4
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 2-son
TIL
VA ADABIYOT
TA’LIMI
ANGUAGE AND LITERATURE
TEACHING
L
Я
ПРЕПОДАВАНИЕ
ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga
Ulug‘ mutafakkir ijodi haqida Abdurahmon Jomiy
ham shunday fikrlar bayon qilgan: “Ey (Navoiy), sen
-
ing ta’bing sо‘z ustodidur. Qalaming ochqichi bilan sо‘z
eshigini ochding. Ravnaqdan qolib ketgan
va xorlik bur-
chagidan о‘rin olgan (turkiy) sо‘zga sen yangidan obrо‘
berding. Uni ijod maydoniga olib chiqding. U sening ray-
ing nuridan safoli bо‘ldi, lutfing navosidan navoli bо‘ldi”.
Shoirning turkiy til ravnaqini yuksaltirishdagi
harakatlari haqida Maqsud Shayxzoda shunday yoza-
di: “Navoiy, haqiqatan ham, о‘zbek
adabiy tilining va
о‘zbek adabiyotining mustahkam poydevorini qurgan,
dohiy adib xususiyatlarini о‘zida jamlab olgan bir siymo
edi. Fors-tojik klassik adabiyotida bir guruh ulug‘ shoir-
lar bajarib ketgan vazifani tarix deyarli yakka Navoiy
zimmasiga yukladi. U bu yukni sharaf bilan kо‘tarib,
manzilgacha yetkazgan mutafakkir edi”.
“Xamsa” mumtoz adabiy an’analarga kо‘ra yaratil
-
gan bо‘lsa-da, о‘ziga xos yangi asardir. Navoiy har bir
dostonning g‘oyasini о‘z davri
ijtimoiy-siyosiy talabla-
ridan kelib chiqib belgilagan. “Xamsa” dostonlarining
g‘oyasi adolatni himoya qilish, kishilarda odamiylik
hissini uyg‘otishga intilish edi. Navoiy о‘zining inson
-
parvarlik g‘oyasidan kelib chiqib, “Xamsa” dostonlarida
Farhod, Shirin, Layli, Majnun,
Iskandar, Shopur kabi
о‘nlab adolat, ma’rifat, ezgulik, insoniylik, baxt-saodat,
dо‘stlik, ishq, vafo uchun faol kurashuvchi, zulm va
adolatsizlikning barcha kо‘rinishlariga qarshi jang qil
-
gan mard va qahramon, pokniyat va oqkо‘ngil, xalqpar
-
var insonlarning yorqin obrazlarini yaratdi.
Farhod haqi-
da shoir shunday deydi:
Birovkim yig‘lab, yig‘lab ul zor’
Topib kо‘ngli el ozoridin ozor.
Bо‘lib el anduhidin kо‘ngli g‘amnok,
Yaqo choking kо‘rub, kо‘ksin qilib chok.
Navoiyning bizga qoldirgan buyuk merosi jahon
xalqlari e’tirofiga sazovor bо‘lib, kо‘plab tillarga tarjima
qilingan. О‘lmas asarlari bugungi kunga qadar chuqur
о‘rganib kelinmoqda.
Hozirda mutafakkirning nurli siymosi aks etgan
haykallari yurtimizning Navoiy, Samarqand, Toshkent
kabi shaharlarida, jahonning Tokio, Boku, Moskva,
Vashington singari dunyoga
mashhur shaharlarida qad
rostlab turibdi. Bu esa, Navoiy dahosi bilan yaratilgan
asarlar yer yuzining turli nuqtalarida keng о‘rganilayot
-
ganidan dalolatdir. Zero, shoir aytganidek:
Har bir kalla, har bir bosh,
Jaholatdan qо‘rqishi kerak.
Har bir bola, har bir yosh,
Navoiyni о‘qishi kerak.
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shid-
dat bilan rivojlanib borayotgan
bir davrda kelajagimiz
davomchilari bo‘lmish yoshlarning ijodiy g‘oyalari va
ijodkorligini har tamonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning
bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda
ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosi-
da baholash tizimini takomillashtirish, shu yo‘lda xalqa-
ro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizimni har tamonlama
qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xo-
rijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari
bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga ega.
Prezidentimizning 2022-yil 6-noyabrda qabul qi-
lingan “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida
ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini
rivojlantirish cho-
ra-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Ta’lim-
tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shim-
cha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida xalq ta’limi
tizimidagi islohotlarni yanada takomillashtirish va ilmiy
Dolzarb mavzu