Erkin va farovon demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz


“Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”asar mazmuni maqsadi



Yüklə 65,62 Kb.
səhifə6/6
tarix02.12.2023
ölçüsü65,62 Kb.
#171399
1   2   3   4   5   6
Аввало

2.2. “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”asar mazmuni maqsadi
Erkin va farovonlik tamoyillari: Asar, O'zbekistonning erkak va farovonlik tamoyillarini ta'kidlayadi. Bu tamoyillar O'zbekistonning o'ziga xosligini, huquqiy davlatni rivojlantirishni, adolatni oshirishni, inson haqqlarini muhofaza qilishni ta'minlayadi. Bu esa insonlarga adolatli muomala, qadr-qimmat berish, rivojlanish va mutaxassislik yo'lini ochish imkoniyatini beradi.
"Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" asari, insonlar uchun foydalarni ta'minlayan tamoyillarni va qadriyatlarini o'z ichiga oladi. Bu asar, insonlarga demokratik, huquqiy, hamkorlik va farovonlik asosida rivojlanish imkoniyatini beradi va O'zbekiston xalqining o'zining milliyati va o'ziga xosligini mustahkamlash, tinchlik va barqarorlikni ta'minlash maqsadida muhim qadamni ifodalaydi.
Bugun bizga nafaqat keksa avlod balki oʻrta avlod vakillari ham havas qilishadi. “Sizlar dorilamonlikning bolalarisiz. Bunga shukronalik keltiring. Va sizga shunday imkoniyatlar eshigini ochib bergan davlatimiz, xususan Prezidentimizga sidqidil xizmat qiling. Ularni asrab-avaylang”, deya uqtirishadi.
Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida bosib oʻtgan yoʻlimizga bir nazar tashlamoqlik joizki, zero qiyos dilga shukronalik soladi, bugunning qadriga yetib, ertaning omonligi uchun qaygʻurishga oʻrgatadi.
Mustaqillikdan oldin yurtimiz aholisining asosiy oziq-ovqat tovarlari, avvalo don, kartoshka, goʻsht, sut va qandolat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji import hisobidan qoplangan. Hozirgi vaqtda esa bunday tovarlarning qariyb hammasi mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarilyapti. Yoki endilikda fermer xoʻjaliklari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 90 – 92 foizini yetkazib berish bilan birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy harakatga va yetakchi kuchga aylanib borayotir.
Yurtimiz ilgarigi qoloq, iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan, paxta yakkahokimligi avj olgan agrar oʻlkadan bugungi kunda izchil taraqqiy etib borayotgan zamonaviy industrial mamlakatga aylandi. Bugungi kunda iqtisodiyotimizda yetakchi oʻrinni egallab kelayotgan neft va gaz kimyosi, neft-gaz mashinasozligi, avtomobilsozlik, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yoʻl mashinasozligi, maishiy elektronika, farmatsevtika, yuqori texnologiyalarga asoslangan oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati kabi soha va tarmoqlar jadal rivojlanmoqda.
Bugun mamlakatimizda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” gʻoyasi asosida Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish borasida barcha sohalarda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Biz esa mutlaqo Yangi Oʻzbekiston barpo etilayotgan, mamlakatimiz hayotining barcha sohalari yangilanayotgan, xalqimizni yuksalish sari yetaklayotgan “Harakatlar strategiyasi” samarali amalga oshirilayotgan zamon farzandlarimiz. Darvoqe, “yuksalish”. Bu gʻoya qariyb oʻttiz yildan buyon mustaqil taraqqiyot yoʻlidan borayotgan Oʻzbekiston jamiyatining bugungi kuni, yangi taraqqiyot bosqichining maqsad-muddaolarini yaqqol va yaxlit ifodalaydi. Xorijiy ekspertlar fikriga koʻra, “yuksalish” tushunchasiga “milliy” iborasi qoʻshib ishlatilganida muayyan xalq yoki biror davlatning oʻziga xos xususiyatlari asosida rivojlanayotgani anglashiladi“Milliy tiklanishdan ­– milliy yuksalish sari” gʻoyasi esa butun mamlakatimiz aholisi, umuman, barcha-barchamizning umumiy maqsad va manfaatlarimizni ifodalaydigan umumxalq harakatdir. Binobanir, yangi Oʻzbekistonning milliy gʻoyasi insonparvarlik, ezgulik, bunyodkorlik gʻoyasi sifatida milliy davlatchiligimizning huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy asoslarini yaratishda bunyodkor manba boʻlib xizmat qiladi.
Mamlakatimiz keyingi yillarda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish, xorijiy davlatlar bilan doʻstona hamda oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishmoqda. Bu jarayonda, ayniqsa, Yevropaning bir qator davlatlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlandi. BMT, YEXHT, SHHT, IHT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi.
Oʻzbekistonda keyingi yillarda inson huquqlari himoyasi, soʻz erkinligini taʼminlash yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar Yevropa mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholanmoqda.
Mamlakatimizda xalqaro turizmni rivojlantirish tobora jadal rivojlanmoqda. Oʻzbekistonning bu sohadagi tashabbuslarini Jahon sayyohlik tashkiloti ijobiy darajada qoʻllab-quvvatlamoqda.
Oʻzbekistonning dunyodagi nufuzli xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT, Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti, YUNISEF bilan hamkorlikda olib borayotgan global pandemiyaga qarshi kurashdagi saʼy-harakatlari jahon hamjamiyati tomonidan keng eʼtirof etildi va etilmoqda. Bu kabi misollarni keltirishimizdan muddao shuki, yurtimiz jahon hamjamiyatida naqadar nufuzli oʻringa ega ekanligini taʼkidlashdir.
“Harakatlar strategiyasi”ning beshinchi yoʻnalishi “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan. Oʻzbekistonda mustaqillikning ilk yillaridanoq respublika hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning anʼanaviy, madaniy merosini qayta tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda turli millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil-inoq yashab, samarali mehnat qilib kelmoqdalar. Turli millatlar oʻrtasida oʻzaro mehr-oqibatni yana-da mustahkamlashga davlat tomonidan alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xulosa:
Oʻzbekistonning dunyodagi nufuzli xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT, Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti, YUNISEF bilan hamkorlikda olib borayotgan global pandemiyaga qarshi kurashdagi saʼy-harakatlari jahon hamjamiyati tomonidan keng eʼtirof etildi va etilmoqda. Bu kabi misollarni keltirishimizdan muddao shuki, yurtimiz jahon hamjamiyatida naqadar nufuzli oʻringa ega ekanligini taʼkidlashdir.
Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida bosib oʻtgan yoʻlimizga bir nazar tashlamoqlik joizki, zero qiyos dilga shukronalik soladi, bugunning qadriga yetib, ertaning omonligi uchun qaygʻurishga oʻrgatadi.
Mustaqillikdan oldin yurtimiz aholisining asosiy oziq-ovqat tovarlari, avvalo don, kartoshka, goʻsht, sut va qandolat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji import hisobidan qoplangan. Hozirgi vaqtda esa bunday tovarlarning qariyb hammasi mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarilyapti. Yoki endilikda fermer xoʻjaliklari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 90 – 92 foizini yetkazib berish bilan birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy harakatga va yetakchi kuchga aylanib borayotir.
Yuksak insoniyfazilatlar sohibi bo‘lgan, mehnatkash va bag‘rikeng
xalqimiz oldida bosh egib ta’zim qilishni o‘zim uchun ham qarz, ham farz deb bilaman. Siz, azizlarning, el-yurtimizning menga bildirgan
mana shunday yuksak ishonchini o‘zim uchun katta sharaf va
ulkan mas’uliyat deb hisoblayman. Hech narsa bilan qiyoslab, o‘lchab bo‘lmaydigan bunday oliy ishonchni oqlash uchun bor kuch-g‘ayratim, bilim va tajribamni, butun borlig‘imni bag‘ishlashga va’da beraman.
Mening nomzodimni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta lavozimiga ko‘rsatgan va butun saylov kampaniyasi davomida qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekiston Liberaldemokratik partiyasining barcha a’zolariga alohida minnatdorlik bildiraman. Shu bilan birga, muqobillik asosida o‘tgan ushbu saylovlarda ishtirok etgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Hatamjon Ketmonovga, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Sarvar Otamurotov va «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi raisi Narimon Umarovga yana bir bor o‘z tashakkurimni izhor etaman. Fursatdan foydalanib, menga o‘z tabrik va qutlovlarini yo‘llagan barcha xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar yetakchilariga, siyosat jamoat arboblariga, shuningdek, saylov jarayonida va har doim bizga xayrixoh bo‘lib kelgan, bugungi yig‘ilishimizda ishtirok etayotgan xorijiy davlatlarning yurtimizdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlariga o‘zimning chuqur minnatdorligimni, yuksak hurmat-ehtiromimni bildiraman. Qadrli yurtdoshlar! Barchamizga ma’lumki, har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M Mirziyoyevning “Erkin va farovon demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” asari

  2. http://arm.sies.uz/

  3. www.arxiv.uz

  4. www.ziyonet.uz

  5. www.aim.uz




Yüklə 65,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin