III bo‘lim . “Bola uyda yolg‘iz”. 1-mavzu. “Ayrim narsalarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatish va ulardan foydalanishni man qilish”. Bollalarga uy- ro‘zg‘orda foydalanishda xavf tug‘diradigan narsalar uch guruhga bo‘linishi haqida tushuncha berish:
Qat’iyan taqiqlangan narsalar: gugurt, gaz plitasini yoqish, pechka yoqish, elektr rozetkalari va elektr jihozlar;
Bolalar yoshini inobatga olgan holda ehtiyotkorlik bilan to‘g‘ri foydalanish kerak bo‘lgan narsalar: igna, qaychi, pichoq;
Kattalar bolalardan chetroq joylarda saqlashi kerak bo‘lgan narsalar: uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan kimyoviy narsalar, dori- darmonlar, spirtli ichimliklar, sigaret, ishqorlar, kesadigan, sanchiladigan narsalar.
Qoidalar asosida bolalarga birinchi guruhga kiruvchi narsalardan faqatgina kattalar foydalanishi mumkinligini tushuntirish. Bu narsalardan bolalarning foydalanishlari qat’iyan man qilinganligi haqida ogohlantirish. Bola har qanday vaziyatda ham mustaqil ravishda gugurt ishlatishda, gaz plitasini yoqishi, elektr jihozlaridan foydalanishi mumkin emasligini tushuntirish. Tushuntirish davomida turli badiiy adabiyotlar, o‘yinlardan misollar keltirish. Bolalarning ikkinchi guruhga mansub narsalardan foydalanishlari uchun kerakli malakalarni egallashlari borasida ular yoshiga qarab maxsus ta’limiy mashg‘ulotlardan foydalanish.
Uchinchi guruhga mansub narsalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlariga undash va ularni saqlash borasida pedagog, ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini olib borish .
2- mavzu. “Hayotda uchraydigan tasodifiy vaziyatlar”. Bunday vaziyatlardan chiqish uchun telefondan foydalanish qonun- qoidalarini, tanish va yaqin insonlarning telefon raqamlarini bilishlariga erishish. Bu holatlar bolalarga tasodifiy vaziyatlarda nimadandir va kimdandir qo‘rqqanlarida kerak bo‘lib qolishini tushuntirish. Bolalarni telefon bilan o‘ynashni tasodifan telefon qilishdan farqlashga o‘rgatish. Telefon orqali haqiqiy so‘zlashishni maxsus treninglar jarayonida mustahkamlash va ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borish.