311
- axborot va aloqa vositalari;
- molekulyar va biotexnologik materiallar;
- sanoat va maishiy radioelektronika va boshqalar.
Erkin iqtisodiy hudud tashkil etish maqsadida Mamuriy Qo„mita zaruriy
moliyaviy resurslarni jamlash, infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirish uchun –
notijorat rivojlanlanish jamg„armasi tashkil etildi.
Shunday qilib, rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarda mavjud va EIHlar
faoliyatining salbiy va ijobiy tomonlari to„g„risida to„liq tushuncha beradigan
natijalarni bahosi bir-biriga mos emas va bu, o„z
navbatida, bunday hududlarni
yaratish arafasida turgan davlatlar qat‟iy qarorga kelishiga halaqit bermoqda.
Iqtisodiy hududlar oldiga qo„yilgan vazifalar ko„pligidan, bunday fikrlar qarama-
qarshiligi tabiiy hol. Dunyo tajribasi ko„rsatishicha, barcha maqsadlarga erishib
bo„lmaydi. Va buning natijasida bir necha xulosa qilish mumkin:
EIHlar
faoliyatini
baholashda
bir
maqsadlar
boshqa
maqsadlardan
yuksakroqligini e‟tiborga olish kerak, ya‟ni ularni aniq taqsimlash zarur. Bir
vaziyatda bunday maqsad bandlik darajasini oshirishdir, ikkinchi vaziyatda – eksort
darajasini oshirish, boshqa vaziyatda – davlat iqtisodini rivojlantirish va h.z. Yuksak
maqsadga etish boshqa maqsadlarga ham erishish bilan bir emas;
EIH faoliyatining ijobiy natijalarini iqtisodiy hudud va davlatning ichki iqtisodi
orasida bosqichma-bosqich rivojlangan aloqa natijasida olish mumkin. Bu ham ichki
bozorga, ham tashqi bozorga yo„naltirilgan hududlar uchun tegishli. Tayyor mahsulot
qiymatida milliy komponent
ulushi oshishi bilan birga, valyutada daromad olish
asosalari paydo bo„ladi va bundan tashqari, yangi texnologiyalar, nou-xau, litsenziya
va patentlar kelishi natijasida hamda bu hududlarda ta‟lim olgan ishchilar ko„chishi
natijasida qayta ishlash sanoati va ichki iqtisodning ashyoviya sanoatining texnik
darajasi oshishiga imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun qabul qiluvchi davlatning
xo„jalik mexanizmining islohoti, uning narh, valyuta va mablag„ bilan bog„liq
muammolarini yechimi hududiy
tajribadan ajralgan holda emas, balki parallel tarzda,
mikro va makroiqtisodiyotning yangi elementlarini qabul qilish bilan rivojlanishi shart.
Rossiyada EIHlar Xitoy tajribasidan foydalangan holda tashkil etilgan. Rossiya
investitsiyalar oqimini o„ziga jalb qiluvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni
hisoblaydi:
- yirik ichki bozor;
- arzon xomashyo va energiya resurslari;
- malakali va nisbatan arzon ishchi kuchi hamda foydalanilmayotgan ilmiy
potensial;
- olim va yuqori malakali mutaxassis kadrlarning nisbatan arzonligi;
- harbiy-sanoat kompleksining qudrati va zamonaviy potensiali.
Rossiyada EIHlarni tashkil etish siyosati o„ziga xos xususiyat va tarixga ega
bo„lib, ularni yaratishning dastlabki bosqichida markaziy hukumatda EIHlar siyosati
yaxshi yuritilmagan. Natijada ular “quyidan”, mahalliy hokimiyatlar tashabbusi bilan,
katta-katta maydonlarni EIHlar, deb e‟lon qilishdan boshlandi. Ammo, 1994 yildan
mamlakatda EIHlar siyosati shakllana boshladi. Buning xususiyatlari quyidagilardan
iborat bo„lganligini izlanishlarimiz orqali ko„rib o„tdik. Masalan:
312
- yirik maydonda hudu yaratishga qt‟iy to„siq qo„yilganligi;
- yaratilajak hudud maydonini iloji boricha davlat tomonidan qisqartirishga
harakat qilinganligi;
- mahalliy sharoit xususiyatlarini chuqur o„rganmasdan, xorijdagi EIHlarning
sodda shakllarini kiritish boshlangani;
- hududni boshqarish byurokratik tamoyillar bo„yicha olib borishga katta e‟tibor
qaratilganligini anglash mumkin.
Rossiyaning birinchi texnoparki 1990-yilda Tomsk
davlat nazorat tizimlari va
radioelektronika universiteti bazasida ochilgan Tomsk Fan va Texnologiya Parki deb
ataladi. Shundan so„ng texnoparklar rivojlanishni boshladi: 90 yillarning boshlarida
ular deyarli mamlakatning barcha universitetlarida ochildi. 1991-yilda Moskva
elektron texnika institutida Zelenograd shahrida MIET texnoparki ochildi.
2006-
yildan boshlab, Rossiya hukumati tomonidan
2006-yil 10 martda
tasdiqlangan
“Rossiya Federatsiyasining yuqori texnologiyali sohasidagi texnoparklarni yaratish”
kompleks dasturini amalga oshirmoqda. Dastur
Rossiya Federatsiyasi Aloqa va
axborotlashtirish vazirligi
tomonidan muvofiqlashtiriladi. Texnologik parklarni
qo„llab-quvvatlash maqsadida, Aloqa vazirligi “
Skolkovo
Innovatsiya Markazi”
(2011-yil, iyul) va
RVC
(2011-yil, oktabr) bilan
rezident-kompaniyalarning
loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik qilish va qo„llab-quvvatlash to„g„risida
bitim tuzdi. Bundan tashqari,
Klasterlar va texnoparklar uyushmasi
tashkil etildi.
Rossiyada to„rtta innovatsion zonalar mavjud. Bular Tomsk, Sankt-Peterburg,
Moskva va Moskva viloyatining Dubna shahrida joylashgan. Innovatsion zonalarning
ustuvor tarmoqlari: nano va biotexnologiyalar, tibbiy texnika, elektron va
telekommunikatsiya uskunalari, Informatsion texnologiya, nozik va analitik vositalar,
yadro fizikasi kiradi. Rossiyaning sanoat hududlaridagi ustuvor tarmoqlari:
Avtotransport vositalari va ehtiyot qismlar, qurilish materiallar,
kimyoviy moddalar
va neft-kimyosi, uy anjomlari va chakana moslamalar kiradi.
Ammo, Rossiya Federatsiyasi texnik-tadbiq etish hududlarini yaratishda o„ziga
xos tajribaga ega, desak mubolag„a bo„lmaydi. Chunki, ular harbiy vazifalarni
bajarish uchun “yopiq” va “yarim yopiq” deb nomlangan ilmiy ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan shaharlar paydo bo„ldi. Ularni naukograd deb nomlashadi. Naukograd
(ilm shaharchasi) aholi yashaydigan joy sifatida Rossiyada yirik ilmiy tadqiqot va
ilmiy ishlab chiqarish komplekslarida mamlakatning oliy hukumat organi qarori
asosida ilmiy-texnik yo„nalishning davlat ahamiyatidagi muhim vazifalarni hal kilish
uchun barpo etilgan. Ular odatda bir yirik zavod yoki ilmiy-tekshirish instituti
atrofida barpo etildi. Ular fanni oldinga surishda katta xizmat qildi. Hozirgi paytda
Rossiyada naukogradlar soni 70 dan ortiqdir.
Xulosa qilib,
shuni aytish mumkinki, Rossiya tajribasidan texnik-tadbiq etish
hududlari amaliyotini o„rganish maqsadga muvofiqdir.
EIHlar tashkil etayotgan yoki yaratayotgan ko„plab mamlakatlar quyidagilarga
erishganlar:
- birinchidan, iqtisodiy jihatdan qoloq mintaqalarni rivojlantirish;
- ikkinchidan, texnologiyalarni modernizatsiyalash;
- uchinchidan, yangi nou-xaularni, texnologiyalarni mamlakatga o„zlashtirish;
313
- to„rtinchidan, o„z mutaxassislarini va ishchilarini mehnatning, boshqaruvning
va sotishning yangicha usullariga o„qitish va o„rgatish;
- beshinchidan, eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun o„z xomashyo
resurslaridan oqilona va yuqori samaradorlikda foydalanish.
Dostları ilə paylaş: