216
subyekti bilan
shartnomalar darhol uzilib, chet el fuqarosi bo„lsa mamlakatdan
chiqarib yuboriladi.
Har bir korporatsiyada ro„yxatdan o„tkazilgan kotib bo„lishi shart. Mamlakatda
direktorlar kengashi yoki aksiyadorlar yig„ilishini qayerda va qachon o„tkazilishiga
talab qo„yilmaydi. Biroq, savdo korxonalari bir yilda bir marta o„zlarining
yig„ilishlarini o„tkazib turishlari shart. Xolding kompaniyalar uchun esa bunday talab
qo„yilmagan. Nauru iqtisodiy hududida korporatsiyalarni ro„yxatdan o„tkazish uchun
2-3 kun vaqt ketadi xolos. Ro„yxatdan o„tgan
korporatsiya agar bank, sug„urta yoki
trast operatsiyalarini amalga oshirmoqchi bo„lsa, u holda litsenziya olishi talab
etiladi. Bank litsenziyasi 1972-yilda qabul qilingan “Korporatsiyalar” to„g„risidagi va
1975-yilda qabul qilingan “Banklar” to„g„risidagi qonunlar asosida amalga oshiriladi.
Litsenziyani berish davri to„ldirilgan hujjatlar to„lig„icha talabga javob bersa, 3-4 oy
ichida amalga oshirilgan.
Nauru mamlakatida erga to„laligicha egalik qilish huquqi faqatgina tub aholiga
ruxsat etilgan. Qishloq xo„jaligi va sanoat sohalarini
rivojlantirish uchun Nauru
mamlakatiga kapital kiritish unchalik samara bermaydi. Chunki bu yerda
makroiqtisodiyotning ushbu sohalarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yetarli emas.
Shuning uchun ham Nauru mamlakatida faqat savdo va xolding kompaniyalari,
banklar, sug„urta kompaniyalarini tashkil etish va faoliyat ko„rsatishi
maqsadga
muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: