2.2. DAG`AL JUNLI QO`YCHILIK Dag’al junli qo’ylar injiq emas mahaliy sharoitda urchitishga yaxshi moslashagn. Yuqori sifatli gusht beradi. Dag’al juni esa to’qimachilik sanoati uchun foydalaniladi. O’rta Osiyo va Qazog’istonda bundan tashqari qo’ylardan yog’ va sut olinadi. Shuning uchun ham dehqonlar ko’pincha dag’al junli qo’y ko’paytirganlar.
Dag’al junli qo’ychilik hozirgi vaqtda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Undan olinadigan mahsulotlar oziq-ovqat va xom ashyo mo’yna qorako’l jun manbai sifatida o’z vazifasini o’tayapdi.
Dag’al junli qo’y soni jamoat sektorida 25-26 %ni yalpi dag’al jun ishlab chiqarishda esa 18-20 %ni tashkil etadi. Biroq halq xo’jaligining dag’al junli qo’ylar mahsulotiga bo`lgan talabi toboro oshib bormoqda. Shuning uchun dag’al junli qo’ychilik planli ravishda rivojlantirilmoqda va bu soha istiqboliga alohida ahamiyat berilayapdi.Chet mamlakatlarda dag’al junli qo’ylar tiyoq soni o’sisho’rniga bir joyda to’xtab to’ribdi. Dag’al jun beruvchi qo’ylarning miqdori
18-20 % tashkil etadi xolos. Dag’al jun beruvchi qo’y zotlari ishlab chiqarishщ klassifekasiyasiga qarab muynabop pustinbop teri bara teri yetishtiriladigan gusht jun sut va gusht-junbop yo’nalishdagi guruppalarga bo`linadi.
Dumbali qo’ylarning umumiy harakteriskasi. Dumbali qo’y Don va Volgadan Mongoliyagacha Kaspiydan to Ximoloygacha Sibirdan Arabistongacha bulgan masofaga yoyilib ketgan. O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg’iziston, Qozoqiston dumbali qo’ylarini abrogen qo’yi deb hisoblanadi. Ular Xitoy Mangoliya Afg’oniston Eron Turkiya Arabiston Misir Janubiy Afrika Respublikasi va madakakarda uchratimlmoqda. Dumbali qo’ylarni ko’paytirish Markaziy Osiyo Kitoasi O’rta va Shimoliy Osiyo hisoblanadi.
Dumbali qo’ylarning gavdasi o’ziga xos marfo-anatomik tuzilishga ega. U ko’plab zotlariga bulinadi va turli nomlar bilan ham ataladi. Ukrain Qirimda ular chuntuk Don va Shimoliy Kavkazda manicham Volga bo’yi va Uralda kamlik Sibirda ordin deb ataladi. O’rta Osiyo va Qozog’istonda bu qo’ylar bir qancha alohida zotlarga bulinadi. Keyingi yillarda Turkmanistonda sarajda Tojikistonda xisor O’zbekistonda jaydori Qozog’istonda edilbayev zotlari mashhurdir.
Ilg’or dumbali qo’y zotlari juda ko’p edi. Hozirgi vaqtda bu zotlardan ko’pchiligi Mayin va yarim Mayin junli zotga aylantirilgan. Dumbali qo’ylarning kelib chiqishi haqida bir qancha taxminlar bor. Ko’pgina taqiqotchilarning hisoblashicha bu qo’ylar seryog’ dumli zotlardan kelib chiqqan deyishsa boshqalarning fikriga kura ular Afrikadan keltirilgan deb taxmin qilinadi. Jun qoplami ham tog’ atirofidagi yovvoiy argal quchqorlarinikiga o’xshaydi. Bu joylarda dumbali qo’ylar ming yillar davomida ko’paytirilgan. Shu yerda shimoliy-g’arbiy Volga va janubiy – g’arbiy Arabiston va shimoliy Afrikaga qadar keng tarqalgan. Dumbali qo’ylar urchitilgan joyi shoxi va uning shakliga qarab bir-biridan farq qiladi. Sharqiy Qazog’iston va Mongoliyadagi quchqorlar shoxi katta spiralsimon va qayrilgan buladi. Sovliqlari esa asosan shoxsiz. Hisor zotli quchqor va qo’ylarning shoxi umuman mavjud emas. Faqat ba’zi quchqorlardagina unchalik taraqqiy etmagan shoxcha uchraydi xalos. Jaydari sovliqlar shoxsiz tuqol bo`ladi. Qo`chqorlarning asosiy qismida unchalik kata bulmagan shox mavjud.
Bunday shoxchalar edilbayev zotli dumbali qo’yda va saradja qo’yllarida bir qadar yaxshiroq rivojlangan shoxlar uchraydi. Dumli qo’ylarning barcha zotlari uchun harakterlansa kalta qo’yrug’idagi yog’ miqdoridir. Uning kata- kichikligi va formasi qo’y yoshi semizlik darajasi zotiga bog’liqdir.
Quyrug’i qachon va qanday paydo bulgan. Bu savolga turlicha javob berishadi. Ayni paytda har xil qarashlar mavjud. N.V. Nosonov (1928) M.A. Yermekov (1966) fikriga kura quyruq nogohoniy mutasiya tufayli paydo bulgan. S.N. Bogolyubskiy ta’kidlashicha quyruq qo’ylarning quruq chul va yarim dasht sharoitida urchitilish natijasida hosil bulgan. Ma’lumki quyruq dщominat belgi emas u duragayning birinchi avlodida yo’qoladi. Hatto dumbali qo’ylar qayta singdiruvchi juftalshtirilganda ham quyruqni tanlash juda qiyin. Bu o’zini oqlamaydi quzida urchitib ikki avlod duragay olishda esa quyruq mutloqo paydo bulmaganligi ham mumkin.
Dumbali qo’ylar tez semira oladi qulay sharoitda yog’ tuplaydi. Shu tariqa dumbali qo’ylar qadim zamonlardan beri O’rta Osiyoda urchitib kelinmoqda. Ularning yovvoiy avlodlari argarlar hisoblanadi. Ular O’rta Osiyoda xonakilashtirilgan. Dumbali qo’ylar tabiy va sun’iy tanli yo’l bilan olingan. Yil davomida yaylov sharoitida boqilish mumkin ularning yashavchanligi yuqori buladi.
Edelbayev zoti- o’tgan asrlarda halq seliksichsi yordamida yaratilgan edi. Bu xil qo’y zotlari yirik bulib mustahkam konistitutsiya va yuqori gusht- yog’ mahsuldorligiga ega. Bundan tashqari ular o’ta chidamli tez semiradi yaxshi gavda tuzilishi mavjud. Quchqorlarning 110-120 kg sovliqlar 65-70 kg keladi. Har yuz boshdan 110-120 tadan quzi olinadi. Quchqorlardan 3-3,5 kg sovliqlardan 2,3-2,6 kgdan jun qirqish mumkin. Jun dag’al tivit 52-56 % oraliq tolalar 216-19 % va kiltigi 24-25 % ulik jun ham uchraydi. Uning rangi ko’pincha mala va oqish – kulrang buladi.
Eng yaxshi qo’ylar Ural oblastining Brlikiskiy Guryev oblistining Suyunduzskiy va Karaganda oblistlarining Sayriqo’y nasilchilik zavodlarida mavjud. Bu qo’ylar asosan Ural, Aktyubinsk, Guryev, Turgay, Karaganda, Pavlodor va Sempolatinsk oblislari uchun planlashtirilgan. 1974- yil 1 yanvarga qadar bu zotli qo’ylar soni 4.818 ming boshni tashkil etadi. Hisor zotli qo’yning kelib chiqishi – judla qadimiy kattaligi jihatdan u dunyoda birinchi urinni egallaydi. U sharoitga yaxshi moslashgan yuqori gusht-yog’ mahsuldorligiga ega. Dumbasi kengligi 35-50 sm uzunligi 40-50 sm. dum umirtqasining uzunligi 6-7 yoki 4 dan 11 sm gacha buladi. Rangi qora-malla yoki qop-qora. Quchqorlarn6ing og’irligi 130-140 kg eng yaxshilari 180 -190 kg ona qo’ylarniki 70-80 100-120 kg serpushtligi har yuzdan 110-120 tadan quzi olish mumkin.
Juni juda dag’al- tivit miqdori 38-80 prosent oraliqi23-28 prosent kiltigi yug’on quruq vaulik tolalardan iborat. 18-33 prosent bahorgi qirqimdagi junning uzunligi 6,8 sm. Har bir quchqordan 1,3-1,6 kg sovliqlardan1-1,4 kgdan 0,4-0,5 kg quzi juni qirqib olish mumkin. Junning toza chiqish miqdori 60-70 prosent. Eng yaxshi otarlar Tojikiston MHD Xisor kolxozlari va O’zbekiston Boysun rayonida mavjud. 1984 yil 1 yanvarga kadar bulgan ma’lumotlarga ko`ra bu xildagi qo’ylar soni 385 mingni shundan toza zotllari 372 ming boshni tashkil etadi.
Jaydari. Bu qo’y zoti gusht-yog’ mahsuldorligi jihatdan hissor zotli qo’ylarga miqdori jihatidan esa edilbayev zotiga yaqin turadi. Mazkur zotdagi qo’ylarning harakteri hususiyatlari asosan oyoqlarining pastligi va gavdaning esa cho’zinchoqligidir. Dumbasining keng va pastnga osilib turadi. Ko’pchili qo’ylar ozgina dumbali burun bosh chuzinchoq qulog’i uzun. Qora rang miqdoi 65-70 prosent mala rang dag’allari ham uchrab turadi.
Qo`chqorlarning og’irligi 100-110 kg sovliqlarniki esa 60-65 kg suyilib tozalangandan keyin 55-60 prosent. Quyruq moyi 10-12 kg va undan ham ziyod. Juni jdag’al buladi. Junida tivit 45-60 prosentga oraliq tolalar miqdori 7-18 prosent qirqim 20-26 prosent o’lik tuklari 5-10 Prosent chiqadi. Jun kokilchasimon urimning kokilchalarining uzunligi 8-11 sm. Qo`chqorlardan yiliga har biridan 2,5-3,5 kg sovliqlardan esa 2,3 kg jun qirqib olinadi. Qo`zi juni esa 0,3-0,5 kg chiqadi. Jaydari qo’ylari o’zining mustahkkm konustitutsiyasi mahaliy iqlim sharoitiga moslashgan va chidamliligi bilan ajralib turadi.
Po`stin bop teri beruvchi zotlar. Bu guruppa qo’yidagi zotlar kiradi; roman, shimoliy kalta dumli va kulindin. Mazkur zotdagi qo’ylardan qimmatbaho ter iva gusht olinadi. Po`stinbop terining asosiy hususiyatlari issiqni yaxshi saqlaydi. Bu yo’nalishdagi ba’zi zotdagi qo’ylar yuqori mahsuldorligi bilan harakterlanadi.
Roman zoti. Bu zot o’tgan asrda yaroslan guberniyasidagi dehqonlar tomonidan dag’al junli qo’ynig tanlash va urchitish yo’li bilan yaratiladi. Roman kuylarining asosiy mahsuloti po’stinbop ter iva gushtdan iborat. Eng yaxshi terilarni 5-6 oylik qo’zidan (qo’zi juni bilan) va 9-10 oylik gusht uchun suyilgan kuzidan olinadi. Roman zoti kalta dumli qo’ylar guruxiga kiradi. Mazkur qo’ylarning jun qoplami asosan tivit va qiltiqdan tashkil topgan.
Jun qoplamining farq qiluvchi xususiyatlari qo’yidagilardan iborat: