Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Investitsiya loyihasi
– iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko„rish maqsadida 
investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga 
oshiriladigan o„zaro bog„liq tadbirlar va ishlar majmui. 
Investitsiya loyihasi
– investitsiya obyektining muayyan erkin iqtisodiy 
zona hududida, avvaldan belgilangan vaqt davomida, o„z mablag„larini va (yoki) turli 
manbalardan jalb qilinadigan kapitalni (to„g„ridan-to„g„ri investitsiyalarni) kiritib, 
loyihaoldi, tayyorlov, loyiha qurilish-montaj ishlari, uskunani yetkazib berish va 
ishga tushirish, xomashyo va butlovchi qismlarni yetkazib berish hamda investitsiya 
obyektini ishga tushirish va kelgusida foydalanish bo„yicha tashkiliy-texnik chora-
tadbirlarning yig„indisi. 
Import ishlab chiqarish hududlari 
– importni joylashtirish bo„yicha hudud. 
Ular qabul qiluvchi mamlakatlarni yangi tovarlar bilan, mahalliy korxonalarni esa 
zamonaviy texnologiyalar bilan ta‟minlashga mo„ljallangan. 
Imtiyoz 
– ma‟lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman (yoki to„liq) ozod 
etish, ma‟lum bir qulayliklarga ega bo„lish.

Innovatsiya
(ingl. innovations – kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika va 
texnologiya avlodlarini almashtirishni ta‟minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan 
mablag„lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg„or tajribalarga asoslangan texnika
texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, 
shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo„llanilishi. 
Innovatsiya texnologiyalari 

 
iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq etish 
bosqichlarida qo„llaniluvchi usul va vositalar majmui bo„lib, o„z ichiga joriy etish
trening, konsalting, transfert, audit, injiniring kabi turlarini oladi. 
Intellektual mulk
– ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochlik va mualliflik 
obyekti huquqi majmuiga kiruvchi fan, adabiyot, san‟at va ishlab chiqarish sohasida 
ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik 
san‟ati, jumladan, ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, 
sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, ma‟lumotlar bazasi, nou-xauning 
ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy obyektlar.
Inflyatsiya
– (lot. Inflatio – shishish, bo„rtish, ko„tarilish), pulning 
qadrsizlanishi – tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xo„jalik 
aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qog„oz pullar miqdorining ko„payib ketishi, 
pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan ta‟minlanmagan 
pullarning paydo bo„lishi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin