Bu stimul materialdan tanlangan narsalarning natijasiga ko’ra aniqlanadi. “ Lyusherning ranglarni tanlash testi” 8-rangli kvadratdan iborat. Ranglar orqali insonda qo’rquv, ichki dunyo sirliligini yashirin ochish, nizoli vaziyatga moyillik, emosional qiyofa kabi psixologik masalalar o’rganiladi.
Lyusher bo’yicha ranglarni ta’riflash 4 asosiy va 4 ta qo’shimcha ranglarni o’z ichiga oladi
Asosiy ranglar
Ko’k – qoniqishga, xotirjamlikka, barqaror ijobiy mehribonlikka bo’lgan ehtiyoj
Yashil - o’zini ta’kidlashga bo’lgan ehtiyoj, dadillik, qatiylik gohida qaysarlik hissini ifodalaydi
Qizil - faol harakatga va niyatga erishish ehtiyoji
Siyohrang, jigarrang, qora rang, nolga barobar bo’lgan ranglar. Ular salbiy yo’nalishlarni: xavotir, stress, qo’rquv, xafagarchilik hislarini bildiradi.
Additiv metodlar
Gapni, hikoyani, tarixni tugallash “Tugallanmagan gaplar” metodikasi. Bu metodikalar xar hil shaxslik o’zgaruvchilar, motivlardan u yoki bu xarakatlardan tortib, to jinsiy tarbiya munosabatlarigacha aniqlashga mo’ljallangan.
SUXBAT METODI
Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo’llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo’lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo’llaniladi. Suxbat metodidan moxirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.
Psixologik tadqiqotni o’tkazishga qo’yiladigan talablar
Tadqiqotlarni tashkil qilish tekshiruvda qo’llaniladigan metod va metodikalarni tanlash handa sinab ko’rishni o’z ichiga oladi. Tadqiqotga tayorgarlik jarayonida tekshiriluvchilar va ularning soni aniqlanadi.
Tadqiqot o’tkazish joyi turli xil tashqi shovqinlardan holi bo’lishi, shu bilan birga sanitariya-gigiena qoidalariga javob berishi lozim. Majbur qilmaydigan ish holati ta’minlanishi kerak.
Tadqiqotning texnik ta’minlanishi hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarga mos tushishi kerak.