Porto-franko – tovarlarning bojsiz kirish va chiqish huquqi joriy etilgan qirg„oq
bo„yi porti yoki ichki port. Porto-franko dalatning bojxona hududi tarkibiga kirmaydi.
Portfel investitsiyalar – kapitalni korxonalar qimmatli qog„ozlariga (korxona
ustav kapitalining 10 %dan kam qismini) joylashtirish (investorlarga ular faoliyatini
bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi).
Potensial xavf – aniqlanmagan, lekin uning yuzaga kelishi uchun sharoitlar
mavjud bo„lgan xavf.
Preferensiya – 1) investitsiya va innovatsiya xarajatlarini moliyalashtirish
uchun investitsion soliq krediti va maqsadli soliq imtiyozi ko„rinishida belgilangan
imtiyoz, yengillik; 2) iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga
solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan
beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar.
Pudrat shartnomasi (rus. podryad – bir yo„la) – fuqarolik-huquqiy bitim, unga
ko„ra, bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig„iga binoan,
muayyan ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda
topshirish majburiyatini oladi. Buyurtmachi ish natijasini qabul qilib olish va buning
uchun haq to„lash majburiyatini oladi.
R Raqobat –
xo„jalik
yurituvchi
subyektlarning
(raqobatchilarning)
musobaqalashuvi bo„lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining
tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir
tomonlama tartibda ta‟sir ko„rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi.
Real investitsiyalar – xo„jalik subyektining operatsion faoliyatini amalga
oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishi bilan bog„liq aktivlarni
yaratishga sarflangan kapital.