363
mamlakatida yoki xorijda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga,
innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo„yish).
Pulning vaqtga bog„liq qiymati nazariyasiga ko„ra, investitsiya
kelajakda naf olish
maqsadida mablag„lar qo„yishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga
bog„lashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini
saqlab qolish yoki kapital qiymatini vaqt mobaynida o„stirib borishdir.
Iqtisodiy
mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy
boyliklar va ularga bo„lgan huquqlarni aks ettiradi.
Investitsiya dasturi
– respublika iqtisodiyotini
barqaror va tadrijiy
rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xomashyo,
moliyaviy, moddiy va mehnat
resurslaridan oqilona foydalanish yo„li bilan respublika ayrim tarmoqlari va
mintaqalarini tarkibiy o„zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini
amalga oshirishga yo„naltirilgan bir-biri bilan o„zaro bog„langan
chora-tadbirlar
majmui. O„zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi respublikani ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish istiqbolining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investitsiya
siyosatining ustuvor yo„nalishlarini aks ettiradi.
Investitsiya muhiti
–
1) investitsiyalar jozibadorligi
hamda xavf-xatar
darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmui;
2) xorijiy investitsiyalarning risklilik darajasini va ulardan mamlakatda samarali
foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy,
yuridik va
ijtimoiy omillar yig„indisi.
Dostları ilə paylaş: