Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Inflyatsiya darajasi
– ma‟lum vaqt ichida (oy, yil) baholar darajasining 
foizdagi o„zgarishi. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash
– ishlab chiqarishni zamonaviy 
texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma‟naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan 
texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o„z ichiga oluvchi jarayon. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yunalish va vositalari bo„lib 


365 
quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; ishlab 
chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar 
asosida ishlab chiqarishga innovatsiya texnologiyalarini joriy etish; ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini 
pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy 
etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar. 
Ishlab chiqarish samaradorligi
– korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, 
iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy 
samaraning muayyan qiymatga ega bo„lgan resurslarni qo„llagan holda eng yuqori 
ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab bo„lgan ishlab chiqarish omillari, resurslar 
sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. 
Ishlab chiqarish xarajatlari
– korxonaning mahsulot ishlab chiqarish 
maqsadlarida iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. 
Iqtisodiy kontsentratsiya 
– xo„jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar 
guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozoridagi raqobatning 
holatiga ta‟sir ko„rsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni sodir etish. 
Iqtisodiy faol aholi
– milliy xo„jalikda band bo„lgan barcha kishilar bilan bir 
qatorda ish qidirayotgan mehnatga layoqatli aholi. Ular iqtisodiy jihatdan faol va 
tegishli faoliyatda qatnashishi mumkin, biroq, daromad oladigan manbalari kam yoki 
mablag„lari yo„qligi tufayli bu faoliyatni amalga oshira olmaydilar. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin