193
(banklar, konsalting va yuridik firmalar, auditorlik tashkilotlari transport xizmatlari);
-
erkin iqtisodiy zonalar ma‟muriy boshqaruvida samarali tuzilmaning
mavjudligi.
Erkin iqtisodiy zonalar kapital harakatlanishining imtiyozli sharoitlarini
ta‟minlashga, xorijiy investitsiyalarning o„sishiga, mamlakatning ayrim iqtisodiy
mintaqalariga ishlab chiqarish omillari (sarmoya, ishlab chiqarish asosiy vositalari,
yuqori malakali boshqaruv apparati) oqimining kuchayishiga olib keladi.
Erkin iqtisodiy hududlarning tashkil etilishi tovar ishlab chiqaruvchilar va
tadbirkorlar faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, EIHlarning tashkil
etilishi bilan tovar ishlab chiqaruvchilar o„z mahsulotlarini xalqaro maydonda sotish
va o„zlari uchun kerakli bo„lgan mahsulotlarni
vositachilarsiz sotib olish
imkoniyatiga ega bo„ladi. Tadbirkorlar uchun berilgan soliq va bojxona imtiyozlari
ularning daromadini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Erkin iqtisodiy zonalar milliy iqtisodiyot uchun quyidagi afzalliklarni keltirib
chiqaradi:
-
mahalliy tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
-
yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishini ta‟minlash;
-
savdo iqtisodiy operatsiyalarini amalga oshirish eksportga yo„naltirilgan tovar
ishlab chiqarishni rivojlantirish;
-
milliy va mintaqaviy iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish;
-
aholi bandligini oshirish, yangi ish o„rinlari yaratish va shu orqali ishsizlik
darajasini pasaytirish;
-
aholi farovonligini o„stirish, daromadlar miqdorini o
shi
r
ish
,
yuqori sifatli
tovarlar bilan mintaqaviy bozorlarni to„ldirish;
-
xalqaro kreditlar uchun qulay sharoitlar yaratish, moliyalashtirishning yangi
manbalarini izlab topish;
-
yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun yangi
imkoniyatlarni yaratish.
Ayni vaqtda erkin iqtisodiy zonalar ushbu hududga investitsiyalar kiritayotgan
sarmoyadorlar uchun ham foydali bo„lib bu, eng avvalo,
quyidagilarda o„z aksini
topadi:
-
sarmoyadorlar ushbu hududda joriy etilgan imtiyozli soliqlar tufayli o„z
foydalarini maksimallashtirish imkoniyatiga ega bo„ladilar;
-
erkin iqtisodiy zonalarda uskunalar, xomashyo va ishlab chiqarishning boshqa
tashkil etuvchilari importining bojxona bojlaridan to„la yoki qisman ozod etilishi kam
harajatlar evaziga uskunalarni olib kirish va urnatish imkoniyatini beradi;
-
eksportga
imtiyozli
shart-sharoitlar
joriy
etil
ishi
tufayli
eksport
mahsulotlarining tannarxini pasaytirishga imkoniyat paydo bo„ladi;
-
erkin iqtisodiy zonalarda xorijiy investitsiyalarning
barcha shakllaridan
foydalanish imkoniyati vujudga keladi;
-
xorijiy sarmoyadorlarda erkin iqtisodiy zonalardan olingan foydani erkin
uzlashtirish imkoniyati yaratiladi;
-
erkin iqtisodiy zonada milliy valyutaning qisman yoki to„liq erkin almashuvini
ta‟minlash valyuta opretsiyalarini erkin amalga oshirishga shart-sharoit yaratadi;
194
-
erkin iqtisodiy zonalardagi arzon ishchi kuchi tufayli o„z mahsulotlari
tannarxini pasaytirish va ishlab chiqar
ish xa
rajatlarini kamaytirishga erishadilar.
Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, EIHlarni tashkil etishda davlat hal qiluvchi rol
o„ynaydi. Bu, eng avvalo, erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishning huquqiy asoslarini
barpo et
ish
zaruriyati bilan asoslanadi.
Ko„plab mamlakatlarda, xususan, Xitoy
Gonkong, Tayvan, Irlandiyada mazkur
masala
konstitutsion
darajada
hal
etilgan
bo„lib,
ushbu
mamlakatlar
konstitutsiyasining ayrim moddalarida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish masalasi
kayd etilgan.
Shuningdek, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida erkin iqtisodiy
zonalar tug„risida qonunlar qabul qilingan. Chunonchi, O„zbekistonda ham “Erkin
iqtisodiy zonalar to„grisida”gi Qonun qabul qilingan bo„lib, unda erkin iqtisodiy
zonalarni tashkil yutish tamoyillari, usullari, EIHlarga sarmoya kiritayotgan xorijiy
investorlarning huquq va majburiyatlari o„z aksini topgan. Boshqacha qilib aytganda,
respublikamizda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishning huquqiy asoslari yaratilgan.
Yuqoridagi fikr-muloxazalarni umumlashtirgan holda, shuni ta‟kidlash lozimki,
erkin iqtisodiy zonalar ochiq iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishning, mamlakat
iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb etishning muhim omili bo„lib, undan
maqsadga muvofiq foydalanish milliy iqtisodiyot faoliyat ko„rsatishining
samaradorligini oshirishda, ijtimoiy masalalarni, xususan, aholi bandligini ta‟minlash,
ishsizlik
muammosini yumshatish, aholi daromadlarini muttasil oshirib borish,
iqtisodiyotga yangi texnika va ilg„or texnologiyalarni jalb etash, zamonaviy
boshqaruv va menejment tamoyillaridan foydalanish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: