy-texnik jarayonlardagi moddiy
resurslar iste‟molini oshirish va boshqaruvdagi innovatsiyalarni oshirishga qaratilgan
har tomonlama mustaqil innovatsiyalarga keng imkoniyatlar berilganligi.
Jahon iqtisodiyotida yetakchi o„ringa ega bo„lgan Xitoyda ham EIHlar
faoliyatida o„ziga xos kamchiliklar yo„q emas. Bunday kamchiliklar
tarkibiga erkin
iqtisodiy hududlarni tashkil etilishining asosiy maqsadi hisoblangan, sanoat ishlab
chiqarish korxonalarini mamlakatning rivojlangan hududlaridan rivojlanish darajasi
past hududlarga o„tkazilishi, ishchilarni ish bilan ta‟minlash, mahsulot ishlab
chiqarishda xalqaro andozalarga to„la rioya etishni ta‟minlash muammolari
to„liqligicha hal etilmaganligi hisoblanadi.
Shu boisdan, EIHlarni tashkil etishda
shoshilmasdan puxta o„ylangan chor-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Chunki,
uzoq muddatli dasturlarning qanday unum bilan ishlashini oldindan bashorat qilish
qiyin.
Shu bilan birga Xitoyda EIHlar faoliyat yuritishining o„ziga xos muammolari
ham mavjud bo„lib, ularning asosiylari quyidagilar:
-
EIHlarga qo„yilgan qo„yilmalarning katta qismi (80% i), Gonkongdagi
xitoyliklar tomonidan amalga oshirilgan. Yirik zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo
etish imkonini beruvchi transmilliy korporatsiyalarning investitsiyalari, asosan,
mamlakatning boshqa tuman-lariga yo„naltirilgan;
-
joriy etilayotgan chet ellik texnologiyalarning
past darajasi, xitoylik ishchi
kuchining past malakasi va mutaxassislar etishmovchiligi;
-
er ijarasi va ishchi kuchi xarajatlarining oshib borishi, bu chet ellik kapitalni
jalb qilish sur‟atlariga o„z ta‟sirini ko„rsatadi (EIHlarda ishchi kuchii xarajatlarining
birmuncha yuqoriligi, hududning mamlakatning rivojlanmagan mintaqasida tashkil
etilganligi va shu kabilar hisobiga bir necha barobar qimmatroqga tushadi);
-
qo„shma korxona barpo etish va faoliyat yuritishidagi byurokratik to„siqlar;
-
xomashyo va energiya tanqisligi;
288
-
EIHlar bo„yicha yagona qonunchilikning yo„qligi.
Shunga qaramasdan EIHlar o„zi joylashgan iqtisodiy
va ijtimoiy rivojlanishiga
katta hissa qo„shdi. Aynan EIHlar tufayli Xitoy jahon bozoriga chiqishi mumkin
bo„ldi.
Umuman olganda, XXR hukumati tomonidan mamlakat iqtisodiyotida
integratsiyalashuvni
faqatgina
bir
hududga
yo„naltirib
qolmasdan,
balki,
investitsiyalarni butun bir mamlakat hududiga bir maromda joylashtirib, tashqi
iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish lozim deb ko„rsatishmoqda. Bu sohada qo„shma
korxonalarni tashkil etish to„g„risidagi qonun-qoidalarni takomillashtirilishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Agar 80 yillarga qadar qo„shma
korxonalar tuzish uchun
XXRning Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligidan ruxsat olingan bo„lsa, 90 yillarga
kelib bunday huquq mahalliy hukumat organlariga berilgan edi.
Bugungi kunga kelib chet ellik va xitoylik investorlarning imtiyozlari deyarli
tenglashtirilganligi bois chet ellik investorlarning imtiyozlari faqatgina yuqori
texnologiyali, fundamental infratuzilma sohalarni rivojlantirish tarmoqlarida saqlab
qolindi, xolos. Imtiyozlarning olib tashlanishi, albatta, xorijiy
investorlarning foyda
me‟yorini ancha cheklab qo„ygan edi. Shuning uchun ham hozirgi kunda xorijiy
investorlar, asosan, Xitoyning imtiyozlar saqlanib qolingan EIHlariga ko„plab kirib
kelmoqda.
Bu esa yuqoridagi paragrafda keltirilganidek, chet el investitsiyalarining
EIHlarga kirib kelishi nisbatan yuqoriligini ta‟minlamoqda.
Shunday qilib, Xitoy tajribasini o„rganish va uning ijobiy tomonlarini
respublikamizda tashkil etilayotgan EIHlar faoliyatida qo„llash muhim ahamiyat kasb
etadi.
Xitoy tajribasidan xulosa qiladigan bo„lsak,
EIHlarni yaratishda va
rivojlantirishda ular qo„yidagilarga asosiy e‟tibor qaratganlar:
1. Puxta o„ylangan huquqiy-me‟yoriy baza yaratilganligi;
2. Iqtisodiy, moliyaviy va boshqa imtiyozlarning turi va darajasi mahalliy
sharoit, qo„yilgan maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda puxta ravishda
tabaqalashtirilgan.
3. Hududlarda moslashuvchan investitsiya siyosati amalga oshirilganligi.
4 Ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot bazasi va savdo-sotiq tizimini qayta ishlash
sanoatini kompleks rivojlantirishga qaratilganligi.
5. Katta miqdorda nisbatan arzon bo„lgan ishchi kuchining mavjudligi.
6. Eksport uchun real va shaffof ishlash imkoniyatining yaratilishi.
7. Xitoy sug„urta kompaniyalari xorijiy investorlarni sug„urtalashni o„z bo„yniga
olganligi.
8. EIHlar rivojlanishini davlat tomonidan keng tarzda qo„llab-quvvatlash
ammalga oshirilganida, deb bilamiz.
Bu tajribani O„zbekistonda ishlab chiqish va EIHlarni yaratishda o„rganish
lozim.
Dostları ilə paylaş: