Ertalabki suhbatlar



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə11/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

52– modda. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish;
O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqorolar qonunda belgilangan tartibda xarbiy yoki mukobil xizmatni o‘tishga majburdirlar.
126– modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada qurolli kuchlarga ega.

1.«Bugun bolasiz, ertaga askar bo‘lasiz» mavzusida suhbat
2.«14yanvar-Vatan himoyachilari kuni» bayrami mavzusida suhbat
3.«Baxtiyor ona monumenti» haykaliga sayr uyushtirish
4.«14yanvar-Vatan himoyachilari kuni» bayrami ertaligini o‘tkazish.
5.«9-may Xotira va qadrlash kuni» surati asosida hikoya tuzish
6.Asarni qayta hikoya qilish. M.Murodovning «Ikki niyat» hikoyasi
7.«Jaloliddin Manguberdi» haqida suhbat
8.B.Isroil. «Shunday o‘lkam bor» she’rini yodlatish .
9.I.Arabshox. «Amir Temurning Jayxundan shoshilinch o‘tishi» hikoyasini o‘qib berish
10.E.Raimov «Kuyga to‘lsin ona Vatan» she’rini yodlatish

Namunaviy suhbatlar
O‘rta yosh (4-5 yosh)


Mavzu. Nima yaxshi-yu, nima yomon
Suhbat maqsadi: bolalarga «yaxshi odat», «yomon odat» kabi so‘zlarning farqiga borishga o‘rgatish. Uyda, ko‘chada, bog‘chada tartib, intizom va ozodalik kabi axloqiy fazilatlarga rioya qiladigan, yaxshi urf-odatlarga amal qiladigan bolalar yaxshi xulqli, odobli bolalar ekanligini tushuntirish.
Kutilayotgan natija:Bolalar «yaxshi odat», «yomon odat» kabi so‘zlarni farqlaydilar, Uyda, ko‘chada, bog‘chadagi tartib -intizom va ozodalik kabi axloqiy fazilatlarga rioya qiladilar.
Jihozlar: «Nima yaxshi-yu, nima yomon» rasmli albom.
Suhbatniig borishi: Bolalar, bugun men sizga «yaxshi odat nima, yomon odat nima» ekanligi haqida suratlar orqali tushuntirib beraman. Suratlar bolalarga ko‘rinarli tarzda ilib qo‘yiladi.
Tarbiyachi:Avval yaxshi, odobli bolalar, yaxshi odatlar haqida gapirib beraman.
Qaysi bola ota-onalarini nasihatlariga quloq solsa, yaxshi urf-odatlarimizga amal qilsa, u bola yaxshi bola bo‘ladi. Yaxshi bolalar odobli, mehnatsevar to‘g‘ri so‘z, halol, mehrli, kamtar bo‘ladilar.
1. Mana bu suratga qarang: Bola ertalab turib, yuz-qo‘lini yuvdi. Ota-onasiga salom berayapti. Bu yaxshi odat. Demak u yaxshi bola. Mana bu bola ertalab turib, yuz-qo‘lini yuvmay tantiqlik, injiqlik bilan xarxasha qilyapti. Onasini xunob qilyapti. Bu yomon odat.
2.Mana bu bola onasiga yordam beryapti. Bu yaxshi odat. Mehnatsevarlik yaxshi odat. Demak u yaxshi bola. Mana bu bola onasiga yordam bermay o‘tiribdi. Bu yomon odat. 3.Mana bu bola qushlarga don berayapti. Ularga g‘amxo‘rlik qilayapti. Qushlarni sevish, ularga g‘amxo‘rlik qilish yaxshi odat. Demak, u yaxshi bola. Mana bu bola qushlar uyasini buzyapti, ularga tosh otyapti. Qushlarga zarar yetkazish
esa yomon odat.
Mana bu bola daraxtlarga suv quyyapti. Daraxtlarni parvarish qilish bu yaxshi odat. Mana bu bola daraxt shoxini egib sindiryapti. Bolalar daraxtlarga zarar yetkazsa, bu yomon odat. Mana bu bola ko‘chani o‘rtasidan kesib o‘tayapti. Ko‘cha qoidasiga rioya qilmaslik bu yomon odat. Mana bu bola piyodalar uchun ajratilgan yo‘lakdan yuryapti. Ko‘cha qoidasiga amal qilish bu yaxshi odat. Demak, bu bola yaxshi, odobli bola.
Mana bu bola o‘rtoqlari bilan yaxshi, inoq o‘ynayapti. Bu yaxshi odat. Mana bu bola o‘rtoqnari bilan urishib, ularni haqorat qilib so‘kayapti. Bu yomon odat.
Endi kim menga yaxshi odatga kiradigan suratlarni olib ko‘rsatadi. Demak kim ota-onasiga yordam bersa, aka-ukalariga mehribon bo‘lsa, rost so‘zlasa, hayvon, qushlarni sevsa, ularni parvarish qilsa, qo‘cha qoidalariga rioya qilsa, yaxshi odatlarga amal qilsa, ular yaxshi bolalardir. Ularning ota-onalariga ham rahmat keladi. Hamma ulardan hursand bo‘ladi.
Hozir men sizga «Dastyor qiz» she’rini o‘qib beraman (she’rni ifodali o‘qib beradi).
Suhbat yakunida Ya.Sa’dullaeva «G‘isht» hikoyasini o‘qib berish mumkin.

Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin