166
ixtisoslashgan transport tashuvlari ham keng rivojlanmoqda. Transportnig rivojlanishi
ishlab chiqarish kuchlari va texnik taraqqiyotinig umumiy rivojlanish darajasiga
bog„liq. O„zbekiston qudratli (temiryul, avto, aviya, quvur va daryo) transport
tizimlariga ega.
Logistik infratuzilmani rivojlanishi mamlakatimizda yuk aylanish hajmiga
mutanosib rivojlanish xarakateriga ega. O„zbekiston respublikasida jami yuk
tashuvlari 2005-yilda 281,4 mln.tonnani tashkil etgan bo„lsa, 2017-yilda bu
ko„rsatkich qariyb 1174,0 mln.tonnaga, ya‟ni 4,2 martaga o„sganligini alohida
ta‟kidlab o„tish lozim (5.8-jadval).
2017-yil yanvar-dekabr oylarida transportning barcha turlari tomonidan 1174,0
mln.t yuklar tashildi, bu 2016-yil yanvar-dekabrga nisbatan 103,7 % ni tashkil etadi.
Shu bilan birga, yuk aylanmasi 66,9 mlrd. t/km.ni tashkil etib, 2016 yil yanvar-
dekabrga nisbatan 2,5 % ga o„sdi.
Dostları ilə paylaş: