Ertalabki suhbatlar



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə36/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ

muloqot uchun turli usullardan foydalanishga shart-sharoit yaratish, kattalarga, tengdoshlariga ismi- sharifi bilan murojaat qilishga, boshqalarning diqqatini jalb qilishga o‘rgatish: “iltimos, eshiting-chi” kabi so‘zlardan foydalanish, iltimoslarga javoban harakat qilishga o‘rgatish;


  • bolalarni o‘z his-tuyg‘ularini ifodalashga, vaziyatga qarab ish tutishga, nima mumkin va mumkin emasligini bilishga, man qilingan narsalarni qilamaslikni so‘z bilan ifodalashga, salbiy harakatlarni qilmaslikka o‘rgatish;

  • kattalar va tengdoshlari bilan kelishmovchilik bo‘lsa, “kelishib” olishga undash, o‘rtoqlariga quloq sola bilish, ularning xohishlarini, ehtiyojlarini yoki qiyinchiliklarini nazarga olishga, o‘z xohishlarini yoki muammolarini gapira olishga o‘rgatish, birgalikda muammolarni yechishga yordam berish;

  • bolalarga o‘zlariga ko‘proq ishonishga, mustaqil va o‘zlariga hurmatda bo‘lishga, ijodiy ishlarini to‘g‘ri baholay olishlariga yordam berish;

  • o‘ziga tanish bo‘lgan kattalar va tengdoshlariga samimiy munosabatda bo‘lishga va ularga ishonch bilan qarashga, har-xil bolalar bilan muloqotda bo‘lishga, kichiklar, o‘zi kattalar va, tengdoshlari bilan, o‘g‘il bolalar va qiz bolalar hamda notanish bolalar bilan muloqotga kirishishga o‘rgatish;

  • oilaga, bog‘chaga, ona diyorga, vataniga, insonlarga nisbatan muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish;

  • jamoaviy mehnatning qadrini bilishga, mehnat natijalarini qadrlashga, kattalar bilan birgalikdagi faoliyatga kirishib ketishga o‘rgatish;

  • kishilarning his-tuyg‘ulari, shaxsiy sifatlari, imkoniyatlari haqida ma’lumot berish, o‘zaro munosabatlar, ularni tasvirlash uchun o‘yin, mashqlardan foydalanish;

  • bolalarning kattalar va bolalar bilan mazmunli muloqot o‘rnatishlari uchun shart-sharoitni yaratish, ular orqali o‘zlariga rol, o‘yinchoq, jihozlar tanlashlariga, mustaqil xulosa chiqarish imkonlariga yaratish;

  • bolalarda kuzatuvchanlik, taqqoslash, o‘zi va o‘zgalarning xatti-harakatlarini baholash, o‘zining va boshqalarning hislatlarini ajrata olish, o‘z xatti-harakatlari oqibatlarining boshqa kishilar hissiy holatiga ta’sirini tushunish hislarini uyg‘otish;

  • bolalarga jamiyat, guruhdagi qonun va me’yorlarni o‘zlashtirishga yordam berish “mumkin”, “ mumkin emas”, “yaxshi”, “kerak” kabi iboralar orqali tushuntirish;

  • Yüklə 322,08 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin