Эркин иқтисодий ҳудудлар


Reeksport  – mamlakatga oldin olib kirilgan tovarlarni qayta ishlovsiz xorijga  chiqarish va sotishni nazarda tutadigan operatsiyalar.  Risk



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/281
tarix15.07.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#136620
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Reeksport 
– mamlakatga oldin olib kirilgan tovarlarni qayta ishlovsiz xorijga 
chiqarish va sotishni nazarda tutadigan operatsiyalar. 
Risk
– bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sharoitlardan 
ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo„lib qolish 
ehtimoli. Risk kutilishi mumkin bo„lgan xatar bo„lib, investitsiyadan mo„ljallangan 
foydani olish jarayoniga xos bo„lgan umidsizlik. 

Savdo-ombori hududlari 
– xorij tovarlari bojxona boji to„lovlarisiz saqlanishi, 
sotilishi va sotib olinishi mumkin bo„lgan hududlar. Bunday hududlar quyidagi 
xususiyatlarga ega bo„lishi mumkin: ularni jahon bozoriga xizmat ko„rsatishi uchun 
tashkil qilish; mamlakatning qolgan hududlarida amalda bo„lgan ko„pgina soliq 
normalari va bojxona cheklovlarining bu hududda amal qilmasligi; tashqi iqtisodiy 
aloqalarda davlat tartibga solishining tarqalishi. 
Sarmoya
(fors.-tojik. – bosh va mablag„) – asosiy savdo mablag„i. Sarmoya 
o„zining kelib chiqishi jihatidan savdo kapitali yoki savdo mablag„idir. Ko„pgina 
iqtisodiy adabiyotlarda sarmoya investitsiya deb ham ataladi. 
Soliqlar 

 
qonunda belgilangan tartibdagi stavka bo„yicha xo„jalik yurituvchi 
subyektlardan va fuqarolardan davlat tomonidan davlat yoki mahalliy budjetga 
olinadigan majburiy to„lovlar.

Soliq imtiyozi
– soliq to„lovchi soliq majburiyatlari hajmining to„liq yoki 
qisman qisqarishi, to„lov muddatining kechiktirilishi yoki orqaga surilishi. 
Soliqlarning rag„batlantiruvchi funksiyasi soliq imtiyozlari tizimi orqali amalga 
oshiriladi. Soliq imtiyozi soliqqa tortish obyektining o„zgarishida, soliqqa tortish 
bazasining kamayishida (qisqarishida), soliq stavkalarining pasaytirilishida va 
boshqalarda o„z ifodasini topadi.
 

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin