SHARTNOMANING PREDMETI. Davlat grantlari va to‘lov-shartnoma hisobidan oliy ta’limga ega bo‘lgan yosh mutaxassis (bakalavr, magistr) larning
1.2 intellektual salohiyatidan unumli foydalanish va ularni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish.
TOMONLARNING HUQUQLARI.
2.1. Oliy ta’lim muassasasi: 2.1.1. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislari bo‘yicha extiyoj ko‘p bo‘lgan taqdirda “Potensial ish beruvchi”larni tender
asosida tanlash.
2.1.2. Talabalarning amaliyotini o‘tashi uchun “Potensial ish beruvchi”ning intellektual va moddiy-texnikaviy bazasidan
imkon darajasida foydalanish va ularni takomillashtirish bo‘yicha taklif kiritish.
2.2. “Potensial ish beruvchi” 2.2.1. “Oliy ta’lim muassasasi” o‘quv reja va dasturlari bilan tanishish, hamda ularni ishlab chiqarish talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan o‘z takliflarini berish.
2.2.2. “Bitiruvchi” ning Davlat imtihonlarida attestatsiya hay’ati a’zosi sifatida qatnashish.
2.3. “Bitiruvchi” 2.3.1. O‘qish faoliyati davrida belgilangan amaliyotlarni imkon tdarajasida “Potensial ish beruvchi” korxonasida o‘tash.
2.3.2. Ta’lim muassasalarini bitirgandan so‘ng ega bo‘lgan mutaxassisligi doirasida ish bilan ta’minlashni talab qilish.
3. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI. 3.1. Oliy ta’lim muassasasi: 3.1.1. “Bitiruvchi”ni O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni asosida ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar talablariga javob beradigan malakali mutaxassis etib tayyorlash.
3.1.2. “Potensial ish beruvchi” ga “Bitiruvchi” to‘g‘risidagi tegishli tavsiyanomalar berish hamda “Bitiruvchi” ning korxonadagi mehnat faoliyati monitoringini olib borish.
3.1.3. “Bitiruvchi” ishga joylashgandan keyin 3 yil davomida unga zarur uslubiy yordam ko‘rsatish.
3.1.4. Shuningdek, tomonlarning roziligiga asosan quyidagi shartlarni bajarish majburiyatini ham oladi:
a) ______________________________________________________________________________________
b) ______________________________________________________________________________________
v) ______________________________________________________________________________________