Qo`ychilik. 2022-yilning 1-aprel holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni 22 626,3 mingtaga yetdi. Qo‘y va echkilar bosh sonini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi 18 255,8 ming bosh dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.Respublikada Qorako`l, hisori va jaydari qo`ylar ko`p boqiladi. Echkichilikgo`sht, serqaymoq va shifobaxsh sut, jun, teri hamda tivit uchun boqiladi. Mamlakat echkichiligida serjun angor, tivitli Orenburg, jundor O`zbekiston zotlari keng tarqalgan. O`zbekistonda yiliga 60-85 t echki juni, 40-45 t. tivit, 15-20 ming dona echki terisi tayyorlanadi. Echki ob-havoning noqulay sharoitlariga chidamli. Echkilar asosan respublikamizning baland tog`li va tog` oldi zonanalarida boqiladi. Echkichilik Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida rivojlangan. 2022-yil 1-aprel holatiga qo‘y va echkilar bosh soni toʻgʻrisidagi maʻlumotlarni xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, qo‘y va echkilar bosh sonining 13,9 % i fermer xoʻjaliklari hissasiga, 80,7 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklariga, 5,4 % i qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelishini qayd etib oʻtish lozim.
1-Rasm. Respublikada mavjud qo‘y va echkilar bosh soni
2022- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, Respublikada qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 23 308,8 ming boshga yetdi. 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda barcha toifadagi xoʻjaliklarda qo‘y va echkilar umumiy bosh soni – 666,4 ming boshga (2,9 %) koʻpaydi. Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz qo‘y va echkilar umumiy bosh sonining 14,1 % i – fermer xoʻjaliklariga, 79,8 % i – dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklariga, 6,1 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.2 1.2. RESPUBLIKAMIZ QO‘YLARINING MAXSULDORLIGI. JUN, G`O`SHT VA TERICHILIKNING RIVOJLANTIRILISHI Qo`ylarning asosiy mahsulotlari bo`lib jun, po`stinbop teri, qorako`l teri, go`sht va sut mahsulotlari hisoblanadi. Bularning ichida eng asosiysi jun hisoblanadi (mayin va yarim mayin junli qo`ylar). Jun – qo`ylarning qoplamasi bo`lib ulardan matolar, trikotaj buyumlari va gilam to`qiladi.
Birlamchi jun tolalari homila 50-70 kunligida shakllanadi. Ushbu holatni e`tiborga olgan xolda bo`g`oz sovliqlarining bo`g`ozlikning birinchi yarmidayoq to„yimli moddalar, minerallar va vitaminlar xomila tana va satxida ko`proq birlamchi jun tolalari shakllanishiga olib keladi.
Ikkilamchi junlar sal kechroq hosil bo`ladi, jun tolalarining to`liq shakllanishi tugilgandan keyin 1 oy ichida tugallanadi, shuning uchun bo`g`ozlikning ikkinchi davri me`yorda oziqlantirish va saqlash, tug„gandan keyin emizikli sovliqlarni to`la qiymatli oziqlantirish qo`zilarni og`iz suti va sutga to`yishi evaziga qalin jun qoplamini shakllanishiga sabab bo`ladi.
Jun tolasi ikki surgich va piyozcha qismlaridan iborat. Junning teri ichidagi qismi uning ildizi va ustidagi qismi poyasi deyiladi. Jun tolasi gistologik tuzilishi bo„yicha uch qavatdan qobiq, mag`iz va o`zakdan iborat. Tivit va oraliq jun tolalari faqat qobiq va mag`iz qavatlaridan, qiltiq, o`lik qoplovchi jun tolalarida esa hamma qavatlar mavjud. Qo`ylarda morfologik tuzilishi bo`yicha quyidagi jun tolalari uchraydi: tivit, oraliq, qiltiq, quruq, o`lik va qoplovchi. Junda ularning nisbatiga qarab xillari aniqlanadi.
Jun tarkibida tivit va oraliq jun tolalari qanchalik ko`p bo`lsa u shunchalik ijobiy hisoblanadi (yarimdag`al va dag`al junlar uchun). Mayin junli qo`ylar juni faqat tivit tolalaridan, yarim mayin junli qo`ylar juni tivit va oraliq jun tolalaridan, yarimdag`al junli qo`ylar juni tivit, oraliq va qiltiq jundan, dag`al junli qo`ylar juni tivit, oraliq, qiltiq, quruq va o`lik jun tolalaridan tashkil topadi. Qoplovchi jun tolalari qo`ylarning bosh va oyoq qismlarini qoplagan bo`ladi. Junning qalinligi 1 mm² maydondagi jun tolalarining miqdori bilan belgilanadi. Mayin junli qo`ylarda 1 mm² da 60-65 dona, yarim mayin, yarim dag`al va dag`al jun beruvchi qo`ylarda esa 20-40 dona jun bo`ladi. Jun tolalari quyidagi fizik xossalarga ega uzunligi, ingichkaligi, jingalakligi, mustahkamliligi, cho`ziluvchanligi, egiluvchanligi, rangi va yaltiroqligi. Bu belgilar junning texnologik sifati uchun asos bo`ladi.
Qo`ylardan quyidagi junlar olinadi: mayin jun – yilida bir marta mayin junli va duragay qo`ylardan qirqib olinadi. Uning sifati asosan 60 sifatdan past bo`lmay, albatta oq rangda bo`lishi shart. Yarim mayin jun – bir yilda bir marta yarim mayin jun beruvchi qo„ylardan qirqib olinib. 58-50 sifat va oq rangda bo`lishi kerak. Yarim dag`al jun – mayin va dag`al junli qo`ylarning duragaylari, hamda saradja zotli qo`ylardan yiliga 2 marta qirqib olinadi. Bu jun bir xil bo`lmagan junlar toifasiga kirib 48-46 sifatga, ega oq rangda bo`ladi.
Dag`al jun – bir xil bo`lmagan, har xil rangdagi jun bo`lib dag`al junli qo`ylardan yiliga ikki marta qirqib olinadi. Romanov zotli qo`ylar yiliga 3 marta qirqiladi. Bir qirqimda qo`ydan yaxlit olingan jun runo deb ataladi. Mayin va yarim mayin jun beruvchi qo`ylar to`liq yaxlit runo jun beradi, dag`al va yarim dag`al jun beruvchi qo`ylar esa bahorgi qirqimda yaxlit (runo), kuzgi qirqimda esa kokilcha (bo`ltak) jun beradi. O`zbekiston sharoitida qo`ylar ikki marta bahorda va kuzda qirqiladi, bundan tashqari 1 yoshda qo`zi qirqimi o`tkaziladi. Jun qo`lda va qirqish agregatlari yordamida amalga oshiriladi. Kichik xo`jaliklarda (500-1000 bosh) qo`lda va yirik xo`jaliklarda albatta qirqim agregatlarida amalga oshiriladi.
Kuzgi qirqim muddatlari shunday belgilanishi kerakki, qattiq sovuqqacha jun usib tanani qoplash imkoniyati bo`lsin. Qirqim davri ob-havo sharoiti va jun qoplamining holatiga qarab belgilanadi. Bahorgi qirqim jun ko`tarilganda va unda yetarli ter-yog` bo`lganda boshlanadi. Qo`ylarni qirqimdan oldin 12 soat boqilmaydi, to`q qo`ylarda qirqish davrida noqulayliklar seziladi. Qirqishdan oldin qo`ylar cho`miltiriladi. Qirqilgan qo`ylar 2- 3 kun tashqi muhit ta`siriga sezuvchan bo`ladi, shuning uchun ularni qo`tonlar yaqinida o`tlatish kerak.
Jun iloji boricha teriga yaqin va bir tekisda qirqib yaxlitruno jun olishga harakat qilish kerak, chunki u kokilcha-bo`ltak junga nisbatan qimmat turadi. Agarda tananing biror qismida jun balandroq qirqilgan bo`lsa uni qayta qirqish kerak emas, chunki kalta jun runo sifatini buzadi. Jun sifati qirqib olingan teri parchalari bilan ham yomonlashadi. Terini qirqib olish faqat jun sifatini yomon qilib qo`ymasdan, qo`yni jarohatlaydi, yiringlash manbai bo`lishi mumkin. Shuning uchun qirqilgan joy shu zahotiyoq kreolin yoki boshqa dizenfeksiyalovchi modda bilan ishlanishi shart. Har bir qo`ydan qirqib olingan yaxlit-runo alohida o`ralib klasslash xonasiga o`tkaziladi.
Dag`al jun uning tarkibidagi jun tolalarining nisbatiga qarab I-II-III klasslarga bo`linadi. Qorako‘l teri – qorako`l qo`ylarning asosiy mahsuloti hisoblanadi. Qorako`l deb qo`zilarni 1-3 kunligida so`yib olinadigan, terisida jun tolalari turli uzunlik va shakldagi jingalaklari bor teriga aytiladi. Qorako`l palto, telpak, yoqa va boshqa kiyim-boshlar tayyorlashda ishlatiladi. Qorako`lning sifati va qiymati uning rangi, tusi va rangbarangliklari, gullar jingalakligi, jingalaklikning mustahkamligi va zichligi, ipakligi, yaltiroqligi, junning qalinligi, terining qalinligi, zichligi va maydoni bilan aniqlanadi.
Mayda gullar 4,0 mm gacha, o„rta gullar 4-8 mm va 8 mm dan yuqorisi katta gullar hisoblanadi. Gullarning quyidagi shakl va tiplari bo`ladi: qalamgul, donagul, yolgul, xalqagul, yalaqigul, no`xatsimon, buramagul, parmasimon va shaklsiz. Bular ichida eng qimmatlisi qalamgul va donagul hisoblanadi. Barra terining sifati qo`yning zotiga, yoshiga, individual xususiyatiga, sovliqlarning oziqlantirish va saqlash sharoitlariga bog`liq. Olinish manbaiga qarab qorako`l, reshitilov, sokkol, chushka va malich qo`y zotlari hisoblanadi. Yoshiga qarab esa kuni yetmagan homiladan olingan, o`z vaqtida so`yilgan qo`zilardan olingan va muddati o„tib so`yilgan qo`zilardan olingan terilarga bo`linadi. Qorako`l rangiga qarab qora, ko`k, sur, oq, guligaz, jigarrang va rangdor bo`ladi.
Qora rang turli pigmentasiyalanishda bo`lishi mumkin. Qora terilarga maydoni 12 sm²dan ko`p bo`lmagan oq dog`lari bor terilar ham kiritiladi. Ko`k rang oq va qora jun tolalari aralashmasidan tashkil topadi. Ular sonining nisbatiga qarab uch tusga: och ko`k, o`rta va to`q ko`klarga bo`linadi. Och ko`k tusda po`lati va sutsimon rangbaranglik bor. O`rta ko`kda havorang, kumushrang, qo`rg`oshinsimon, gavxarrang rangbarangliklar uchraydi. To`q ko`kda sadaf, oqtushganlik rangbarangliklari bo`ladi. Sur rang junning uzunligi bo`yicha har xil ranga ega bo`lish bilan belgilanadi. Sur rangida 3 zot tipi mavjud: Buxoro, Surxondaryo, Qoraqalpoq. Buxoro surida kumush, tilla, binafsha rangbarangliklar; Surxondaryo surida bronza, qaxrabo va oq oltin rangbarangliklar; Qoraqalpoq surida shamchiroqgul, po`lati, qamar va o`rikgulli rangbarangliklari uchraydi.
Buxoro surining xususiyati jun tolasining ostki qismi qora ustiga qarab esa och ranga kirib boradi, Surxandaryo suri esa jigarrang asosida yaratilgan. Ushbu surning asosiy hosiyati jun tolasining osti to„q va ustki qismining keskin och tusda bo`lishi hisoblanadi. Qorako`l qo`zilari tug`ilgandan keyin 1-3 kunligida so`yiladi, aks holda terida junlar o`sib teri sifati buziladi. Jun qoplami holatiga qarab qo`zilarni kechroq so`yish teri satxining kattalashishini ta`minlaydi. Shuning uchun so`yishni har bir qo`zi alohida ko`rib hal etish kerak. Qo`zilar hiqildoq tagidan uzunasiga so`yiladi, qoni oqib bo`lgandan keyin teri ostiga havo yuborilib teri shilib olinadi. Shilish uchun qo`zi ko`kragi, qorni, oldingi va keyingi oyoqlari ichki yuzasi archilib, qolgan qismidan teri shilib olinadi.
Oldingi oyoq bilak uzuk, keyingi oyoq sakrash bo`g`indan kesib tashlanadi. Terilar 1-2 soat sovugandan keyin birlamchi ishlov beriladi. Terilarga osh tuzidan har biriga 0,8-1,0 kg sepilib omborlarda saqlanadi. 7 kundan keyin ular obdon tozalanib, salqin joylarda (ayvon tagida) quritiladi. Shundan keyin ular qayta ishlash fabrikalariga yuboriladi. Tayyorlov andozasiga ko`ra qorako`l sathi inobatga olinib, katta va o`rta terilarga bo`linadi. Katta va o`rta terilar barra tipi, gul jingaliklarining shakliga, jun qoplamining sifati va gul o`lchamiga qarab navlarga bo`linadi. Qorako`lcha guruhiga kiruvchi terilar – bola tashlash yoki bo`g`ozlik kuni yetmagan sovliqlarni noilojlikdan so`yish natijasida olinadi. Mamlakatimizda sovliqlarni maqsadli qochirish, bo`rdoqilash natijasida tug`ilishiga 10-15 kun qolganda so`yish yo`li bilan qorako`lcha va semiz nimta olish texnologiyasi ishlab keladi. Bu terilar qo`yidagi 3 xilga bo`linadi:
1. Taqir (golyak) – gulsiz, kalta junli, ba‟zan biroz muar chizgili terilarga aytiladi. 2. Qorako`l – qorako`lcha – jun qatlamining rivojlanishi bilan me`yorda tug`ilgan qo`zilarga yaqin turadi. Bunday terilar tug`ilishiga bir hafta qolgan qo`zilardan olinib, sathi va gullarning rivojlanishi bo`yicha juni o`sgan qorako`lcha deyish mumkin. 3. Qorako`lcha – homila jingalaklikka ega, maxsus muar chizgili kalta junli teri hisoblanadi. Ko`proq qorako`lcha homilaning 128-132 inchi kunlarida olinadi. Chiroyli va o`ziga xos guli evaziga uni terisi uncha mustahkam va sathi katta bo`lmasa ham yuqori baholanadi, I nav odatdagi qorako`l terisidan qimmat turadi. Muddatidan o`tib, juni biroz o`sgan qo`zilardan yaxobob teri olinadi.