X Xavf indikatorlari – oldindan belgilangan ko„rsatkichlarga ega muayyan
mezonlar bo„lib, ulardan og„ish yoki ularga mos kelish nazorat obyektini tanlashni
amalga oshirish imkonini beradi.
Xavf profili – xavf sohasi, xavf indikatorlari to„g„risidagi ma‟lumotlar
yig„indisi, shuningdek, xavfning oldini olish yoki uni imkon qadar kamaytirish
bo„yicha zarur choralarni ko„rish to„g„risidagi ko„rsatmalar.
Xavf darajasi – xavfning yuzaga kelishining ehtimoliga va uning mumkin
bo„lgan oqibatlariga bog„liq tarzda aniqlanadigan xavfning holati.
Xavfni boshqarish – xavfning oldini olish va ularni imkon qadar kamaytirish,
ularning qo„llanilish
samaradorligini
baholash,
shuningdek,
bojxona
operatsiyalarining bajarilishi ustidan nazorat qilish bo„yicha chora-tadbirlarni ishlab
chiqish va amalda bajarishni, bojxona organlarida mavjud bo„lgan axborotning
uzluksiz yangilanishini, tahlil etilishini va qayta ko„rib chiqilishini nazarda tutuvchi
doimiy ishlar.
Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi – ishlab chiqarish bosqichlarining
o„zaro bir-birini to„ldirishi va ularni muvofiqlashtirish maqsadida milliy iqtisodiy
komplekslarning hamkorlik qilishi.
Xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi – mamlakatlar o„rtasidagi mexnat
taqsimoti ko„rinishi bo„lib, unda o„zlarining ichki ehtiyojlaridan ortiqcha bir turdagi
mahsulotlar tayyorlash bilan shug„ullanuvchi milliy ishlab chiqarishlarning
tabaqalanishi.
Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik – ishlab chiqarish, moliya, bank va
sug„urta faoliyati, ta‟lim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sog„liqni saqlash, ilmiy-
texnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa sohalarda qonun hujjatlarida
belgilangan
tartibda
O„zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat
376
subyektlarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek,
xalqaro tashkilotlar bilan o„zaro foydali aloqalarni o„rnatishi va kengaytirishga
qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.