116
ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari
to„g„risida”gi Qonunning asosi bo„lib hisoblanadi.
Mazkur qonunning 3-moddasida, davlat boshqaruv idoralari va davlat hukumat
organlari joylarda chet el investitsiyalarining O„zbekiston Respublikasi qonunlariga
muvofiq amalga oshirilgan xo„jalik faoliyatlariga aralashish huquqiga ega emaslar,
deb aytilgan.
Qulay investitsion muhitni yaratishda O„zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O„zbekiston Respublikasi hukumati o„tish davrida davlat iqtisodiyoti uchun chet
el investitsiyalari g„oyat muhim ekanligini anglagan holda, investitsion muhitini
yaxshilash hamda chet ellik investorlar bilan munosabatlarda qonunchilikni
takomillashtirish uchun barcha choralarni ko„rmoqda.
Mamlakatdagi mavjud investitsion qonunchilik tizimi:
- iqtisodiyotimiizga chet el investitsiyalari kirib kelishini rag„batlantirish yo„li
bilan mamlakatimizni rivojlantirish va uning jahon iqtisodiy tizimiga qo„shilishiga
ko„maklashish;
- xorij hamkorlarining moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa resurslarini,
zamonaviy, sifatli texnologiyalarini va boshqaruv tajribasini jalb etish hamda ulardan
oqilona foydalanish;
- chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish;
- chet ellik investorlar va chet el investitsiyalarining ayrim toifalari uchun
qo„shimcha kafolatlar berish shart-sharoitlarini va ularni himoyalashning huquqiy
asoslarini yaratib bergan
48
.
Dostları ilə paylaş: