Эркин иқтисодий ҳудудлар


Xalqaro iqtisodiy munosabatlar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar
– mamlakatlar va hududlar o„rtasidagi, 
xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar ishtirokidagi xo„jalik aloqalari tizimi. 
Xalqaro kredit 
– davlatlar, banklar, firmalar, bir mamlakatdagi jismoniy va 
yuridik shaxslar tomonidan boshqa mamlakatlar hukumatlari, banklari, firmalariga 
beriladigan kreditlar. 
Xalqaro konvensiya 
– xalqaro shartnoma turlaridan biri; davlatlarning, odatda, 
biron-bir ixtisoslashgan sohada o„zaro huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Xarajatlar
, sarf-xarajatlar, chiqimlar – tovarlarni ishlab chiqarish va muomala 
jarayonida turli resurslar (xomashyo, materiallar, mehnat, xizmatlar, mablag„lar) 
sarflari bilan bog„liq chiqimlarning pul shaklidagi ifodasi. Asosan, ishlab chiqarish va 
muomala xarajatlariga bo„linadi.
Xususiy korxona – 
mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va 
boshqariladigan tijoratchi tashkilot. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining 
tashkiliy-huquqiy shaklidir.
 
Xususiy mulk
– ayrim kishilar yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk; bozor 
iqtisodiyotidagi xilma-xil mulklar orasidagi yetakchi mulk shakli. Xususiy mulkning 
obyekti moddiy va moliyaviy boyliklar, ish kuchi, intellektual mehnat mahsuli, yer, 
suv, yer osti boyliklari, korxonalar, xo„jaliklar, aksiya va obligatsiyalar, pul 
mablag„lari, transport vositalari, turar-joy, iste‟mol tovarlari, mehnat qobiliyati, 
ishbilarmonlik mahorati, ilmiy kashfiyotlar, texnikaviy ixtirolar, san‟at va adabiyot 
asarlari va boshqalar bo„lishi mumkin.
Xususiy sektor
– iqtisodiyotning xususiy mulkchilik va xo„jalik yuritishning 
erkin bozor usullariga, iqtisodiy alohidalashuviga asoslangan sohasi. Bozor 
iqtisodiyoti davlat va nodavlat sektorlaridan iborat. O„z navbatida, nodavlat sektori 
xususiy va jamoa sektorlariga bo„linadi. Xususiy sektor nodavlat sektorining bosh 
bo„g„ini. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin