Tayanch iboralar: Erkin iqtisodiy hududlar, offshor hududlar, offshor kompaniyalar, savdo
kompaniyalari,
xolding
kompaniyalar,
trast
kompaniyalar,
transport
kompaniyalari, sug„urta markazlari, offshor moliyaviy markazlar.
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1.
Offshor hududlarning rivojlanishi offshor kompaniyalarga bevosita bog„liq
bo„lib, bu esa bu hududlarga offshor kompaniyalarning jalb etilishi va ro„yxatdan
o„tkazilishiga ko„p jihatdan bog„liqdir. Bunga o„ziga xos bir qator omillar ijobiy
ta‟sir ko„rsatadi. Shu sababli offshor hududlarda offshor kompaniyalarni tashkil
etishga bo„lgan intilish tobora ortib bormoqda.
2.
Bugungi kunda jahonda tashkil etilgan va faoliyat ko„rsatayotgan offshor
hududlarda turli xil offshok kompaniyalari ro„yxatdan o„tkazilib, faoliyat ko„rsatib
kelmoqda. Ular qatorida quyidagilarni keltirib o„tish mumkin: savdo kompaniyalari,
xolding kompaniyalar, trast kompaniyalar, transport kompaniyalari, Sug„urta –
zahira fondlarini jamg„arish maqsadida tashkil etiladigan yirik korxonalar, offshor
moliyaviy markazlar, kemalarni nazorat ostidagi hududlar sug„urta markazlari,
xolding hududlar, kemalarni nazorat ostidagi hududlar, xarid qiluvchi va vositachi
savdo hududlari, investitsion faoliyatni barpo etish hududlari.
3.
Offshor hududlarda offshor kompaniyalarining faoliyati mazkur hudud
ixtisosligiga hamda u tomonidan rezident va norezidentlarga taqdim etiladigan
imtiyozlar va qulayliklarga bog„liq. Shunga ko„ra aytish mumkinki, dunyodagi
offshor hududlar tegishli ixtisosliklariga ko„ra turli davlatlarda tashkil etilganligini
ko„rish mumkin.
Nazorat uchun savollar: 1.
Offshor hududlarda qanday offshor kompaniyalari faoliyat ko„rsatadi?
2.
Offshor hududlar ixtisosligiga ko„ra o„zida qanday offshor kompaniyalarni
jamlaydi?
3.
Offshor hududlarda qayti turdagi offshor kompaniyalar faoliyati faol
rivojlanishga ega?
4.
Offshor kompaniyalar istiqboli offshor kompaniyalarga qanchalik bog„liq?
5.
Qaysi offshor hududlarda offshor kompaniya ko„proq ro„yxatdan o„tkazilаdi?
6.
O„zbekistonda offshor hududlarda ro„yxatdan o„tgan qanday kompaniyalar
faoliyat ko„rsatadi?