Ertalabki suhbatlar


IV bo‘lim. “Bolaning sog‘lig‘i”



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə34/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

IV bo‘lim. “Bolaning sog‘lig‘i”
1-mavzu. “Salomatlik-inson hayotidagi eng bebaho boylik”
Bolalarga salomatlik- bu inson hayotidagi eng bebaho boylik ekanini tushuntirish. Har bir bola kuchli, g‘ayratli, shijoatli bo‘lishi uchun nimalar qilishi kerakligi haqida aytib o‘tish.
Turli kasalliklar bolalarning o‘sishlariga, darslarni yaxshi o‘zlashtirmasliklariga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot berish. Har bir inson o‘zining sog‘lig‘i to‘g‘risida o‘ylashi lozimligi haqida suhbat o‘tkazish, bolani inson tana a’zolarining tuzilishi bilan tanishtirish, tana a’zolari haqida g‘amxo‘rlik qilishga o‘rgatish, o‘z organizmiga jarohat yetkazmaslik kerakligini bolalarga tushuntirish.
2-mavzu. “O‘z tana a’zolarimizni o‘rganamiz”
Bolalarni o‘z tana a’zolari bilan tanishtirish. Ko‘rgazmali jihozlar orqali bolalarga tana a’zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi haqida oddiy ma’lumotlar berish.
3- mavzu . “ Tana a’zolarimizga quloq solamiz”
Bolalarni o‘z tana a’zolariga quloq solishga o‘rgatish va shu orqali tana a’zolarining to‘g‘ri ishlashiga yordam berish, tana a’zolari tomonidan berilgan signallarga (eyishni xohlayman, uxlashni xohlayman, sayr qilishni xohlayman kabi)javob berishga odatlantirish.
4- mavzu “Sog‘lom turmush tarzining mohiyati”.
Bolalar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy faollik va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishga o‘rgatish.
5- mavzu “Kasalliklarning oldini olish”.
Bolalarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun kasalliklarning oldini olishning ahamiyati haqida ma’lumot berish, chiniqishning turli usullari, nafas olish mashqlari, havo va quyosh vannalari haqida gapirib berish.
6-mavzu “Shaxsiy gigiena malakalari to‘g‘risida”.
Tana a’zolarining tuzilishi va unig faoliyati to‘g‘risida gapirib berish, tana a’zolari tuzilishining murakkabligi va mo‘rtligini ko‘rsatish, shuningdek o‘z tana a’zolariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kerakligi haqida tushuntirish, tanani parvarish qilishga o‘rgatish. Bolalarda shaxsiy gigiena malakalarini shakllantirib borish.

Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin