Eshboyev asliddinning


YURTIMIZDA ECHKICHILIK SOHASINING AHVOLI



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə9/12
tarix13.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#97488
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Aslidddin uzb kurs ishi

2.3.YURTIMIZDA ECHKICHILIK SOHASINING AHVOLI
Echkichilik ham chorvachilikni serdaromad va serpusht tarmog'i hisoblanadi. Bu tarmoq, xalq xo'jaligi uchun qimmatli tivit, go'sht, teri va sut mahsuloti yetishtirib beradi. Echkilardan olinadigan tivit nozikligi (diametri 14-20 mikrodan mayinligi, yengil va pishiqligi hamda chidamliligi bilan boshqa turdagi tivitlardan ustun turadi.
Bunday tivit asosan angor zot va boshqa serjun echkilardan olinnl Ular tivitining uzunligi 9-12 sm, ayrim hoi larda 20-25 sm ga yetadi. Ulafldi qimmatbaho ro'mol, trikotaj kiyimlar, gilam va hokazolar tayyorlanadi. Echki tya sidan kamar, har xil galantyeryeya anjomlari va oyoq kiyim tayyorlanadi. 1,1 haftalik echki bolalarining mo'ynasidan har xil kiyim bosh tiqiladi.
Echki suti ham sevib iste’mol qilinadi. Suti tarkibida 87,2 foiz suv va 12,8 fa quruq moddalar bo'ladi. Jumladan, 2,8 foiz kazein, 0,5 foiz albumin, 4,5 foiz yoj 4,2 foiz sut shakari va 0,8 minyeral moddalar bo'ladi. Sutining solishtirma og'irli 1,033 ga teng. Uning tarkibida fosfor va kalsiy ham ko'p bo'ladi.
Echkisi ayniqsa yosh bolalar va oshqozon kasaliga chalingan kishilar uchun shifobaxi ichimlik xisoblanadi. Echki go‘shti sifatiga ko'ra qo'y go'shtiga yaqin turadi, to'yimliligi bo'yicl unga tyeng keladi. Go'shtga boqilgan echkilar 20-28 kg go'sht va 4-6 kg yo| qiladi.
Axta qilingan takalarning go'sht chiqishi 50-55 foizga boradi. Echl shoxidan turli byezakli buyumln tuyog'idan yelim tayyorlanadi. So'ngi statistika ma’lumotlad ko'ra, hozirgi vaqtda yer yuzida 38 mln. bosh echki boqiladi.
Shunda; 5 foizi Osiyo mamlakatlarida, 29 foizi Afrikada va qolgani Yevropada va Janubiy Amerikada boqiladi. Echkilaming sertivit zoti katta ahamiyatga ega. Bu zot asosan Volgograd, Orenburg, Rostefl viloyatlarida, shuningdek Boshqirdistonda, Buryatiya Qirg'iziston, Qozog'istonda, Voronej Penza, CHelyabinsk, Chita hamd Irkutsk viloyatlarida urchitiladi. Mahsulot yo`nalishi. Echkilar asosiy mahsulotiga ko'ra: sersut, serjun sertivit va dag'al junli qo'sh mahsuldor bo'ladi. Sersut echki zotlari (gorkiy, magrel va rus zoti) sobiq Rossiya va MDHda keng tarqalgan. Ular bir laktasiya davomida yog'liligi 3,5-4 foiz bo'lgan 450- 550 kg ayrim rekordchilari 1000 kg gacha sut beradi. Dag`al junli serjun echki takasining tirik vazni 55-60 kg atrofida bo'ladi va 2,5 kg jun beradi.
Urg'ochilarining vazni 35-45 kg va jun miqdori 1-1,5 kg atrofida bo'ladi. Ular tashqi muhit sharoitiga ancha chidamli bo'ladi. Serjun va sertivit echkilar ko'plab turli mintaqalarda boqiladi. Serjun echkilar - Tojikiston, Turkmaniston, Qozog'iston va O'zbekistonning Pop tumanida boqiladi. Respublikamizning Chust tumanida boqilayotgan angor zotli serjun va sertivit echkilar bu mintaqada asosan angor zot echkilar boqilib, ulaming takalari 56 kg o`g`irlikda bo`lib, yiliga uzunligi 32 sm keladigan 6 kg jun bersa, urg'ochilari 32 kg bo`lib va shu uzunlikdagi juni 3 kg keladi.
Sertivit echkilar ko'proq don havzasi va Orenburg viloyati xo'jaliklarida har bir echkidan erta bahorda 400-600 g tivit tarab olinadi. So'nggi yillarda sertivit echkilarni respublikamiz sharoitida ko'paytirish va jaydari echkilarni qochirish ishlari olib borilmoqda. Echkilarning serpushtligi zotiga ko‘ra turlicha bo'ladi. Umuman, o'rtacha har bir urg'ochi echkidan 145- 150 ta uloq olinadi.
Hozirgi vaqtda echkilar asosan mehnatkashlarning yakka xo'jaliklarida, Ularning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun boqiladi va bu ko'rsatgich qariyb 80 foizni tashkil etadi. Respublikamizning barcha mintaqa va viloyatlarida, ayniqsa tog', hamda tog' yaqinidagi xo'jaliklarda echkichilikni tashkil etish va jadal usulda rivojlantirish xalq xo'jalik ahamiyatiga ega.
Yaqin yillar ichida bunday muhim tadbirlami amalga oshirish masalalari Respublika Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi va bu sohaga oid mas’ul tashkilotlar va olimlar tomonidan bajariladi degan umidni bildirish mumkin.

XULOSA
Xulosa o`rnida shuni aytish joizki O‘zbekiston Respublikasi keskin o‘zgaruvchan iqlimga ega bo‘lib, uning umumiy er maydonning qariyb 25 mln. Gektarini, ya’ni 56,7 foizini cho‘l, yarim cho‘l, dasht hamda tabiiy yaylovlar tashkil etadi. Bu yaylovlarning asosiy ozuqa manbai iqlim sharoitiga bog‘liq holda vegetatsiya davri qisqa efemer o‘tlar, yarim buta va butalar hisoblanadi. Respublikamizda qorako‘l terilari bilangina emas, balki mahalliy noqulay iqflim va yaylov sharoitiga moslashganligi bilan ham qadrlidir. Boshqa chorvachilik sohalari kabi qorako‘lchilikni rivojlantirishda ham asosan ikki omil, ikki yo‘nalish hal etuvchi rol uynaydi. Bular naslchilik ishlarini yuritish va ozuklantirishdir.
Qorako‘l ko‘y zoti halq seleksiyasi natijasida yaratilgan bo‘lib ulardan olinadigan qorako‘l terilari o‘zining nafisligi, bejirimligi, pishiqligi, rang-barang tuslarda tovlanib turishi bilan jahon mo‘yna bozorida xamisha munosib baholangan. Biroq qorako‘lchilik sohaning asosiy mahsuloti bo‘lgan qorako‘l terilarini ishlab chiqarish manbai bulib qolmasdan, balki, arzon tannarxlarda go‘sht, jun va charm mahsulotlari ishlab chiqarish manbai hamdir.
CHo‘llarni o‘zlashtirish va uning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xozirgi davrda qorako‘l qo‘ylarini urchitish cho‘l mintaqalari resurslaridan samarali foydalanishning yagona, iqtisodiy jihatdan asoslangan va maqsadga muvofiq yo‘lidir. Demak, qorako‘lchilikni rivojlantirish ijtimoiy – iqtisodiy masala bo‘lib, sohada iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish va rivojlantirishning yaqin yillarga mo‘ljallangan ustivor yo‘nalishlarini aniqlash uning taraqqiyotini belgilaydigan dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Qorako‘chilikka ixtisoslashgan shirkat xo‘jaliklarida 2007-2008-y qish faslining o‘ta sovuq kelishi va shu yo‘ili va undan avvalgi bir necha ob-havo noqulay kelgan yillarda yaylovlar hosildorligining kamayib, quduq va buloq suvlarning kurib qolishi qorako‘lchilikka ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklar moliyaviy ahvolining og‘irlashuviga olib keldi.
O‘tkazilgan tajriba natijalariga asoslangan holda quyidagi xulosalarga kelindi. 1. CHorvachilikni rivojlantirish hozirgi davirdagi dolzarab masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi, shuning uchun mamlakatimiz prezidenti tomonidan chorvachilikni rivojlantirish to‘g‘risida chiqargan qaror va farmonlarini bajarilishini ta’minlash zarur.
2. Qorako‘lchilikni rivojlantirish uchun qorako‘l qo‘ylarining bosh sonini ko‘paytirish va ularning mahsuldorligini oshirish lozim.
3. Qorako‘l qo‘ylarini bo‘g‘ozlik davrida to‘liq qiymatli ozqlantirish ulardan olinadigan qo‘zilarni sog‘lom, kasalliklarga chidamli va qo‘zilarning o‘sish rivojlanishdarajasini yuqori bo‘lishini ta’minlaydi.
4. Qo‘ylarni bo‘g‘ozligining ikkinchi yarmida oziqlantirishni to‘g‘ri tashkil etish ularning semizlik darajasini o‘rtacha va o‘rtachadan yuqori bo‘lishini ta’milaydi.
5. Qorako‘lchilikni rivojlantirish mamlakatimiz aholisini go‘sht mahsulotlari va sanoatni jun, teri, qorako‘l teri bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega, shuning uchun qorako‘l qo‘ylarining boo‘ sonini ko‘paytirish, tug‘ilgan qo‘zilarni to‘liqo‘stirishga qoldirish lozim.
6. Qora ko‘l qo‘zilarini bosh sonini ko‘paytirish va ularni to‘liq qiymatli ratsion bilan oziqlantirish ulardan olinadigan mahsulot miqdorini va sifatini oshirishda katta ahamiyatga ega.
7. Qo‘ylarni to‘liq qiymatli ratsion bilan oziqlantirishni tashkil etish samaradorlikni yuqori bo‘lishini ta’minlaydi, rentabillik darajasini 14,7 % yuqori bo‘lishiga olib keladi. Umuman olganda respublikamizda qo`ychilik sohasi juda rivojlangan va hozirgi kunda ham rivojlanmoqda va aholining g`o`sht va boshqa mahsulotlarga bo`lgan ta`labini qondirmoqda, echkichilik sohasi ham so`ng`i yillarda rivojlanib bormoqda.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin