Эркин иқтисодий ҳудудлар


Texnik-iqtisodiy asoslash (TIA)



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Texnik-iqtisodiy asoslash (TIA)
– investitsiya loyihasini amalga oshirishning 
tanlov savdolari asosida va loyihani moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda 
aniqlangan yakuniy, eng samarali texnik, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy 
yechimlarini belgilovchi loyiha oldi hujjati. 
Tender
(ing. tend – xizmat ko„rsatish) – 1) ochiq turdagi yoki cheklangan 
sondagi ishtirokchilar uchun yopiq turdagi raqobatli savdo-sotiq; buyurtmani 
joylashtirishning tanlov shakli; 2) qimmatli qog„ozlarga obuna bo„lish, muddatli 
shartnoma bo„yicha tovarlar yetkazib berish, shartnomalar tuzish to„g„risidagi ariza, 
yozma taklif; 3) xalqaro bozorda mashina-uskunalar xarid etish, qurilish-montaj 
ishlarini bajarish, injiniring xizmatlari ko„rsatish uchun tanlov asosida buyurtmalar 
berish. O„zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlarini shakllantirishda va 
rivojlantirishda 
tender 
keng 
qo„llaniladi. 
Davlat 
tasarrufidan 
chiqarilgan 
korxonalarning aksiyalarining yirik paketlarini sotishda, katta qurilish ishlarini olib 
borishda xalqaro loyihalarni amalga oshirishda tender e‟lon qilinadi. Savdoni tashkil 
etish uchun vaqtinchalik organ bo„lgan tender qo„mitasi tuziladi. 
Tovar turkumi
– bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati bo„yicha 
kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan jo„natilayotgan yohud bojxona chegarasi 
orqali o„tayotgan bitta jismoniy shaxsning qo„l yukida va bagajida olib o„tilayotgan 
tovar yoki uning bir qismi. 
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib 
o„tish
– tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga olib kirish yohud 
ushbu hududdan olib chiqish. 
Tovarlarning erkin muomalasi
– bojxona hududida tovarlarning belgilangan 
taqiqlar va cheklovlarsiz aylanishi. 
Tovarni chiqarib yuborish
– bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvini 
yakunlovchi va ma‟lum qilingan bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda 
tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilganligini 
ifodalovchi harakati. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin