7.2. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida erkin
iqtisodiy hududlarning ahamiyati. G„arbiy Yevropaning ilmiy-texnik
rivojlanishida erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o„rni
Yuqoridagi 1-bobning 1.3-paragrafida keltirilganidek, hozirda jahonning 140
dan ortiq davlatida 5 mingga yaqin EIH mavjud. Ularda 80 mln.dan ortiq kishi
mehnat foliyatini olib bormoqdalar. E‟tiborli tomoni, bu ko„rsaktichlar yildan-yilga
o„sib bormoqda. Natijada ularning jahon savdo hajmi o„sib bormoqda.
Rivojlangan davlatlarda yaratilayotgan EIH mamlakatning xo„jaligiga, eng avallo,
tashqi iqtisodiy aloqalar darajasi oshishiga va tovar almashinuvi o„sishiga o„z ta‟sirini
o„tkazadi. Jumladan, AQShda 266 ta tashqi savdo hudud (TSH)lari mavjud, ular
butun mamlakat hududini qamrab olgan. AQShda EIHlar soni 266 ta ekanligi tilga
olinganida rasman TSHlari nazarda tutiladi. Undan tashqari, tadbirkorlik hududlari va
texnoparklar ham faoliyat ko„rsatadi. 1990-yillar boshlarida AQShda 150 ta
texnopark (dunyodagi texnoparklar umumiy sonining 30 foizi) mavjud edi
63
. Hozirgi
kunda ular soni 200 tadan ortiq. Shuningdek, 1500 ta tadbirkorlik hududlari ham
mavjudligini hisobga olgan AQShda EIHlar qanchalik rivojlanganligini tasavvur
qilish mumkin.
AQShning TSH davlatning ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy elementi
bo„lib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga o„z hissasini qo„shadi; bandlik darajasini
oshiradi, mablag„ kelishini ta‟minlaydi va ichki bozor ehtiyojini qondirishga xizmat
qilishadi. Bundan tashqari, ESH faoliyati AQSh avtomobil sanoatining
raqobatbardoshligi oshishiga ko„maklashgan va Amerika ichki bozorida Yaponiya
avtomobil ishlab chiqarish korporatsiyalariga qarshi kurashda yetakchi o„rinni
egallashni ta‟minlagan.
Yevropa ichki va tashqi savdo rivojlanishiga EIH sezilarli darajada ta‟sir
ko„rsatishmoqda. Bu hududlarda amalga oshirilayotgan savdo operatsiyalarining
miqdori va samarasi Yevropaning tashqi iqtisodiy faoliyatining rivojlanishiga katta
hissa qo„shmoqda va bu, o„z navbatida, Yevropa dunyo bozorida yetakchi o„rinni
egallashini ta‟minlab berdi. Germaniyada, masalan, oltita erkin iqtisodiy zona
faoliyat ko„rsatmoqda. Bular ichida eng birinchi paydo bo„lgani, ko„plab olti va
63
Шаропов С.А. Свободные экономические зоны. Уч.пос. – М.: Юнити, 2006. – С. 18.
196
sakkiz qavatli, hajmi 600 ming m
2
dan ortiq omborga, neft va neft mahsulotlarini
saqlash omborlariga, meva va sabzavotlar uchun mo„ljallangan omborlarga ega
Gamburg EIHdir. Bu zona Gamburg Germaniyaning eng yirik dengiz porti unvonini
ushlab turishiga imkoniyat bermoqda.
G„arbiy Yevropaning rivojlangan davlatlari jahon iqtisodiyotida va jahon
xo„jalik aloqalarida muhim rol o„ynaydi. Bugungi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
darajasiga etish bir necha o„n yilliklardan iborat. Yevropa davlatlari mavqei ham
mintaqada, ham jahon xo„jaligida mustahkamlanishiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
modeli tanlovi, jahon xo„jaligiga yuqori ochiqlik va xo„jalik hayotning
internatsionallashuv darajasi, integratsion jarayonlar sabab bo„ldi. G„arbiy
Yevropaning iqtisodiyoti va tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishiga mintaqada keng
tarqalgan EIH ma‟lum xissa qo„shmoqda.
Odatda, EIH xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo„jalik aloqalar bilan bog„liq
va u yoki boshqa davlat iqtisodiy rivojlanish strategiyasi bilan belgilanadigan
vazifalarni bajaradi. Asosan, chet el sarmoyalarini jalb etuvchi rivojlanayotgan
davlatlar EIHiga qaraganda, G„arbiy Yevropada EIH, boshqa rivojlangan
davlatlardagi kabi, milliy xususiy kapital jalb etishga va mahalliy tadbirkorlar uchun
preferentsial investitsion sharoit yaratishga qaratilgan. Bundan tashqari, G„arbiy
Yevropada EIH faoliyati (ayniqsa, 1950 yillardan keyin) yetarli darajada mintaqa
davlatlari iqtisodiy rivojlanishining muhim tendensiyasi bo„lmish integratsion
jarayonlar bilan aniqlanadi.
G„arbiy Yevropada EIHning ko„p turlari mavjud, ular ichida erkin savdo
hududlari, texnoparklar, ofshor markazlari va kompleks hududlar rivoj topgan.
G„arbiy Yevropada erkin savdo hudud (ESH)lari soni ko„proq. Ular bu erda XIX
asrda va undan ham oldin (erkin gavanlar) paydo bo„lgan. XXI asr boshida ularning
soni 200 dan ortiqni tashkil etdi. Avval bunday zonalar, asosan, dengiz portlarida
shakllangan. Jumladan, Germaniyada yirik ESH Bremen, Bremerxaven, Emden,
Gamburg va Kil portlarida joylashgan. Bu zonalarda tovarlarni yuklash, bo„shatish,
qayta yuklash, saqlash, ajratish, belgilash va ularning sotuvi amalga oshiriladi, tashqi
savdoga tegishli turli xizmatlar ko„rsatiladi. Ularning hududida alohida preferentsial
rejim asosan, port-zona hududida tovarlarni ishlash va qayta ishlash natijasida yuzaga
keladigan bojxona to„lovlari, QQS bekor qilinishi orqali tashkil qilinadi.
Germaniya ESH orasida Gamburg ajralib turadi, u Shimoliy dengizdan 100 km
da joylashgan eng yirik dengiz va daryo portidir. Unda yirik xalqaro aeroport va turli
sanoat sohalari mavjud.
Italiyada ESHning bojdan ozod etilgan ombor o„shakli keng tarqalgan. Ularning
soni 12 ta bo„lib, jumladan, Neapolda (4 ta), Genuyada (2 ta), Vari, Imperiya,
Livorno, Palermo va Rimda joylashgan.
Ispaniyada 4 ta EIH mavjud. 1929 yil ichki va tranzit savdoni rivojlantirish,
tashqi savdo operatsiyalarini faollashtirish va ekusportga yo„naltirilgan sanoatni
rivojlantirish uchun “Kadis” EIH tuzilgan.
EIHning Atlantika okeani qirg„og„ida joylashganligi uning Amerika, Shimoliy
Afrika, Anlantika sohili hamda O„rta er dengizi atrofidagi Yevropa davlatlari, Yaqin
va O„rta Sharq davlatlari bilan o„zaro iqtisodiy munosabatlari rivojlanishini
197
ta‟minadi. “Qadis” hududidagi qirg„oq Ispaniyani barcha yirik savdo markazlari bilan
bog„lovchi yuk va passajir tashuvchi, dengiz liniyalariga xizmat qiluvchi zamonaviy
port qurilmalariga ega. “Qadis” EIH maydoni 570 ming m
2
ni tashkil etadi. Bu
hududda xalqaro savdo markazi, ofis markazi, ochiq va yopiq ombor va
maydonchalar, sanoat korxonalari, port xizmatlari, konteyner-muzlatgichlar terminali
joylashgan
64
.
“Qadis” EIH zamonaviy infratuzilma va ma‟lumotlar bazasi, xavfsizlik
xizmat,iyaki aloqa tizimi, bojxona, bank va transport xizmatlariga ega. ESH Yevropa
Ittifoqi (EI) bojxona hududining qismi hisoblanadi, shuning uchun uchinchi davlatlar
tovarlari uchun quyidagi bojxona va soliq imtiyozlari mavjud:
- agar tovar ESHda bo„lsa, import bojlaridan ozod etish;
- zona hududiga olib kelinayotgan tovarlarni maxsus soliqlardan ozod etish;
- QQSdan ozod etish va ESHga olib kirilayotgan tovarlar uchun va bu tovarlarni
qayta ishlash bilan bog„liq xizmatlar uchun to„lovlarning qaytarilishi;
- EI savdo siyosati choralarini qo„llamaslik;
- tovarning kelib chiqishi, imqdori, ishlab chiqilgan joyi va ishlatilishidan qat‟iy
nazar, uni olib kirish va cheklanmagan muddat davomida ESHda saqlash imkoniyati.
“Qadis” EIH muvaffaqiyatli rivojlanib, Ispaniyaning ichki va tashqi savdosi
rivojlanishiga hissa qo„shmoqda.
1990-yillar boshida Ispaniyada “Barselona” kompleks EIHi tuzilgan. Davlatdagi
eng yirik zona hisoblanuvchi mazkur EIH o„z ichiga sanoat zonasini, erkin bojxona
omborini va erkin savdo zonasini oladi. Bu kompleksni boshqarish uchun Barselona
EIH konsortsiumi tashkil etilgan. Konsortsium uchta EIH faoliyatini boshqarish va
hudud chegarasidagi erlarni korxona va firmalarga ijaraga berish bilan birga, EIHdagi
loyihalarni amalga oshirish bilan shug„ullanadi.
Tarragonda (Barselona) joylashgan sanoat poligoni sanoat korxonalari zichligi
bo„yicha Kataloniyadagi eng yirik EIH hisoblanadi va eng yaxshi infratuzilmaga ega.
Ushbu hudud asosiy kommunikatsiya tuzilmalari yaqinida joylashgan. Ispaniya va
Yevropaning asosiy avtomagistrallariga, Tarragon dengiz porti va Reus aeroportiga
yaqin, hudud ichida tovar stantsiyalari va temir yo„l konteyner terminali mavjud.
Shularni hisobga olgan holda, “Barselona” EIHiga, nafaqat, milliy, balki, xalqaro
korporatsiya qa firmalar ham katta qiziqish bildiradi.
Tarragon yaqinidagi erkin ombor 1993-yilda tashkil etilgan. Konsortsium
rahbariyati fikriga ko„ra, “Barselona” EIHni rivojlantirishning o„rta muddatli
loyihalari orasida erkin ombor faoliyati katta ahamiyatga ega
65
.
Kompleks hududning uchinchi tarkibiy qismi – erkin savdo hududi, u orqali turli
tovarlarning tarnziti va eksporti amalga oshiriladi.
1980-yili Portugaliyaning Madeyra arxipelagida va Azor orollarida ikkita
kompleks zonalar tuzilgan. “Santa-Mariya” kompleks zonasi (Azor orollarida) 40 ga
maydonni egallaydi va unga transport ta‟minoti borasida chuqur suvli dengiz porti va
xalqaro aeroporti tomonidan xizmat ko„rsatiladi. Zonaning ixtisosligi ko„p qirrali:
64
Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi
holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – B. 59-60.
65
Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi
holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – B. 60-61.
198
uning hududida sanoat, tijorat va moliyaviy faoliyatning, shuningdek, ofshor zonalar,
barcha turlari ruxsat etilgan.
“Santa-Mariya” EIHdida ro„yxatga olingan korxonalar quyidagi imtiyozlarga
ega:
-
barcha bojxona turlarini soddalashtirilish;
-
tovarlarni erkin olib kirish va olib chiqish;
-
reeksport qilinayotgan tovarlarning bojlaridan ozod etilish;
-
aksiyadorlik jamiyatlar va korxonalar daromad solig„idan hamda patentlar,
litsenziyalar, tovar belgilarni berishda daromad solig„idan ozod etilish;
-
chet el kompaniyalar kapitali erkin harakat qilinishi;
-
kasb o„qishi uchun subsidiyalar (Azor orollari fuqarolari uchun 100%gacha);
-
ijara subsidiyalari (harajatlar 50%gacha 5 yil muddatga);
-
qurilish subsidiyalari (ishlab chiqarish korxonalari qurilishida harajatlarning
50%gacha);
-
uskuna olish uchun subsidiyalar (ishlab chiqarish korxonalari uchun
harajatlarning 50%gacha).
Loyihalarni amalga oshirishga qiziqqan va EIHda ish yuritayotgan
korxonalarning axborot ta‟minoti “Santa-Mariya” EIHni rivojlantirish jamiyati orqali
amalga oshiriladi.
Portugaliyaning boshqa Maydeyra orolidagi EIH kompleks zonasining vazifa va
imtiyozlar tizimi shunga o„xshash, biroq, uning hududi va faoliyat doyrasi “Santa-
Mariya” EIHga solishtirganda kichikroq.
G„arbiy Yevropada kompleks zonalarning turi bo„lmish tadbirkorlik hududlari
tuzilgan va ish yuritib kelmoqda. Bu zonalar depressiv hududlarda joylashgan, misol
uchun, Buyuk Britaniyaning ko„mir basseynlarida – uzoq vaqt davomida iqtisodiy
inqiroz va ishsizlikka yuz tutgan Midlend va Yorkshirda. Tadbirkorlik hududlarni
tuzishdan maqsad iqtisodiy qoloq hududlarda milliy tadbirkorlarga moliyaviy-kredit
va soliq imtiyozlar berish orqali xo„jalik faoliyatni jonlantirishdir. Bu zonalardagi
imtiyozlar darajasi, odatda, bevosita tadbirkorlar tomonidan tashkil etiladigan ish
joylariga bog„liq. Tadbirkorlik hududlar Buyuk Britaniya va Fransiyada mavjud.
G„arbiy Yevropa davlatlarida ilmiy-sanoat parklar, ilmiy parklar, texnoparklar
sifatida ma‟lum bo„lgan texnik-tadbiq etish hududlari keng tarqalgan. Ularda
printsipial yangi texnologiyalar, materiallar va tovarlar ishlab chiqish olib boriladi,
ilm talab qiluvchi mahsulotning kam miqdorli eksperimental ishlab chiqarilishi
amalga oshiriladi.
Bunday zonalar tuzish va tarqalish sababi shundaki, urushdan keyingi davrda
G„arbiy Yevropa davlatlari AQShdan yuqori texnologiyalar yaratishda ortda qolib
ketgan, bu mintaqa tomonidan murakkab mahsulotlarning ko„p turlarini ishlab
chiqarish va eksport qilishda yetakchilik pozitsiyalarini yo„qotishga olib keldi.
1970-yillarda vujudga kelgan AQSh bilan iqtisodiy aloqalardagi “texnologik
qoloqlikni” qisqartirish maqsadida G„arbiy Yevropa o„z ilmiy-texnik potensialini
mustahkamlash borasida harakatlarni amalga oshirdi, ular, jumladan, o„z ichiga
texnoparklar tarmog„i yaratilishini olgan. Texnoparklar 1970 yillar oxirida birinchi
199
bo„lib Buyuk Britaniyada, so„ngra esa Belgiya, Fransiya va boshqa davlatlarda
tashkil etila boshladi. Germaniyada bunday tuzilmalar faqat 1983 yildan boshlab
paydo bo„la boshladi, lekin, ularning rivojlanishi juda tez amalga oshdi: 1988 yili
texnoparklar soni 20 tashkil etdi. Fransiyada 30 texnoparklar mavjud, ular mini-
parvarishxonalar deb ataladi
66
. Mini-parvrishxonalar texnik jixatdan yaxshi
jihozlangan, malakali kadrlar bilan ta‟minlangan, ular barcha xoxlovchilarga o„z
ishini boshlashda yordam ko„rsatadi, ularga biznes-reja tuzishda maslaxatlar beradi,
zarur kadrlar topishda ko„mak beradi.
Buyuk Britaniyada 40 yaqin texnoparklar tashkil etilgan, ularda 18 mingdan
ko„p odam ishlaydi. Bundan tashqari, Yevropada aniq universitetlar bilan bog„liq
bo„lmagan 20 yangi sanoat-texnologiyalar markazlari mavjud.
Texnoparklarning funksional xususiyati davlatga qarab farqlanadi. Agar
Fransiyada mini-parvarishxonalar kichik biznes qo„llab-quvvatlashga qaratilgan
bo„lsa, Germaniyada ular e‟tiborlarini kichik ilm talab qiluvchi firmalar tuzishga,
texnologiyalarni sanoatga o„tkazishga, texnopark ichida harakat qiluvchi firmalar
o„rtasida
texnologiyalarni
almashishga
qaratilgan.
Buyuk
Britaniyadagi
texnoparklarning tashkil etilishi va ish maqsadlari shunga o„xshash. Jumladan,
Kembridjda joylashgan ilmiy park malaka oshirish bo„yicha maxsus kurslar taklif
etuvchi universitetning faol ishtirokida fan yutuqlari va ishlab chiqarishni ishlatish
asosida shakllangan. Universitet xodimlari qo„shma ilmiy-tekshirish loyihalarda
qatnashadi, ilmiy park korxonalarining ishlab chiqarish bazasi ilmiy tadqiqotlar olib
borishda ishlatiladi. Ilmiy parkning ixtisosligi universitet tadqiqotlari asosiy
yo„nalishlari asosida shakllangan va o„z ichiga katta bo„lmagan (ishchilar soni 30 ga
yaqin) innovatsion firmalarni oladi.
Texnoparkda beriladigan imtiyozlar xususiyati shundaki, asosiy e‟tibor kichik
venchurli biznesni qo„llab-quvvatlashga qaratilgan. Soliq, kredit va ma‟muriy
imtiyozlar faoliyatning boshlang„ich, tavakkalli bosqichlarida bu firmalarning
faoliyatini yengillashtirishga yo„naltirilgan. Kompaniyalarni ro„yxatga olishning
maxsus soddalashtirilgan qoidalari kiritiladi, kichik firmalarning tashkiliy
muammolari bilan shug„ullanuvchi ma‟muriy tuzilmalar tashkil etiladi. Tashqaridan
sarmoyalar kelishi, texnoparklarda kichik firmalarni moliyalashtiruvchi investitsion
jamg„armalar tuzilishi texnologik ishlashlarning samarali ko„zatilishiga, ommabop
sanoat tadbiq etilishiga olib kelishi kerak.
1983-yili Lundada tuzilgan “Ideon” birichi shved ilmiy parki yaxshi ma‟lum.
Tuzilishidan buyon ilmiy park 17 asrdan beri universitet ta‟limotining an‟anaviy
markazi bo„lgan Lundning oliy o„quv yurtlari bilan keng hamkorlikni olib borgan.
2001-yili parkda 170 firma faoliyat ko„rsatib kelgan, ularda 2 ming xodim ishlagan.
Lundda 15 oliy o„quv yurtlari mavjud, ularda 120 ming talaba tahsil oladi.
Bitiruvchilarning 10% aspirant va fan nomzodlari bo„ladi, ularning aksariyati
innvatsion firmalarni tashkil etadi yoki ularda ishlaydi
67
.
Yosh firmaning “Ideon” parkida bo„lishi u uchun yuqori texnologiyalar bozorida
66
Дерюгина С.В. Правовые аспекты понятия свободных экономических зон. // “Государство и право”, 1997. –
№5.
67
Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Уч.пос. – М.: Юнити 2005. – 230 с.
200
yuqori ishonch darajasini anglatadi. Bu erdan firmalar hayotga yaxshi tayyorlikka ega
bo„lib kiradilar, bu yerda ular uchun ideal sharoitlar yaratilgan – bu yerda banklar,
konferens-zallar, yotoqxonalar, yaxshi ishlaydigan telekommunikatsion xizmati va
yosh perspektiv kadrlar.
Laboratoriyalar umumiy maydoni 100 ming m
2
ga teng. Asosiy faoliyat sohalari
– biotexnologiya, farmasevtika, axborot texnologiyalar va elektronika. Lundning
Texnologik institutining bir o„zigina texnoparkda (Eriksson firmasi yordamida)
maxsus chiplar va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini o„rganuvchi qator
innovatsion firmalarni tashkil etgan. Shuning uchun “Ideon” texnoparkini shved
“Silikon vodiysi” deb atashadi.
“Ideon biznes-markazi” texnoparkning tarkibiy qismi bo„la turib innvatsion
firmalarga yuridik maslaxatlar beradi, marketing sohasida, biznes-rejalar ishlab
chiqishda, moliyaviy manbalari va sarmoyadorlarni topishda yordam ko„rsatadi.
Texnoparkda “Ideon grinxaus” – Lund universiteti tomonidan “IKANO” shved
investitsion kompaniyasi va “Teknopol” firmasi bilan birgalikda tuzilgan o„ziga xos
inkubator mavjud. Bu yosh kompaniyalar uchun ideal joy. Uncha katta bo„lmagan
narxlar evaziga ularga xonalar, xizmat ko„rsatish va maslaxatchilar taqdim etiladi.
Texnoparkning bu bo„limi talabalar firmalariga mo„ljallangan.
Ko„pincha, texnoparkka o„z sarmoyalarini yirik tarnsmilliy kompaniya
(TMK)lar kiritadi, ular orasida birinchilardan “Eriksson” kompaniyasi bo„lgan. Ular
talabalar va ilmiy xodimlarga texnoparkda firmalar tuzishga yordam beradi, ular
kapitalda ma‟lum miqdorda egalik qiladi.
Texnoparklar va bunga o„xshash tuzilmalar tashkil etish G„arbiy Yevropaning
ilmiy-texnik rivojlanishining, bu sohada yetakchi pog„onalarga ko„tarilishi sababi
bo„ldi. Biroq, G„arbiy Yevropa, jumladan, EI, hali ham bu borada AQShdan ortda
qolmoqda.
Shu sababli EI texnoparklarni rivojlantirishda va ularning samaradorligini
oshirishda faol choralar qo„llamoqda. Texnoparklar EI davlatlari tarkibiy disbalansini
yo„q qiladigan, zarur innovatsion sharoit yaratadigan hamda fan va ishlab
chiqarishning bog„liqligini mustahkamlaydigan omil sifatida ko„riladi.
Yevropa davlatlari Amerikadan kechikishni kamaytirishdi va atom elektr
stantsiyasi (AES) qurilishida, dori preparatlari, aloqa vositalarini ishlab chiqarishda,
transport mashinasozligining ba‟zi sohalarida yetakchi o„ringa chiqishdi, hozirda esa
katta miqdorda ilm talab qiluvchi mahsulotlarni eksport qilishmoqda.
Bu borada Yaponiyaning texnopolislar yordamida yuqori texnologiya va uning
mahsulotlarini ishlab chiqarish bo„yicha tajribasi e‟tiborga loyiq. Urushdan keyingi
davrda Yaponiya patent va litsenziyalarni olib kirish bo„yicha birinchi o„rinni
egallashdi: 1950-yildan 1990-yilgacha Yaponiya kompaniyalari 55 mingdan ortiq
xorijiy patentlar va litsenziyalarni sotib olishdi va to„liq o„zlashtirishdi. Ammo ohirgi
o„n yillikda Yaponiyaning o„zi ham yuqori texnologiyalarni yirik eksportchisiga
aylandi. Bunda 30 dan ko„p milliy dasturlarni bajarayotgan texnopolislar yaratilishi
muhim ahamiyatga ega. Bu milliy dasturlarning mahsuloti allaqachon AQSh va
Yevropaga etib borgan, Yaponiya kompaniyalari u erlarga tola optikasi, uyali telefon
tizimlarini, sputnik va videoaloqa vositalarini olib kiradilar. XXI asr boshida Yaponiya
201
texnopolislari ilm va texnologiyaning asosiy markazlariga aylanishdi. Amerikalik olim
Sh.Tatsumoning aytishicha Yaponiyaning texnopolislari XXI asrda nafaqat yangi
mahsulot va texnologiyalar bo„yicha, balki yangi g„oyalar, xizmatlar va turmush tarzi
bo„yicha ham inkubatorga aylanishadi.
Turkiya o„z iqtisodiy rivojiga EIHlar tashkil etish orqali erishgan desak
mubolag„a bo„lmaydi.
Turkiya hukumati rahbarlari mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish borasida
xorijiy investitsiyalarni jalb etish dasturini amalga oshirganlar. Bu dasturning amaliy
ko„rinishi esa EIHlar tashkil etish va o„sha hududlarga xorijiy investorlar
kapitallarining oqib kirishini ta‟minlashda namoyon bo„lishi ko„zda tutilgan edi.
Turkiyadagi ilk EIHlar 1987-yilda Mersin va Antaliya shaharlarida tashkil
etilgan. 1990-yilda aynan shunday hududlar safi Izmirdagi Egey EIH va Istanbul
shahrida yaratilgan EIHlar bilan kengaydi. Keyinchalik 1992-yilda Trabzonda, 1993-
yilda Adan shahrida, 1994-1995 yillarda Turkiyaning sharqiy hududida joylashgan
shaharlar Erzurum va Mardina shaharlarida ta‟sis etilgan. Bu kabi islohatdan
ko„zlangan asosiy maqsad, mamlakatning nisbatan qoloq bo„lgan, iqtisodiy tang
ahvolda qolgan hududlarning qisqa muddat ichida samarali o„sishini ta‟minlash
hamda u erlarga xorijiy investorlar va tadbirkorlarni jalb etish orqali rivojlangan
bozor infratuzilmasini shakllantirishdan iborat bo„ldi. Turkiya EIHlari faoliyati ushbu
davlatning qulay geografik joylashuvi, uning Yaqin va O„rta Sharq, qolaversa
G„arbiy va Sharqiy Yevropa davlatlariga yaqin joylashganidan unumli foydalangan
holda tez orada qo„shni va xorijiy mamlakatlar bozorlariga kirib borishi, ularni
egallashi hamda kuchli raqobat olib borishini yo„lga qo„yishga qaratilgan.
Turkiya hukumati tomonidan, EIHlarni tashkil etish va faoliyatini tartibga solish
borasida bir qator qonunlar ishlab chiqilgan. Masalan, “Erkin iqtisodiy hududlar
to„g„risida”gi 3218-sonli Qonun 1985-yilda qabul qilingan va 1987-yildan boshlab
amal qilib kelmoqda. Ushbu qonunning maqsadi, EIHlarni tashkil etish chora-
tadbirlari, ular faoliyatini maqbullashtirish, tartibga solish va to„g„ri yo„naltirib
borishdir. EIHlar faoliyatining qonuniy jihatdan mustahkamlab qo„yilgani ularning
samarali ish olib borishiga va son jihatidan yanada ko„payishiga turtki bo„lishi tabiiy.
Turkiya EIHlariga xos va ularda mavjud bo„lgan imtiyozlar sifatida
quyidagilarni sanab o„tish mumkin:
-
EIHlar barcha turdagi soliqlardan, shuningdek, korporativ va daromad
soliqlaridan butunlay ozod bo„lgan hududlardir;
-
EIHlarda faoliyat ko„satayotgan tadbirkorlar turli xildagi yig„imlar va
bojlardan ham ozod hisoblanadi (masalan, bojxona va port xizmatlari uchun bojlar va
boshqalar);
-
boshqa davlatlardagidan farqli o„laroq, Turkiya ichki bozorlarida EIHlarda
ishlab chiqarilgan yoki ular orqali import qilingan tovarlarning savdosiga ruxsat
berilgan va bu borada ularga nisbatan oddiy ko„rinishdagi tashqi savdo boshqaruvi
qo„llaniladi;
-
EIHlarda to„lov vositasi sifatida erkin konvertatsiya qilinuvchi ixtiyoriy
valyuta qo„llanilishi mumkin;
-
Turkiyaning EIHlar faoliyati to„g„risidagi qonunchiligiga binoan, ushbu
202
hududlarda faoliyat olib borish huquqini beruvchi litsenziyani qo„lga kirita olmagan
tadbirkorlarga ro„yxatga olish uchun yig„imlar summasi to„la miqdorda qaytariladi;
-
Turkiya EIHlarida ishchi kuchi narxining boshqa davlatlardagi EIHlarga
nisbatan pastroq darajani tashkil etadi;
-
Turkiya EIHlarida yer ijarasining eng quyi narxi joriy qilingan;
-
investitsiyalarning kirib kelishi, shuningdek, ularni ishlab chiqarish jarayoniga
yo„naltirish va o„ylab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bosqichlarida ham byurokratik
rasmiyatchilikka yo„l qo„yilmaydi;
-
Turkiyaning boshqa hududlarida tovar va xizmatlar narxi va sifati hamda ular
ustidan nazoratni o„rnatish borasidagi qonunchilik normalari EIHlarda amal qilmaydi.
Ushbu imtiyozlardan tashqari, erkin tadbirkorlik hududlarida
faoliyat
ko„rsatuvchi investorlar hukumatning xususiy kapital qo„yilmalari hajmini oshirishni
rag„batlantirish borasida amalga oshiradigan siyosati doirasida taqdim etiladigan bir
qator boshqa imtiyozlardan ham foydalanishlari mumkin.
Turkiya EIHlarining eng afzal jihati va o„ziga xos xususiyati shundaki, ular
xalqaro portlar va transport tarmoqlariga yaqin joylashgan. Bu kabi shart-sharoitlar
pirovard natijada ushbu hududlarda qulay investitsion muhitning shakllanishiga olib
keladi. SHu bilan investorlarga ham bir qator qulayliklar va keng imkoniyatlar
yaratadi, ya‟ni ishlab chiqarish xarajatlari miqdori kamayadi, mavjud mahalliy va
xorijiy firmalar o„rtasidagi kuchli va sog„lom raqobat mustahkamlanadi.
Hozirda Turkiyada mavjud EIHlar nomi va tashkil etilgan yillari:
1.
Adana – YUmurtalik erkin hududi (CHeyhan – Adana), 1999.
2.
Ayjen erkin hududi (Gaziemir – Izmir), 1990.
3.
Antaliya erkin hududi (YAngi port – Antaliya), 1987.
4.
Bursa erkin hududi (Jemlik – Bursa), 2001.
5.
Gaziantep erkin hududi (Baspinar – Gaziantep), 1999.
6.
Denizli erkin hududi (CHardak – Denizli), 2001.
7.
Yevropa erkin hududi (CHorlu - Tekirdag), 1999.
8.
Izmir Menemen erkin hududi (Menemen – Izmir), 1998.
9.
Istanbul birja erkin hududi (Emirgan – Istanbul), 1997.
10.
Istanbul Otaturk aeroporti erkin hududi (Esilkoy – Istanbul), 1990.
11.
Istanbul charm va sanoat erkin hududi (Tuzla – Istanbul), 1995.
12.
Kayseri erkin hududi (Kayseri), 1998.
13.
Kochaeli erkin hududi (golchuk – Kochaeli), 2001.
14.
Mardi erkin hududi (Mardin), 1995.
15.
Mersin erkin hududi (Mersin), 1987.
16.
Rize erkin hududi (Rize), 1998.
17.
Samsun erkin hududi (Port – Samsun), 1998.
18.
Trabzon erkin hududi (Port – Trabzon), 1992.
19.
Tubitak Marmara tadqiqot markazi texnologik erkin hududi (Gebze–
Kochaeli), 2002.
20.
SHarqiy Anatoliy erkin hududi (YArmarka hududi – Erzurum), 1995
68
.
68
www.turkey.mid.ru/rus/econom_06.html
|