Tayanch iboralar:
Erkin iqtisodiy hududlar, erkin savdo hududi, erkin bojxona hududi, omborxona
hududlari, erkin portlar va bojsiz savdo do„konlari, boj, tovar, savdo, eksrort, import.
87
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:
1.
Savdo hududlari EIHlar avlodining dastlabkisi sifatida yuzaga kelib, bugungi
kunda ham yangi turlarining paydo bo„lishi va faol rivojlanishi bilan alohida ajralib
turadi. Savdo hududlari boshqa turdagi EIHlardan farqli ravishda eng uzoq tarixga va
ko„p bosqichli rivojlanishga ega EIH hisoblanadi.
2.
Savdo hududlarining rivojlanishi boshqa turdagi EIHlarning rivojlanishini
ham rag„batlantiradi, shuningdek, ularning rivojlanish daraajasini ham ko„rsatib
turadi. Boshqa turdagi EIHlarga nisbatan savdo hududlarining barcha turlarini har bir
mamlakatda tashkil etish mumkin, qulay va samaralidir.
3.
Savdo hududlari turlari o„ziga xos funksiyalarni bajarib, milliy va jahon
iqtisodiyoti rivoji va o„zaro integratsiyasini ta‟minlashning muhim va xalqaro vositasi
hisoblanadi.
Nazorat uchun savollar:
1.
Savdo hududlarini tashkil etishdan maqsad nima?
2.
Savdo hududlarining qanday turlari mavjud?
3.
Savdo hududlarining eng faol rivojlanishda bo„lgan turlarini aytib bering va
uning sabablarini izohlang.
4.
O„zbekistonda savdo hududlarining qanday turlari tashkil etilgan va ular
faoliyatiga qanday baho berasiz?
5.
Savdo hududlarining qaysi turi eng qadimiy va eng zamonaviy EIH
hisoblanadi?
6.
Savdo hududlarining tashkil etilishi va rivojlanishiga qanday muammolar
salbiy ta‟sir ko„rsatadi?
3.3.
Savdo-ishlab chiqarish hududlari va ularning xususiyatlari
Savdo
-
ishlab chiqarish hududlari
ikkinchi avlod hududlariga kiradi. Ular
savdo hududlarining evolyutsiyasi natijasida paydo bo„ldilar: ular uchun ajratilgan
hududga faqatgina tovarlar emas, balki, kapital ham kiritilib, ular faqatgina savdo
bilan emas, balki, ishlab chiqarish bilan ham shug„ullana boshlaganlaridan buyon
yuzaga keldilar.
Ular, o„z navbatida, qaysi bozor turi ko„proq namoyon bo„lishidan kelib chiqqan
holda quyidagilarga bo„linadilar:
-
import o„rnini bosish hududlari (mahsulot mamlakat ichki bozorida iste‟mol
qilishga muljallangan);
-
eksport hududlari (mahsulot tashqi bozorga yunaltirilgan);
-
eksport-import o„rnini bosish hududlari (aralash ta‟minot).
Savdo-ishlab chiqarish hududlari maxsus bojxona tartibiga ega bo„lgan
hududlarda tuziladi va ular katta soliq va moliyaviy imtiyozlardan foydalanadilar.
Odatda, tayyor kiritilayotgan tovarlar, xomashyo va materiallar ustidan nazorat
minimal hajmda bo„ladi va ular ustidan nazorat bilan cheklaniladi. Bunday olib
kirish, kiritish bojlari va soliqlardan ozod qilinadi (bojxona shaxodatnomasi uchun
88
to„lovdan tashqari). Savdo-ishlab chiqarish hududlarida yaratilgan tovarlarni uchinchi
mamlakatlarga chiqarish bu mamlakatlar uchun oddiy import bo„lib, improt qiluvchi
mamlakatda amal qiluvchi qoida va tartiblar asosida amalga oshiriladi. Bojxona
tartibi va kiritish bojxona to„lovlari mahalliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi.
Tovar va xizmatlarni EIH joylashgan mamlakatga yetkazib berish ushbu
mamlakatning bojxona qonunchiligiga mos ravishda amalga oshiriladi, ya‟ni savdo-
ishlab chiqarish hududidan kiritilayotgan tovar bojxona tozalash amaliyotini
belgilangan bojxona to„lovlari to„lash bilan amalga oshiriladi. Agar yetkazib
berilayotgan mahsulot qiymatining bir qismi mahalliy xomashyo va materiallarga
to„g„ri kelsa bojxona to„lovini mikdori hisoblanganda u mahalliy komponentlar
miqdoriga kamaytiriladi.
Birinchi erkin sanaoat eksport yo„nalishidagi hudud 1959-yilda Irlandiyadagi
Shennon aeroportida tuzilgan edi. Transatlantik yo„nalishlar ochilib samolyotlarning
Shennonda qo„nib o„tishiga ehtiyoj qolmagandan so„ng aeroportning yopilishi va
ishchilarning ishsiz qolishi xavfi tug„ildi. Shuning uchun Irlandiya hukumati sanoat,
savdo va turizmga chet el investorlarini jalb etish uchun bojxona to„lovlarisiz tartibni
kiritdi. Irlandiya kompaniyalaridan biriga 1959-yilda Shennon aeroporti atrofida 300
ta qo„shimcha ish joyini tashkil etish uchun 15 gektarli maydonda mahsus hudud
tashkil etish vazifasi yuklatildi. Ammo, hududning muvaffaqiyatli faoliyati qo„yilgan
maqsadlardan ziyoda natijalar berdi. Hozir hududda 90 dan ortiq firma faoliyat
yuritib ularning korxonalarida 24 000 dan ortiq kishi ish bilan band.
Eksport-ishlab chiqarish hududlari ko„pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda
jadal suratlar bilan tashkil etilmoqda. Ular orasida eng samarali faoliyat
ko„rsatayotgan EIHlar Janubiy-Sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlarida va
Lotin Amerikasi mamlakatlarida joylashgan.
Eksport-ishlab chiqarish hududlaridagi asosiy ishlab chiqarish yo„nalishlari
quyidagilardir: televizorlar, musiqa markazlari, video va audio magnitafonlar, dividi
pleyrlar, elektor asbob uskunalari (muzlatkichlar, changyutkichlar, havo sovutgichlar,
kir yuvish mashinalari va boshqalar), kompyuterlar, avtomobil qisimlari, tayyor
kiyim kechak, oyoq kiyimlari va hakazo. Bunday ixtisoslashishning asosida
investorlarning foyda ko„rishdagi natijaga tezroq erishish maqsadi yotadi. Lekin,
shuni esdan chiqarmaslik kerakki, chet el kapitalining bu hududlardagi faoliyati
rivojlanayotgan mamlakatlarda yangi turda ishlab chiqarish yo„nalishlarini
rivojlantirish va mustahkamlash, sanoatning ayrim sohalarini modernizatsiyalash,
ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko„paytirishd, ichki bozorni to„ldirishda
muhim ahamiyatga ega.
Import o„rnini bosuvchi hududlar ba‟zi-bir rivojlanayotgan mamlakatlarda
boshqa turdagi hududlar bilan birinchi navbatda kompleksi erkin iqtisodiy hududlar
bilan birga tashkil etilmokda (masalan Braziliyadagi Manaus hududi).
Aralash (eksport-import) hududlari nisbatan keng tarqalgan. Odatda, ular
eksport-ishlab
chiqarish
xudulari
evalyutsiyasining
natijasi
bo„lib
ular
rivojlanishining ma‟lum bir bosqichida xaudud rezidentlariga o„z mahsulotini
mamlakat ichki bozorida ham realizatsiya etishga ham ruxsat berilganda paydo
bo„ladi. Hozirgi vaqtda bunday hudular rivojlanayotgan mamlakatlarda keng
89
uchraydi: Misr, Senigal, Meksika, Xindiston, Koreya Respublikasi va hakozo.
Bunday hududlarning yorqin misoli 1971-yilda Janubiy Koreyada tashkil etilgan
“Masan” eksport-sanaot hududidir. U 94 gektarni egallagan. Hududda 34 ming
kishini ish bilan ta‟minlagan 77 kompaniya ishlamoqda. Tahminan chiqarilayotgan
mahsulotning 60 %i elektron va elektrotexnik sanoat ulushiga, 15 %i mashinasozlik
sanoati ulushiga to„g„ri keladi. Ichki bozorda umum ishlab chiqarishning uchdan bir
qismi iste‟mol qilinadi.
Savdo-ishlab chiqarish hududlarining alohida shakli bu sanoat parklaridir.
Sanoat parklari ikki turga bo„linadi: bojxona eksteritorial statusiga ega bo„lgan va
bunday statusga ega bo„lmagan.
Eng ko„p uchraydigan savdo parklarining maydoni 300-400 gektarni tashkil
etadi. Ko„pgina “nuqtaviy” hududlardan farqli o„laroq er uchastkasini birlamchi
obodonlashtirish, infratuzilma obyektlarini qurish va eksplotatsiya qilish yani ishlab
chiqarish bino va inshoatlari, ijtimoiy madaniy maishiy obektlarni qamragan holda
sanoat parklarida qabul qiluvchi tomon tarafidan amalga oshiriladi. O„z navbatida,
ushbu obe‟klardan foydalanuvchi sanoat firmalari o„zlarining faoliyatini ijarachilar
sifatida amalga oshiradi.
Unchalik katta bo„lmagan (maydoni 50 gektargacha) sanoat parklarining eng
ko„p tarqalgan hudud bu Karib hafzasi va Markaziy Amerikadir. Yirik sanoat parklari
esa Meksika, Sharqiy Yevropa va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida keng
uchraydi. Masalan, Taylanddagi sanoat parklarining kattaligi 2 000 gektargacha etadi.
Agropolis – qishloq xo„jaligi va qishloq xo„jaligi mahsulotlarini qayta ishlash
bilan shug„ullanadigan va investorlarni o„ziga jalb qiluvchi, turli imtiyozlarga ega
sanoat maydonchasi. Ular qishloq xo„jaligi va agrosanoat rivojlanishi uchun
raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan EIH lar hisoblanadi. Agropolis
agroparklar
deb ham nomlanadi.
Dunyo aholisining ellik foizidan ko„prog„i shaharlarda yashaydi. Aholining
o„sishi, urbanizatsiya va oziq-ovqatga bo„lgan global talabning kuchayishi kabi turli
omillar tobora o„sib bormoqda. Shuning uchun qishloq xo„jaligi aholisi oziq-ovqat
bilan bog„liq cheklovlarga javoban, agrosanoat parklari tashkil etish oziq-ovqat
xavfsizligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi.
Agroparklar shuningdek, innovatsion texnologiyalar va boshqaruv tizimlariga
kirish va zamoaviy harakatlarni rag„batlantirish, yanada ko„proq raqobatbardosh
bo„lish, EIH larning qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Sanoat parklarini qishloq
xo„jaligi qiymatini oshirish va raqobatbardoshlik vositasi sifatida qo„llash, ham
sanoatlashgan, ham rivojlanayotgan mamlakatlarda keng qo„llanilib kelmoqda.
Biz Hindiston va Xitoy mamlakatlarini ushbu jarayonga eng ko„p ishongan va
o„zida tadbiq etayotgan mamlakatlar qatorida ko„rishimiz mumkin. Hindistonda
agrosanoat parklarini rivojlantirish 1980-yillarning oxiriga kelib, bir qator moliyaviy
obyektlar va institutsional rivojlanish hisobiga shakllana boshlagan, shuningdek, bu
yo„nalish iqtisodiyotiga ham ko„plab ijobiy natijalarni olib keldi. Ushbu
mamlakatlarda agrosanoat parklari iqtisodiy taraqqiyotni rag„batlantirish, mahsulot
sifati va xilma-xilligini oshirish va umumiy infrastruktura bilan investorlar uchun
xavfni kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan. Agrosanoat parklari agrofirma va
90
agrosanoatning birlashtirilgan va ixtisoslashgan infratuzilma hisoblanadi.
Qishloq xo„jaligi va agrosanoat parklari markaziy boshqaruvi tizimiga ega
bo„lgan industrial maydon: odatda, 10 dan 160 gektargacha bo„lgan shahar yerlarni
egallaydi. Agrosanoat parklari quyidagicha hududiy jihatdan taqsimlanadi:
-
agro-ekologiya (ilmiy-texnikaviy park) yoki ilm-fan va texnika (texnopol) ga
alohida e‟tibor berishi mumkin. Masalan: Agosfera agro-ekologik parki, Meksika
joylashgan. Uning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlash, yig„ish, qadoqlash va
tarqatish jarayonlarida agro-ekologik prinsiplarni hisobga olgan holda, oziq-ovqat
mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo„ljallangan sanoat parkidir
44
. Parkdagi hosil
bo„lgan chiqindilar biogazni biomassa yoki biologik yoqilg„i sifatida ishlatish uchun
qayta ishlatiladi;
-
agrofirma va agrosanoat sohalaridagi ehtiyojlarni qondirish uchun tuzilgan
hududlar, shu jumladan, o„ziga xos bo„lgan hudud (masalan, organik mahsulotlar)
uchun mo„ljallangan umumiy, ixtisoslashtirilgan obyektlar;
-
umumiy obyektlar: dam olish joylari, sport maydonchalari, oziq-ovqat kortlari
va turar joylar (ishchilar, stajyorlar, tashrif buyuruvchilar va h.k.);
-
yig„ma
infrastruktura
obyektlar:
odatda,
yo„llar,
elektr
ta‟minoti,
telekommunikatsiya, suv va kanalizatsiya kabi yaxshi bazaviy infratuzilmani qo„llab-
quvvatlash va qo„llab-quvvatlashni o„z ichiga oladi.
Xalqaro tajriba shuni ko„rsatadiki, agroparklar oziq-ovqat xavfsizligini
ta‟minlaydigan muhim sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga iqtisodiy turtki berishi
mumkin. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda agrosanoat parklarining
o„ziga xos hususiyatlari:
- qishloq xo„jaligi mahsulotlarini saqlash, sotish, tarqatish tizimini
modernizatsiya qilish;
- turli xil savdo shakllarining yagona platformasiga - ulgurji va chakana,
jismoniy va yuridik shaxslarga e‟tibor berish;
- qishloq xo„jaligi mahsulotlari marketingi va barqaror sotish mexanizmlarini
ishlab chiqish;
- barcha bozor ishtirokchilari uchun adolatli narxni belgilash;
- oziq-ovqatning jismoniy va iqtisodiy imkoniyatlarini yaratish;
- hududlarni qishloq xo„jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahsulotlar bilan
ta‟minlash;
- ijtimoiy-iqtisodiy va tarmoqli davlat dasturlarini qo„llab-quvvatlash.
O„zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik meva-sabzavot ishlab chiqaruvchisi
bo„lib, katta salohiyatga ega. Uning tadbiqi, nafaqat, ichki talabni qondirishga, balki,
eksport hajmini sezilarli darajada kengaytirishga imkon beradi. Shu maqsadda
respublikamizda O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi
“Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to„g„risida”gi
PQ-3843-sonli Qarori bilan tashkil etilgan “Buxoro-agro” EIZning asosiy vazifalari
va faoliyati yo„nalishlari quyidagilardan iboratdir:
- zamonaviy issiqxona xo„jaliklarini, jumladan, gidroponika texnologiyalarini
44
http://www.fao.org/3/a-i6862e.pdf
91
qo„llagan holda, klaster usuli asosida tashkil etish uchun to„g„ridan-to„g„ri xorijiy
va mahalliy investitsiyalar jalb etish, shuningdek, zamonaviy energiya tejovchi
issiqxonalar qurish uchun konstruksiyalar, jihozlar va boshqa butlovchi buyumlar
ishlab chiqarishni tashkil;
- hududning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish
asosida qishloq xo„jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta
ishlashni chuqurlashtirish va ularning eksport hajmini oshirish;
- qishloq xo„jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning urug„dan to mahsulotni
bozorga yetkazib berishgacha bo„lgan to„liq jarayonini tashkil etishni rag„batlantirish;
- ko„chatzorlar, shuningdek, birlamchi urug„chilikni tashkil etish uchun
sharoitlar yaratish orqali issiqxona xo„jaliklarini talabi katta, yuqori hosildorlikka ega
bo„lgan qishloq xo„jaligi ekinlari urug„ va ko„chatlari bilan ta‟minlashning samarali
mexanizmlarini joriy etish;
- logistika xizmatlari ko„rsatishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish,
qishloq xo„jaligi ishlab chiqarish subyektlariga ular tomonidan etishtirilgan
mahsulotlar eksportini tashkil etishda ko„maklashish;
- issiqxona xo„jaliklarini tashkil etishda zamonaviy resurs tejovchi
texnologiyalarni, muqobil issiqlik energiyalardan foydalanishni keng joriy etish;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va
markirovka qilish bo„yicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish
markazlari tashkil etish va ularning xulosalari xalqaro darajada e‟tirof etilishini
ta‟minlash chora-tadbirlarini ko„rish;
- issiqxona xo„jaliklari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda,
jumladan, ular tomonidan “Buxoro-agro” EIZ hududida faoliyat yuritayotgan
korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o„tashda ishtirok etish.
Zamonaviy issiqxona xo„jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish O„zbekistonda
yil davomida qishloq xo„jaligi mahsulotlarini etishtirish va eksport qilish
imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bugungi kunda O„zbekistonning qishloq
xo„jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish salohiyatini yuqori texnologiyali
qishloq xo„jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo„yicha va eksportga yo„naltirilgan
davlatlar bilan solishtirganda, birmuncha past ekanligini kuzatish mumkin (3.8-rasm).
Bugungi kunda qishloq xo„jaligi mahsulotlarining iste‟molchilarga etib
borishidagi ko„plab yo„qotilishga yo„l qo„yilishi Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Oziq-ovqat va qishloq xo„jaligi tashkiloti (FAO) ma‟lumotlariga ko„ra, ushbu
yo„qotishlar o„rim-yig„im, saqlash, qadoqlash, tashish, infratuzilmalar yoki bozor
mexanizmlari, shuningdek, institutsional va huquqiy asoslar bilan bog„liq. Afsuski,
bu holat ko„pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatilmoqda va oziq-ovqat
xavfsizligiga salbiy ta‟sir ko„rsatmoqda.
|