Erkin vohidov



Yüklə 71,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü71,2 Kb.
#196384
1   2   3   4
download.php

O„smirlik 
Yoshlik 
yillari 


“Iltijo” 
“Faust”dan 
parchalar 
“Ikkinchi tumor” 
“Ruhlar isyoni” 
“Sharqiy 
qirg„oq” 
“Tirik 
sayyoralar” 
O„rta yoshda 
bitilgan 
asarlar 
“She‟r dunyosi” 


“Umr daryosi” 
“Shavqu 
Armonim 
g‟azal” 
“Dog‟istonim” 
kitobidan 
“Bolaligim- 
bozorim” 
“Istambul 
fojiasi” 
“Subhi 
sodiq
” 
“Hajv
daftari” 
“Bedorlik” 
Ellik
yoshdan 
2001-yilgacha 
yozgan
 she‟rlari 


Erkin Vohidov dastlab hayot, go‟zallik, yoshlik, 
muhabbat kuychisi bo‟lib maydonga chiqdi. Taqdir 
in'om etgan hayot, saodat, yoshlik, muhabbat sururini, 
hayotdan rizolikni to‟lib-toshib kuyladi. Xalqimiz 
erishgan yutuqlar, uning shonli tarixi, qo‟lga kiritgan 
g‟alabalari to‟g‟risida faxr-iftixorga to‟la satrlar bitdi. 
Jumladan, ,,Yoshligim" g‟azalida yoshlik sururidan 
jo‟shib yozadi: 
Yoshligim, kel, kuyga to‟lgan 
Qalbim oltin sozi bo'1. 
Men qo‟shiq aytay to‟lib, 
Bir lahza jo‟r ovozi bo'l. 



E. Vohidov ,,Yoshlik devoni" kitobining 
,,Debocha"sida shunday qarashlar bilan bahsga 
kirishadi: 

Istadim sayr aylamoqni 

Men g’azal bo’stonida. 

Kulmangiz, ne bor senga deb 

Mir Alisher yonida.

She'rJyat dunyosi keng, 

Gulzori ko’p, bo’stoni ko’p, 

Har ko’ngil arzini aytur 

Neki bor imkonida. 

Ey munaqqid, sen g’azalni 

Ko’hna deb kamsitmagil, 

Sevgi ham Odam Atodin 

Qolgan inson qonida. 



Shu tariqa shoir inson qonidagi azaliy, tabiiy 
tuyg’u — sevgini kuylagan qadimiy g’azal shaklini 
himoya qiladi. She'rda g’azal shunchaki she'riy shakl 
ma'nosida emas, muhabbat, boqiy insoniy tuyg’ular 
ramzi tarzida ham qo’llangan: 

Barcha shodlik senga bo’lsin, 

Bor sitam, zorlik menga. 

Barcha dildorlik senga-yu, 

Barcha xushtorlik menga...

Bu jahonning rohatin ol, 

Bor azobin menga ber.

Senga bo’lsin barcha orom, 

Barcha bedorlik menga. 

( “Barcha shodlik senga bo 'lsin”) 



Shoir oshiq ko’ngilning ma'shuqaga bo’lgan 
mayli ifodasida xuddi mumtoz she'riyat 
namoyandalari kabi mubolag’ani hadsiz oshiradi: 

Seni yotlar tugul hatto — 

Qilurman rashk o’zimdan ham,

Uzoqroq termulib qolsam 

Bo’lurman g’ash ko’zimdan ham. 

Ko zim yongay senga nargis — 

Ko’zin tiksa chamanlarda, 

Yashirmam, lolaga rashkim 

Ayon bo’lgay yuzimdan ham. 

(,,Rashkim") 



Oshiq yigitning dil rozlari, ma'shuqaning 
ta'rif-tavsifi har qancha mubolag’ador, 
romantik bo’yoqlar bilan zeb berilgan 
bo’lmasin, har ikkisi ham zamon va zamin 
farzandi, ular shoir aytmoqchi, ,,o'z zamonin 
zayli"ga itoat etadigan bizga zamondosh 
odamlardir. 


Erkin Vohidov “Nido” dostonini 1964-
yilda yozadi. 
“Nido” dostonida ikkinchi jahon 
urushi tufayli otasiz qolib, tani-yu qalbi ozor 
chekkan millionlab mas’um go‘daklar chekkan 
ojiz va chorasiz fig‘onlar bir norasida bola 
timsolida aks ettirilgan. Begunoh bolakay tilidan 
bayon etilgan asarda millionlab yetimlar, bevaqt 
qora yer qa’riga kirgan urush qurbonlari, beva 
qolgan baxtsiz kelinchaklar, farzand dog‘ida 
kuygan sho‘rpeshona ota-onalar, tug‘ilgan-u kun 
ko‘rolmagan va tug‘ilmay qolib ketgan baxti 
qaro go‘daklar nidosi birlashib, yigirmanchi 
asrning buyuk nidosiga aylanadi.




Yüklə 71,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin