Mavzuni ustahkamlash uchun nazorat savollari
1. 250C da Ag2CO3 ning suvdagi eruvchanligi 1,1610-3 mol/l ga teng. Shu tuzning ayni temperaturadagi eruvchanlik ko`paytmasini toping.
2. Fe(OH)3 ning eruvchanligi 1,910-10 mol/l. Eruvchanlik ko`paytmasini hisoblang.
3. MgCO3 ning to`yingan eritmasida Mg2 ioni konsentrasiyasi 3,1610-3 g-ion/l ga teng. ЭK ni hisoblang.
4. 25 0С da CaCO3 ning suvdagi eruvchanlik ko`paytmasi 8,710-9 ga teng. Shu moddaning (mg/l bilan ifodalangan) eruvchanligini toping.
8-Tajriba;Eritma muhitiga oid tajribalar
1-tajriba. Eritma PH ini kalorometrik usulda aniqlash
PH ni kalorometrik usul bilan aniqlash uchun laboratoriyada etalon (standart) eritmalar solingan probirkalar to`plami (seriyasi) bo`ladi. Har qaysi eritmaning muhiti PH ning aniq qiymatiga mos keladi.
Har bir to`plam faqat bitta indikatordan aniq miqdorda olib tayyorlanadi. Har qaysi to`plamdagi ikki qo`shin eritmaning PH qiymati o`zaro 0,2 ga farq qiladi. Bunda har bir to`plamning biridan ikkinchisiga o`tganda ranglar o`zgarishi tegishli ketma-ketlikdan iborat bo`ladi. Ya’ni, har bir eritmadagi PH qiymati mutlaqo aniq rangni aniqlaydi.
PH ni aniqlashda tekshirilayotgan suyuqlik qo`yilgan probirkaga indikator qo`yiladi va hosil bo`lgan rangni xuddi shu indikator qo`shib tayyorlangan to`plamdagi standart eritmalarning rangi bilan taqqoslanadi.
Etalon eritmalar
Indikator
|
PH
|
Metiloranj
Metilrot
Lakmus
Fenolrot
Fenolftalein
|
3,0
4,2
5,0
7,6
6,8
8,2
|
3,2
4,4
5,2
7,8
7,0
8,4
|
3,4
4,6
5,4
8,0
7,2
8,6
|
3,6
4,8
5,6
7,4
8,8
|
3,8
5,0
5,8
7,6
9,0
|
4,0
5,2
6,0
7,8
9,2
|
4,2
5,4
6,2
8,0
9,4
|
4,4
5,6
6,4
8,2
9,6
|
5,8
6,6
9,8
|
6,0
6,8
10
|
6,2
7,0
|
7,2
|
7,4
|
Tekshirilayotgan eritma bilan etalon eritmalarning rangi o`zaro to`g`ri kelsa, ularning PH qiymatlari ham to`g`ri keladi. Indikator tanlashda tekshirilayotgan eritma PH ning indikator intervalida bo`lishiga asoslanish kerak. Masalan, tekshirilayotgan eritmaning PH i 4,2-6,2 bo`lsa, metilrot to`plamidan foydalanish mumkin.
Tekshirilayotgan eritmaning hajmi standart eritma hajmiga teng bo`lishi shart. Qo`shiladigan indikatorning tomchilar soni ham bir xil bo`lishi lozim.
Kimyo laboratoriyalarida eritmalarning PH qiymatini taqriban aniqlash uchun universal indikator (turli indikatorlar aralashmasidan tayyorlangan) eritmasi shimdirib quritilgan qog`oz tasmachalari keng qo`llaniladi. Bunday indikator qog`oz yordamida muhitning PH 0-14 oralig`idagi qiymatni 1 PH kattaligida aniqlash mumkin.
2-tajriba Eritmaning PH ini indikator yordamida aniqlash
4 ta probirka olib, birinchisiga 0,1 n xlorid kislotadan 1 ml, ikkinchisiga 0,1 n sirka kislotadan 1 ml, uchinchisiga 0,1 n ammoniy gidroksiddan 1 ml va to`rtinchisiga 1 ml vodoprovod suvidan qo`yib, har biriga 1-2 tomchi universal indikator eritmasidan tomizing va asta-sekin chayqating. Hosil bo`lgan eritmaning rangini PH- etalon rangiga solishtirib, eritma muhitini aniqlang. Agar universal indikator qog`ozidan foydalansangiz, shisha tayoqchani eritmaga tegizib olib, indikator qog`ozi ustiga tomiziladi, hosil bo`lgan rangni etalon rangi bilan solishtiring.
Olingan natijalarni quyidagi jadvalga yozing:
Eritmalar
|
Indikator rangi
|
PH
|
1. Xlorid kislota
2. Sirka kislota
3. Ammiak eritmasi
4. Vodoprovod suvi
|
|
|
Qaysi moddalar kuchli elektrolitlar jumlasiga kiradi? Hamma kislotalar uchun PH kattaligi bir xilmi? Sirka kislota, ammoniy xlorid eritmalariga natriy asetatning quruq tuzidan solinganda PH o`zgaradimi?
b) Probirkaga rux sulfat eritmasidan 1 ml qo`yib, buning ustiga natriy gidroksid eritmasidan tomchilatib qo`shing. Bir oz vaqt o`tgandan keyin hosil bo`lgan oq cho`kmani ikkiga bo`lib, birinchisiga xlorid kislotadan mo`lroq qo`shing, ikkinchisiga esa natriy gidroksididan quying. Ikkala holda ham cho`kma erib ketadi. Nima uchun? Reaksiya tenglamasini yozing. Amfoter gidroksidlarga misollar keltiring va ularning xossalarini tushintiring.
3-tajriba. Sirka kislota eritmsining PH ini aniqlash. Probirkaga tekshirilayotgan sirka kislota eritmasidan qo`ying. Olingan eritmaning PH ini 3-4 oraliqlarida ekanini e’tiborga olib indikator tanlang. Tekshirilayotgan eritmaga 2 tomchi indikator qo`shib probirkani chayqating.
Tekshirilayotgan eritmaning rangini xuddi shu indikator qo`shilgan standart eritmalarning rangi bilan taqqoslang. Bularning orasidan rangi tekshirilayotgan eritma rangiga mos keladiganini toping. Ranglarni probirka orasiga oq qog`oz qo`yib taqqoslang.
Etalon namunasining PH qiymati tekshirilayotgan sirka kislota eritmasi PH ining ham qiymati bo`ladi.
4-tajriba. Ammiak eritmasining PH ini aniqlash.
Probirkaga tekshirilayotgan ammiak eritmasidan soling va uning ustiga 2 tomchi indikator tomizing. Indikatorni ammiak eritmasining PH ini 9-10 oraliqlarida ekanligi asosida tanlang.
Ammiak eritmasining rangini xuddi shu indikator qo`shilgan standart eritmalarning rangi bilan taqqoslab, uning PH ini aniqlang.
5-tajriba. Vodoprovod suvining PH ini aniqlash.
Avvalgi tajribalarda eritmalarning PH i aniqlanganidek, vodoprovod suvining PH ini aniqlang, uning PH = 7 ga yaqin ekanligini unutmang.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari.
1. 0,002 n to`liq dissosilangan nitrat kislotaning PH ini toping.
2. Dissosilanish darajasi 4,2% bo`lgan, 0,01 n asetat kislotaning PH ini toping.
3. Litrida 0,0051 g gidroksid ioni bo`lgan eritmaning PH ini aniqlang.
4. OH- ionlarining konsentrasiyasi 10-10 g-ion/l ionining konsentrasiyasini hisoblang.
5. Vodorod ko`rsatgichi (PH ) = 9,4 ga teng bo`lgan eritmadagi H ini toping.
Dostları ilə paylaş: |