Bolalar bilimlarini mustahkamlash uchun savollar:
Bolalar askar bo‘lish uchun oldindan qanday tayyorgarlik ko‘rib borishlari kerak?
Qanday bolalar askar bo‘lishga e qiynaladilar?
Askar yigitlarga bag‘ishlangan she’rlarni kim aytib beradi?
Mavzu: «Mening oilam» Suhbat maqsadi: Bolalarda oila, uning a’zolarining qadriga yetish, ularni hurmat qilish kabi yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalash. Oila sha’nini oqlash: yaxshi oila, ahil oila degan nomni saqlash ularning burchi ekanligini bolalar ongiga singdirish. Oilada bolalar burchi, huquqi haqidagi tushunchalarni mustahkamlash.
2.Rivoyat orqali o‘zlariga xulosa chiqarishga, mustaqil fikr yuritishga undash. Kutilayotgan natija: har bir bola ota-ona, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar qanday bo‘lishi kerakligini tushunib yetadilar, oilada tinch-totuv yashash, o‘zaro mehribonlik, g‘amxo‘rlik, yordam berish kabi yaxshi fazilatlar tarbiyalanadi.
Jihozlar: Mavzuga mos rasmlar, arqon, tasviriy faoliyat uchun jihozlar.
Suhbataing borishi: Tarbiyachi: bolalar, siz baxtlisiz! Negaki hammangizning o‘z uyingiz, oilangiz bor. Bugun biz oiladagi huquqingiz, burchingiz haqida yana takroran batafsilroq suhbatlashamiz. Oilada sizning qanday huquqingiz bor? Kim aytadi.
Bolalar javoblari.
1-bola. Biz oilada yashashimiz va tarbiyalanishimiz, oila a’zolarimiz g‘amxo‘rligidan foydalanishimiz, ular bilan birga yashash huquqiga egamiz.
2-bola. Biz ism, ota ismi, familiya olish huquqiga egamiz. Bolaga ism ota-onaning kelishuviga binoan qo‘yiladi.
3-bola. Bolalar o‘z fikrlarini ifoda etish huquqiga egadirlar. Oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini aytishga haqli.
Chunki ota-ona buyuk zotlardir. Ular sizni dunyoga keltirib, tarbiyalaydilar, asrab avaylaydilar.
Ota-onani hurmat qilish burchimiz, dedik. Burch nima? Kim aytadi? (burch bajarish kerak bo‘lgan vazifa, majburiyatdir).
Biz nimalar qilsak ota-onamiz oldidagi burchni bajargan bo‘lamiz?
Bolalar javobi:
Nasihatlariga quloq solish. Qilayotgan ishlariga ko‘maklashish. Ularni ranjitmaslik.
Ularga qo‘pol so‘zlamaslik, yuzni burishtirmasdan so‘zlash.
Tarbiyachi: Ota-onani hurmatlash borasida ulug‘ olimlarning qanday nasihat o‘gitlarini bilasiz?
Bolalar javoblari:
Ota-onangga «uf» dema, qo‘pol so‘zlama.
Ota-onang ish buyursa yuzingni burishtirma.
Ota-onang chaqirsalar tabassum qilib «labbay» onajon yoki otajon deb yugurib kel.
Sen turgan xonaga ular kirsalar o‘rningdan tur, yuqoridan joy ber.
Ulardan oldin ovqatga qo‘l urma, taom yeyishda ularning hurmatlarini o‘rniga qo‘y. Ularga yolg‘on so‘zlama.
To‘g‘ri, bolalar, bu o‘gitlarni chin ko‘ngildan bajarsak, ota-ona oldidagi burchni bajargan bo‘lamiz. Ularni sevib, ardoqlang, hech qachon dillarini ranjitmang. Men hozir sizga ahil oila haqida rivoyat o‘qib beraman. Rivoyat bo‘yicha savol-javob o‘tkaziladi yoki rivoyat bo‘yicha sahnalashtirilgan tomosha ko‘rsatish mumkin.
Tarbiyachi: Bolalar hozir siz sanama aytib ikki guruhga bo‘lining, 2 ta oila a’zolari bo‘lib kuch sinashamiz. Arqon tortasiz, tortashmachoq o‘yinini o‘ynaymiz.
Hozir bolalar, «Mening oila a’zolarim» mavzusida rasm chizishingiz mumkin. Tarbiyachi bolalar ishlarini kuzatadi.