308
- Evroosiya va Yevropa savdo yo„llarining kesishuvidagi qulay iqtisodiy-
geografik joylashuv;
- muzlamaydigan dengiz portining mavjudligi;
- o„ziga xos yantar konlarining mavjudligi (jahon zahiralarining 90% i );
- viloyatning Rossiya boshqa hududlaridan izolyasiyalashganligi, bu transport
xarajatlari oshishiga va xo„jalik faoliyatining siyosiy tavakkalchiligi o„sishiga olib
keladi;
- viloyat katta maydonidan harbiy maqsadlarda foydalanilishi,
harbiy maydon
fuqarolar yashash maydonlaridan uch barobar kattaligi.
Kaliningrad muhim EIHi orqali olib o„tiladigan tranzit yuklar uchun bojxona va
boshqa soliqlar olinmaydi. Hattoki, bu yuklar Rossiya Federatsiyasining boshqa
joylariga jo„natilgan taqdirda ham, mahsulotni eksport qilishdan tushgan valyuta
tushumi uchun 30 %lik majburiy to„lovlar talab qilinmaydi. Investorlarning olgan
foydalari va dividendlarini chet el banklariga o„tkazishda ham hech qanday
muammolar yo„q.
Kaliningrad viloyati Rossiya Federatsiyasining
viloyatlari orasida chet el
kapitali ishtirokida tuzilgan korxonalarning soni bo„yicha yetakchi o„rinlardan birida
turadi. 1996-yilda 1175 ta chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar
ro„yxatdan o„tgan bo„lib, ularning 1/3 qismi chet el kapitali ishtirokida qurilgan
korxonalarni tashkil etgan. Ushbu viloyatda korxonalarni tashkil etishda Polsha,
Germaniya va Litva davlatlari yetakchi o„rinlardan birini egallasa, kiritilgan
investitsiyalar miqdorining ko„pligi
jihatidan esa Buyuk Britaniya, Shvetsiya va
Fransiya davlatlari oldingi o„rinlardan birida turadi.
Kaliningrad viloyat ma‟muriyati chet el mamlakatlarining vazirliklari va
hukumat organlari bilan to„g„ridan-to„g„ri iqtisodiy aloqalar o„rnatish va
shartnomalar tuzish maqomiga ega bo„lib, viloyat hududiga xorijiy investorlarning
kirib kelishi, ayniqsa, “Kaliningrad mahsus iqtisodiy hududi to„g„risida”gi qonun
qabul qilingandan so„ng yanada kengaydi. Hozirgi kunda hududning “Yantar”
nomidagi eski kema qurilish zavodi bazasida yiliga 60 minga yaqin mashinalarni
ishlab chiqarish quvvatiga ega bo„lgan avtomobil (14-16 rusumdagi) yig„ish
konveyeri qurilib ishga tushdi.
Kaliningrad MIHning mavjud salohiyati uning
tashqi savdo aylanmasini
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu hudud orqali xorijga neft,
qog„oz tsellyulozasi, ayniqsa, katta hajmda eksport qilinadi.
Kaliningrad viloyatidan ko„proq xomashyo materiallari, qora va rangli metallar
eksport qilinadi. Eksportga jo„natilgan tovarlarning 20 % qog„oz tsellyulozasiga
to„g„ri kelsa, mineral o„g„itlar (14 %ni), neft mahsulotlari (10 %ni), baliq
mahsulotlari (9 %ni) va qora va rangli metallar (4 %ni) tashkil etgan. Shuningdek,
ushbu
hududda
eksportga
yo„naltiriadigan
xomashyolarni
qayta
ishlash
korxonalarining tashkil etilishi va ularning ishlab chiqarish quvvatining oshishi
natijasida tayyor mahsulotlar eksporti ham rivojlanib bormoqda.
Kaliningrad
viloyatiga, asosan, oziq-ovqat, poyafzal va kiyim-kechak
mahsulotlari, tele-radioapparatura mahsulotlari import qilinadi. Ular Buyuk
Britaniya, Litva, Chexiya, Vengriya kabi davlatlardan import qilinadi.
309
Shunday qilib, Kaliningrad viloyatida “Yantar” EIHni tashkil etilishi va unda
erkin bojxona hududi tartibotini o„rnatilishi bilan hududning inflyatsiya darajasi
birmuncha kamaydi, chet el kapitali ishtirokida qurilgan
korxonalarning ishlab
chiqargan mahsulotlarining hajmi esa birmuncha oshdi. Tashqi savdo aylanmasida
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport va importi birmuncha ko„paydi.
Kaliningrad portlariga olib kelingan va olib ketilgan yuklarning hajmi ham
birmuncha ko„payib, ishchi va xizmatchi xodimlarga to„lanadigan o„rtacha ish haqi
ham biroz ko„tarildi. Kaliningrad viloyatida “Yantar” EIHi tashkil etilgandan beri
viloyat budjeti tomonidan federal budjetga to„lanishi lozim bo„lgan mablag„ning 93,4
% kompensatsiya qilindi. Biroq, shuni qayd etib o„tish lozimki, ushbu EIHni tashkil
etishdan kutilgan foyda o„z natijasini hozirgi kunga qadar ham bergani yo„q. Chunki,
iqtisodiy hududning to„laligicha faoliyat yuritishi uchun avvalambor to„liq huquqiy
baza va me‟yoriy hujjatlar yaratilgani yo„q. EIHga bosqichma-bosqich o„tish
maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: