Temurbek: xo‘p bo‘ladi otajon.
1-boshlovchi: Hikoya muallifi o‘shal alloma shoir Kamol Ho‘jandiy ekan.
2-boshlovchi:Hurmatli Dono bobo! hozir zukko nabiralaringizni “Nilufar guli” metodi orqali Amir Temur tuzuklarini bilish darajalarini sinab ko’rsak.
Dono bobo –ziyrak va o’zimdek dono nabiralarim bilimiga ishonaman. Sizlar bunga nima deysizlar.
Bolalar birgalikda: Biz tayyormiz.
Ular sahnaga chiqib, Amir Temur tuzuklaridan namunalarni “nilufar guli” metodidan foydalangan holda yoritadilar:
Javoblar:
1. Kuch – adolatdadir.
2.
Aqlli dushman, johilu nodon do‘stdan yaxshidir.
3. Agar dushmanning bosh urib panohingga kelsa, rahm qilib yaxshilik va muruvvat ko‘rsat.
4. Bilagi zo’r
birni yiqitar, bilimi zo’r mingni.
5. Adovat emas, adolat engadi.
6. Til-qilichdan o’tkirdir.
7. Bir kalima shirin so’z qilichni qinga kiritar.
8. Er yigitni nomus o’ldirar
1-boshlovchi:Dono bobo nabiralaringiz ham o’zingizdek bilimdon va dono o’quvchilar ekan. Biz ular yordamida Amur Temur tuzuklari haqida ma’lumotga ega bo’ldik.
2-boshlovchi:Shuningdek, Amir
Temur bobomizning mardligi-yu, buyuk sarkarda,
qonunshunos olim, takrorlanmas me’mor ekanligini bilib oldik.
1-boshlovchi :Temur bobo, nomingizni
Yod etajakmiz.
Olam
aro ruhingizni
Shod etajakmiz.
2-boshlovchi:Ko’kni o’pgan binolarda
Yashab qolasiz.
Ko’zga ko’chgan ziyolarda
Yashab qolasiz.
Shuning bilan bugungi
kechamizga yakun yasar ekanmiz, barchangizni bobolarimiz ruhi qo‘llasin, degan tilakni bildirib qolamiz. О‘quvchilar ijrosida “Amur Temur” qo’shig’i yangraydi va unga barcha jo’r bo’ladi.