Erkin va farovon demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz


“Erkin va farovon demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”asari



Yüklə 65,62 Kb.
səhifə3/6
tarix02.12.2023
ölçüsü65,62 Kb.
#171399
1   2   3   4   5   6
Аввало

1.1“Erkin va farovon demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”asari
Aynan shu asosda 2030-yilgacha mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini ikki barobardan ziyod ko‘paytirishga erishishimiz darkor. Qishloq xo‘jaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari, hech shubhasiz, biz uchun eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Eng avvalo, agrosanoat kompleksы va uning lokomotivi, ya’ni harakatga keltiruvchi kuchi bo‘lgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini izchil rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangan darajada qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doyr kompleks masalalarni hal etish - hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi. Bizning yana bir muhim vazifamiz - kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men takror bo‘lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni «Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi». Shuning uchun bundan keyin tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilish - davlat siyosatiga, Prezident siyosatiga to‘sqinlik qilish, deb baholanadi. Prinsipial jihatdan g‘oyat muhim bo‘lgan bu pozitsiyamizni yana bir bor alohida ta’kidlab o‘tishni muhim va zarur deb hisoblayman. Saylovchilar bilan uchrashuvlarda nafaqat tadbirkorlar, balki aholimizning keng qatlami ana shu talabni qatiy qo‘llab-quvvatlaganiga shaxsan o‘zim chuqur ishonch hosil qildim beshinchidan, biz amalga oshirayotgan iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarning samarasi, birinchi navbatda, aholining moddiy ahvoli va farovonligini, uning hayot darajasi va sifatini oshirishga qay darajada ta’sir ko‘rsatayotgani bilan o‘lchanadi. Shu maqsadda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirib borish bo‘yicha biz aniq chora-tadbirlarni rejalashtirganmiz va ular albatta amalga oshiriladi. 2017-yildan boshlab aholini, avvalambor, litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasi bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish va aholining ularga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, jumladan, maqbul narxlar bo‘yicha keng turdagi oziq ovqat mahsulotlari bilan xalqimizni to‘liq ta’minlash oldimizda turgan muhim vazifalar qatoriga kiradi. Biz uchun bebaho boylik bo‘lgan inson salomatligini asrash maqsadida sog‘liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning birlamchi bo‘g‘inidagi bo‘linmalari va qishloq vrachlik punktlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, tez tibbiy yordam va yuqori texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatadigan, ixtisoslashgan maxsus markazlarni yanada rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish Hukumatning e’tibor markazida bo‘lishi darkor. Bu masalada kuni kecha Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi rahbar kadrlar to‘liq yangilandi va aytish mumkinki, ularning tarkibi kuchaytirildi. Barchangizning xabaringiz bor, dori vositalari va tibbiy buyumlarga narxlarni shakllantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha keyingi paytda aniq choralar ko‘rilmoqda va biz bu ishlarni qat’iy davom ettiramiz. Bu boradagi islohotlar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish va dori vositalari bilan ta’minlash sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Xabaringiz bor, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan 15 ta maqsadli dasturning ayrimlari qabul qilinib, ularning ijrosiga kirishildi va yaqin vaqt ichida shu yo‘nalishdagi boshqa dasturlarning barchasini tasdiqlash bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlanadi. Mazkur dasturlarning barchasini yagona maqsad birlashtirib turadi. Ya’ni, ular yaqin 5 yilda aholi punktlarini, ayniqsa, qishloq joylar, tuman va shaharlarni kompleks rivojlantirish, zamonaviy muhandislikkommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini shakllantirishga doyr bir qator dolzarb masalalarni hal etishga qaratiladi. Oltinchidan, aholi bilan doimiy muloqot qilish, uning qonuniy talablari, so‘rov va takliflarini amalga oshirish uchun aniq choralar ko‘rishni men o‘zim uchun eng muhim va ustuvor vazifa, deb hisoblayman. Endi nafaqat hukumat, balki mutasaddi vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek, hokimlarning ham bu boradagi faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobot berish tizimi joriy etiladi va shunga qarab ularning ishiga baho beriladi. Shu sababdan har bir rahbar va mansabdor shaxsdan ayni shu asosda tizimli va samarali ish olib borishni talab etaman. Sizlarga yaxshi ma’lumki, biz 2017-yilni yurtimizda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qildik. Pekin, hammamiz tushunamizki, xalk bilan muloqot, odamlarning ichiga kirish, ularning dardu tashvishlari bilan yashash, inson manfaatlarini ta’minlash - bu biz uchun faqat bir yillik ish emas. Bu masala kelgusi besh yillik faoliyatimizda ham eng ustuvor v- azifa bo‘lib qoladi va bu haqiqagni hammamiz chuqur tushunib, yaxshi anglab olishimiz shart. Chunki, biz yurtimizda yangi davlat, yangi jamiyat kurish yo‘lida qanday ish qilsak, ularning barchasini xalqimiz bilan bamaslahat qilamiz. Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan - shu xalq. Barchamizga tuz-nasiba bergan ham - shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham aynan shu xalq. 2 - Mirziyoev Sh. 17 Shunday ekan, biz birinchi navbatda kim bilan muloqot qilishimiz kerak - odamlarimiz bilan. Kim bilan bamaslahat ish tutishimiz kerak – avvalo xalkimiz bilan. Shunda xalqimiz bizdan rozi bo‘ladi. Xalq rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi.
Xalq bizdan rozi bo‘lsa, Yaratgan xam bizdan rozi bo‘ladi. Shu ma’noda, buyuk Alisher Navoiy bobomizning «Odamiy ersang, demagil odami, Onikim, yo‘q xalk gamidin g‘ami» degan satrlarida qanchalik chuqur hayotiy hikmat, falsafa bor. Ya’ni, bu dunyoda insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash odamiylikning eng oliy mezonidir, xalqning g‘amidan uzoq bo‘lgan insonni odam qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi, deb ta’kidlamokda ulug‘ bobomiz. Bu o‘lmas satrlar bizning bugungi hayotimiz bilan, naqadar hamohang ekani odamni hayratga Biz barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizimga o‘tishimiz darkor. Xususan, 2017-yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etiladi. Shu bilan birga, ilgari ham aytganimiz kabi, har bir tuman va shaharda «Xalq qabulxonalari»ni tashkil etisa aniq belgilab, birorta ham murojaat e’tiborsiz qolmaydigan tizim faoliyatini yo‘lga qo‘yish darkor. Davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga baho berishda qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning xuquq va erkinliklari qanday himoya qilinayotgani, ularga davlat xizmatlari ko‘rsatishning sifati va ochiqligi biz uchun eng asosiy mezon bo‘lishi shart. Shu 18 borada bir fikrni yana takrorlab aytmoqchiman: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak. Shu munosabat bilan eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar, tarmoq va hududlar bo‘yicha maqsadli dasturlar, ustuvor investitsiya loyihalari va boshqa dolzarb vazifalar bajarilishini tanqidiy tahlil qilish yuzasidan amaldagi mavjud tizim samaradorligini oshirishimiz lozim. Ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining komplekslari va iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari hamda hokimlarning Prezident huzurida shaxsiy hisobotini eshitish amaliyoti yangitdan joriy etiladi. Hukumatga, hokimliklarga saylovchilar va aholining keng qatlamlari vakillari bilan uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha 2017-2021 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrini rivojlantirish borasidagi muammoli masalalarni hal etish yuzasidan
ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlarni vazirlik va idoralar bilan birgalikda so‘zsiz amalga oshirish topshiriladi. Bugungi kunda nafaqat Bosh vazirning elektron pochtasi va qabulxonasiga, balki Prezident nomiga kelib tushayotgan fuqarolarning qonuniy murojaat va shikoyatlarin batafsil o‘rganish va ularda ko‘tarilgan masalalarni yechish bo‘yicha ishlarni faol davom ettirish g‘oyat muhim, deb hisoblayman. Umuman olganda, bundan keyin vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va hokimlarning faoliyati natijasi quruk iqtisodiy raqamlar bilan emas, balki ularning odamlar bilan qanday muloqot olib borayotgani va ishni tashkil etgani, fuqarolarning muammolarini qay darajada hal qilayotganiga qarab baholanadi va tegishli xulosalar chiqariladi. Ayni shu masalada ularning faoliyati ijobiy bo‘lsa, xalq ulardan rozi bo‘lsa, rahmat deymiz, aksi bo‘lsa – biz bunday rahbarlar bilan xayrlashamiz. 19 Hurmatli do‘stlar! Oldimizda turgan keng ko‘lamli vazifalarni samarali hal etish, eng avvalo, davlat rahbari sifatida shaxsan mendan, davlat hokimiyatining uchta tarmog‘idan, shuningdek, barcha raxbar va mansabdor shaxslardan qat’iy intizomni talab etadi. Ishimizni go‘g‘ri tashkil etish, uning samaradorligini ga’minlash, butun boshqaruv tizimi faoliyatini sifat jihatidan zamon talablari darajasiga ko‘tarishni bugun hayotning o‘zi talab etmoqda. Albatta, biz rejalashtirayotgan barcha o‘zgarishlarning nihoyatda ko‘pqirrali va o‘ta muhim ekanini men chuqur tushunaman. Biroq, yo‘limizda qanday to‘siq va qiyinchiliklar, keskin va dolzarb muammolarga duch kelsak ham, shoshmashosharlik bilan, pala-partish qarorlar qabul qilishga, yaxshi o‘ylab ko‘rilmagan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yishga xaqqimiz yo‘q. Bizning vazifamiz - to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat. Shu borada yaqin va o‘rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun qat’iyat bilan harakat qilishimiz zarur. Shu maqsadda 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakat strategiyasini ishlab chiqish yaqin kunlarda yakunlanadi. Bu strategiya davlat kurilishi, sud-huquk tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirishni jadallashtirish va faol tashqi siyosatni amalga oshirishga oid beshta asosiy ustuvor yo‘nalishni qamrab oladi. Xalqimiz bilan doimiy muloqot qilishga doir talabni amalda bajarish uchun ushbu Strategiyani qabul qilishdan oldin uni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib, el-yurtimiz o‘rtasida keng muhokama qilishni taklif etaman. 20 Ishonchim komilki, bunday muhokamalar xalqimiz manfaatlarini yanada to‘liq inobatga olish uchun xizmat qiladi. Aziz do‘stlar! Ma’lumki, Konstitutsiyamizning 98-moddasiga muvofiq, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning ustuvor vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish uchun javobgarlik Vazirlar Mahkamasi, hukumatning har bir a’zosi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari zimmasiga yuklatilgan. Bu, birinchi navbatda, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan yuksak darajadagi shaxsiy mas’uliyatni, shuningdek, ularning zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali va to‘liq bajarishni talab etadi. Shu munosabat bilan bir taklif kiritmoqchiman. Ya’ni, Oliy Majlis palatalarining 2015-yil 23-yanvardagi va joriy yilning 8 sentabrdagi qo‘shma majlislarida taklif etilgan Vazirlar Mahkamasining harakat dasturini yanada aniqlashtirib, hozirgi talablardan kelib chiqqan holda, unga qo‘shimchalar kiritish lozim. Bu – kechiktirib bo‘lmaydigan vazifadir. Umid qilamanki, bugungi majlisimizning ikkinchi qismida Bosh vazir lavozimiga ko‘rsatiladigan yangi nomzod ushbu dasturning yaqin va uzok istiqbolga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari to‘grisida axborot beradi. Bu borada asosiy diqqat-e’tiborni quyidagi strategik yo‘nalishlarga qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb o‘ylayman. Birinchidan, iqtisodiyotimizda yuqori o‘sish sur’atlarini saklab qolish, makroiqtisodiy barqarorlik va milliy valyutamizni yanada mustahkamlashni ta’minlash. Ikkinchidan, mamlakatimiz hududlarini, ya’ni shahar, tuman va mahallalarni, ayniqsa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan tuman va shaharlarni kompleks va jadal rivojlantirish. Uchinchidan, aholining real daromadlarini, turmush darajasi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratish. Hukumat va shaxsan uning yangi rahbariyati faoliyati samarasini biz aynan shu mezonlar asosida baholashimiz zarur. Shu maqsadda yaqin kunlarda Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Bunday o‘zgartirishlardan asosiy maqsad - to‘plangan tajriba asosida va mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha oldimizda turgan keng ko‘lamli yangi vazifalarga muvofiq, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining eng optimal va samarali tizimini ishlab chiqishdan iborat.

Yüklə 65,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin