I.BOB.QO`YCHILIK VA ECHKICHILIKNING RESPUBLIKA CHORVACHILIGIDAGI AHAMIYATI 1.1.QO`YCHILIK VA ECHKICHILIKNING RESPUBLIKAMIZ XALQ XO`JALIGIDAGI AHAMIYATI Qo`ychilik chorvachilikning muhim tarmog`i hisoblanadi. Ulardan jun, qo`y po`stin, mo`ynabop, qorako`l, charmbop teri, sut va go`sht olinadi. Bundan tashqari ularning qator so`yim mahsulotlaridan meditsina va veterinariya dori-darmonlari tayyorlanadi.
Go`ngi esa mahalliy o`g`it sifatida foydalaniladi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan junning 95%, go`shtning qariyb 10% va qorako`l terilar qo`ychilikka to`g`ri keladi. Mamlakatimizda 9 milliondan oshiqroq qo`y va echki bo`lib, mustaqillik yillari sohani rivojlantirishning katta imkoniyatlari yaratib berildi. Soha to`liq xususiylashtirildi, ishlash uchun barcha huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy shartsharoitlar barpo etildi.
O`zbekistonda qo`ychilikni rivojlantirishga katta imkoniyatlar mavjud, chunki yetarli sahro, cho`l, tog` va tog` oldi yaylovlari mavjud. Sohani rivojlantirish bilan mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal qilish mumkin, ya`ni sahro, cho`l, dasht va tog` hududlarida odamlarni ish bilan ta`minlash, hamda ko`p, arzon va sifatli mahsulot yetishtirish mumkin.
Qo`ylarni faqat yirik ixtisoslashgan xo`jaliklardagina urchitib qolmasdan, kichik xo`jaliklar, fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xo`jaliklarda jadal rivojlantirish choralarini ko„rish kerak. Ayniqsa bu yo`nalishda ko`plab qo„ychilikka ixtisoslashgan fermer xo`jaliklari tuzishni taqozo etadi. Bu borada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi 308-sonli qarori imkoniyatlaridan foydalanish nafaqat fermer xo`jaligi, balki dehqon va shaxsiy yordamchi xo`jaliklarda ham qo`ychilikni keng rivojlantirish imkoniyatlarini ochib beradi.
Qo`ylarning asosiy biologik xususiyatlaridan ularning yuqori jun va go`sht maxsuldorligi hisoblanadi. Ularning eng nodir xususiyatlaridan biri ularning barcha tuproq va iqlim sharoitlarida yashash va mahsulot berish qobiliyatidir. Qo`ylar yaylov hayvoni bo`lib turli xil yaylovlarni ayniqsa, kambag`al yaylovlardan ham o`t topib yeyish imkoniyatiga ega. Bu borada ularning yupqa, harakatchan lablari nafaqat mayda o`tlar, balki to`qilgan barg va gullarni ko`tarib yeyishini ta`minlaydi. Ayniqsa ular dag`al oziqalarni yeyish va yaxshi hazm qilishi bilan boshqa qishloq xo„jalik hayvonlaridan ustun turadi. Shuning uchun ularni oziqlantirishda yem va shirali oziqalardan kam foydalanishni taqozo etib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning arzon bulishiga sabab bo`ladi.
Qo`ylarning tanasi mustaxkam bo`lib, oyoqlari ingichka va kuchli, tuyoqlari qattiq bo`lib yaylovlarda yurishga moslashgan. Sahro va cho`l xududlarida urchitiladigan qo`ylarda dumba va dumida (qorako`l qo`yi) yog` zaxiralarini to`plash qobiliyati bor, Ushbu zaxiralarni qo`ylar to`yimli moddalar va suv yetishmagan paytda tanasi uchun foydalanadi. 1 Qo`ylarning bo`g`ozlik davri qisqa bo`lib 150-155 kunni tashkil etadi, shuning uchun yaxshi oziqlantirish va saqlash sharoitlarini yaratib bergan xo`jaliklarda (fermer, dehqon, shaxsiy yordamchi xo`jaliklar) bir yilda ikki marta to`l olishni tashkil qilish mumkin (go`sht-yog` qo`ychilikda). Sovliqlar serpusht bo`ladi, ya`ni ular ichida 2-3 ta qo`zi tug`adiganlari ko`plab uchraydi, yoki har 100 bosh sovliqdan 110-120 bosh qo`zi olish mumkin.
Qo`ylarda boshqa hayvonlarda uchramaydigan ulkan xislat bo`lib ular hayotining birinchi kunidan boshlab (qorako`l teri) bozorbop mahsulot berish xususiyatiga ega. Boshqa hayvonlarga nisbatan qo`ylar dag`al oziqalarni yaxshi iste`mol qilib hazmlaydi. Yaylovlardagi 600 xil o`tdan qo`ylar 550 xilini, otlar 100 turini, qoramollar esa faqat 50 turini iste`mol qiladi. Qo`ylar 4 kameralik oshqozon va yaxshi rivojlangan ichaklarga ega.
Oshqozon ichaklarining umumiy xajmi 44 l.ni tashkil qiladi. Ingichka ichaklarining uzunligi 26 m, yo`g`on ichaklari 5 m, ularning so`rish yuzasi 2,8 m²,shu sababdan qar qanday oziqani qazm qilib, uzlashtirib olishi mumkin.
Qo`ylar tez yetiluvchan hayvon hisoblanadi, ularni 6-8 oyligida go`sht uchun so`yish mumkin. Yana bir ajoyib xususiyati, dumbali qo`ylar dumbasida yog` to`playdilar, xisor qo`ylarida u 50 kg.gacha yetadi. Qo`ylar sil kasalligi bilan kam kasallanadi, lekin brusellyoz, qichima, chechak, tuyoq chirishi, mastit va gijja kasalliklariga tez chalinadi, shuning uchun o`z vaqtida oldini olish choralarini ko`rish kerak. Qo`ylarning tabiiy yashashi 15 yil, xo`jalikda esa o`rtacha 5-6 yil foydalaniladi. Qo`ylar ishlab chiqarish klassifikatsiyasi bo`yicha quyidagicha bo`linadi: 1. Mayin junli qo`ylar 2. Yarim mayin junli qo`ylar 3. Yarim dag`al junli qo`ylar 4. Dag`al junli qo`ylar.
1-Jadval