Tayanch iboralar: Erkin iqtisodiy hududlar, ijara, investor, tovar, tashqi iqtisodiy faoliyat,
hukumat, investitsiya, samara.
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1.
RFda EIHlar tashkil etish o„tgan asrning 90 yillarida boshlandi. 1989-yildan
1991-yilning iyun oyigacha jami 11 ta EIH faoliyat ko„rsatdi. Ularning umumiy
maydoni 1 mln. km
2
dan (Rossiya maydoniining 7 %), aholisi 18,5 mln. kishidan
(mamlakat aholisining 13 %) ortiq edi. Ushbu EIHlar o„z maydoni bo„yicha dunyoda
tashkil etilgan barcha EIHlar maydonidan katta bo„lib, ularni tashkil qilish jarayoni
maqsad va vazifalarning aniq belgilanmaganligi, me‟yoriy-huquqiy hujjatlarning
mavjud emasligi, mahalliy hokimiyatlarning EIHlar orqali mustaqillikka intilishi,
imtiyozlarning mezonlarsiz berilishi kuzatildi.
2.
RFda EIHlar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish dastlabki 15 yil
davomida birmuncha samarasiz natijalar bilan xotirlanadi. Bu vaqtda mamlakatning
turli hududlarida bir qancha EIHlar tashkil etildi. Biroq, ular faoliyati o„z samarasini
bermodi, aksincha, xorijga kapital chiqib ketishiga xizmat qildi. Bugungi kunda
mamlakatda jami 25 ta MIHlar mavjud bo„lib, ularda 660 ta rezident hamda 25
mingdan ziyod ishchi-xodimlar mehnat faoliyat olib bormoqda.
3.
RFda EIHlar faoliyati samaradorligini oshirishda ularga berilgan imtiyozlar
muhim o„ringa ega. Bu ularga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda alohida ahamiyat
kasb etadi. Biroq, shunday bo„lsa-da, ular yetarlicha o„z samarasini bermadi, chunki,
mamlakatda EIHlar sonining ortib va kamayib turish holatlari kuzatilib turdi.
Natijada tashkil etilgan EIHlar iqtisodiyot uchun birdek ahamiyat kasb etmadi.
Nazorat uchun savollar: 1.
RFda EIHlarni tashkil etish qaysi vaqtlardan amalga oshirilishi kuzatildi?
2.
RFda EIHlarni tashkil etishda qanday xususiyatlar kuzatildi?
3.
RFda EIHlarni tashkil etishda qanday yondashuvlar kuzatildi?
4.
RFda EIHlar faoliyati va ulardagi imtiyozlarga baho bering.
5.
RFda EIHni tashkil etish va rivojlantirishda qanday xato va muammolar
kuzatildi?
6.
Bugungi kunda RFda qanda EIHlar faoliyat olib bormoqda?