Ing ta’bing sо‘z ustodidur. Qalaming ochqichi bilan sо‘z eshigini ochding



Yüklə 54,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix26.12.2023
ölçüsü54,7 Kb.
#197356
1   2   3   4
66Userbay BAYKABILOV 2-son 2023. 4-6-betlar

Test nima?
Test bu – baholanuvchi o‘quvchi haqida 
dalillar asosida xulosalar chiqarishga yordam beruvchi 
o‘lchov vositasi. Bu faqat bir necha javob variantidan 
iborat savol emas, u turli shakllarda bo‘lib, batafsil yoz-
ma javobni va uni asoslashni talab etuvchi ijodiy top-
shiriq ham bo‘lishi mumkin. Testga (topshiriqqa) nis-
batan maqsadni belgilab olish, test natijalaridan tegishli 
xulosa chiqarish testga qo‘yiladigan talablardandir.
Testning spetsifikatsiyasi (o‘ziga xos xususiyati) 
nima? 
Spetsifikatsiya bu – ishning mazmunini, tuzilishi
-
ni aniqlab beruvchi hujjat. Test spetsifikatsiyasi testning 
asosiy mazmunini umumiy holatda o‘ziga mujassam-
lashtiradi. Shu bilan birgalikda shakl haqida ham ma’lu-
mot beradi. Spetsifikatsiya asosan maqsad, vazifalar
test rejasi va tuzilishini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, 
spetsifikatsiya testni o‘tkazish uchun ko‘rsatmalarni, 
ularni o‘tkazish shartlarini, natijalarni qayta ishlashni 
va ularni (natijalarni) talqin qilishni ham o‘z ichiga ola-
di. O‘quv rejasi va baholashga mas’ullar uchun test-
lar spetsifikatsiyasi quyidagi savollarga javob beradi: 
1) Nimani o‘qitamiz? 2) Qanday o‘qitamiz? 3) Qanday 
o‘lchov vositalaridan foydalanamiz? 4) Qanday baho-
laymiz? Mana shuning uchun ham testlarning spetsi-
fikatsiyasini bilish lozim.
Testlar spetsifikatsiyasi qanday ko‘rinishga ega? 
 
1. Domenni aniqlash (biz nimani o‘lchamoqchimiz?). 
Agar bizga savolni ko‘rsatib, savol yaxshimi yoki yo-
monmi deb so‘rashsa, javob bera olmaymiz. Chunki biz 
nima o‘lchanayotganini bilmaymiz. 2. O‘quvchi haqida 
xulosa qilish (biz o‘quvchi haqida nima demoqchimiz 
yoki nimani o‘lchamoqchimiz?). Xulosa tekshirilayotgan 
soha (matematika, o‘qish va tabiiy fanlar) talablaridan 
kelib chiqib qilinadi.
Matematika bo‘yicha talablar.
O‘quvchilar: 1) amal-
lar (algoritmlar)ni tushunishi va bajara olishi; 2) muam-
molarni hal qila olishi; 3) matematik tilda muloqot qila 
olishi; 4) matematik modellashtirishni bilishi kerak.
Til bo‘yicha talablar. 
1) O‘qish: o‘quvchilar qiyin-
lashtirilgan adabiy matnlarni va ma’lumotlardan iborat 
matnlarni tushunish uchun diqqat bilan tahliliy yondash-
gan holda o‘qiy olishlari kerak.
 
2) Yozish: o‘quvchilar 
turli maqsadlar va turli auditoriya uchun samarali yoza 
olishlari kerak.
 
3) Tinglash va gapirish: o‘quvchi o‘zining 
tinglash va gapirish qobiliyatidan turli muammolarni hal 
etish va turli auditoriya uchun foydalana olishi kerak.

4) Tadqiqot: o‘quvchi matndagi holatlar, harakatlar va 
voqealarni tahlil qila olishi, o‘zi keltirgan dalillarni asos-
lay olishi, matnlardagi umumiy g‘oyani topa olishi kerak.
Tabiiy fanlar bo‘yicha talablar.
O‘quvchilar: 1) mu-
loqotga kirisha olishi va muammoni aniqlay olishi; 
2) modellarni ishlab chiqishi, yaratishi va ishlata oli-
shi; 3) tadqiqotlarni rejalashtira olishi va ularni o‘tkazi
-
shi; 4) berilgan ma’lumotlarni tahlil va talqin qila olishi; 
4) matematik tafakkurni ishlata olishi; 5) konstruksiya
-
lay olishi va modellashtira olishi; 6) dalillardagi faktlar
-
dan foydalana olishi; 7) ma’lumotlarni qabul qilib, ba
-
holay olishi kerak.


6
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 2-son
TIL VA ADABIYOT
TA’LIMI
ANGUAGE AND LITERATURE
TEACHING
L
Я
ПРЕПОДАВАНИЕ
ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
Dolzarb mavzu
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya masalasi, jumladan, ona 
tili va adabiyot ta’limi murakkab va serqirra jarayon, 
uni davr talablariga javob beradigan darajada amalga
oshirish uchun qator ilmiy-nazariy muammolarni hal qi-
lish kerakki, bu esa avvalo quyidagi omillarga bog‘liq. 
Bunda davlat siyosati (davlat tomonidan yaratilgan 
shart-sharoit), o‘quv qurollari (darslik, qo‘llanma sifati, 
saviyasi), ularning mazmunini o‘quvchi ongiga singdi-
rishda qo‘llanadigan usul va vositalar (texnik, ashyoviy 
va hokazo), ta’limni amalga oshiradigan shaxs (o‘qituv-
chi)ning kasbiy mahorati, shaxsiyati (jonkuyarligi, vijdo-
ni va hokazo), o‘quvchining qobiliyati (zehni, xotirasi), 
uquvi, tarbiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. 
Davlat ta’lim siyosatining bugungi kundagi muhim 
vazifasi innovatsion texnologiyalar asosida ta’lim jara-
yonlari sifat va samaradorligini oshirish, shaxsni rivoj-
lantirish va uni hayotga tayyorlashga yo‘naltirilgan kom-
pleks chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. XXI 
asr yuksak texnologiyalar zamoni, tafakkur asri, yalpi ax-
borotlashuv asri, globallashuv davri deb ta’rif etilmoqda. 
Globallashuv – insoniyatning ong-u shuuri, tafakku-
ri samarasi sifatida vujudga kelgan umumiy jarayon, u 
chegara va hududlarni bilmaydigan, tuzumlarni tan ol-
maydigan, uzluksiz kuchayib va rivojlanib borayotgan 
jarayondir.
Ana shunday globallashuv davrida har qanday dav-
latning rivojlanishi, uning rivojlangan davlatlar qatori-
dan mustahkam o‘rin olishi, birinchi navbatda, davlat-
ning intellektual salohiyati, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi 
va zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimiga bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 
7-fevraldagi F-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 
“2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlan-
tirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi”ning Ijtimoiy sohani rivojlantirish yo‘na-
lishining to‘rtinchi – “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” 
bo‘limida: jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlan-
gan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy 
nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik 
islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivoj-
lantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish 
kabi vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning 
amalga oshirilishida maktab o‘qituvchilarining zimmasi-
ga keng ko‘lamli vazifalar yuklanadi. Bu vazifalarni ba-
jarish o‘qituv chidan yangicha faoliyat – innovatsion faoli-
yatni talab etadi. Bugungi rivojlangan texnologiyalar asri 
va shiddatli zamon taraqqiyoti bevosita ta’lim sohasi va, 
shu bilan bir qatorda, ta’limning asosiy ish quroli bo‘lgan 
darsliklarning ham zamon talabi darajasida bo‘lishini 
taqozo qiladi. Darslarni turli slaydlar, audioeshittirishlar 
vositasida tashkil etish, albatta, dars jarayonida vaqtdan 
unumli foydalanish, ta’lim sifat-saviyasi, samaradorligini 
oshirish, bolani darsga qiziqtirishda katta ahamiyatga 
ega. Zero, XXI asrda o‘qitish XXI asr ko‘nikmalaridan ke-
lib chiqadi.

Yüklə 54,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin