Qo‘ylarning go‘sht maxsuldorligi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan go`shtning 35-40% qo`y go`shtiga to`g`ri keladi. Qo`y go`shtini ko`paytirish respublikamizning tabiiy va iqlim imkoniyatlari, hamda milliy an`analariga mos tushadi.
Shuning uchun bepoyon yaylovlarda qo`y go`shti yetishtirishning juda keng imkoniyatlari mavjud. Bu borada sohada fermerchilikni keng yoyish, dehqon va shaxsiy yordamchi xo`jaliklarda Respublika Prezidentining 308-sonli qarori asosida rivojlantirishni taqozo etadi. Mamlakatimizda urchitilayotgan Xisor va jaydari qo`ylarining go`shti va dumba yog`i tengsiz hisoblanadi, ulardan xushxo`r, ajoyib ovqatlar tayyorlash mumkin va kaloriyalidir.
Eng yuqori go`sht maxsuldorligiga xisor qo`ylari ega bo`lib, maxsus boqilgan qo`ylarning tirik vazni 190-200 kg ga yetib, dumbasining sof og`irligi 50 kg gacha bo`lib, ulchami 45-55 sm ni tashkil qiladi. Jaydari qo`ylar go`sht maxsuldorligi ham ancha yuqori bo`lib ularning vazni boqilganda 100-120 kg gacha yetadi va so`yganda 60-70 kg go`sht olish mumkin. Qo`y go`shti ba`zi xususiyatlari bilan boshqa go`shtlardan farq qiladi. Oqsil bo`yicha mol go`shti bilan tenglashib, cho`chqa go`shtidan ustun turadi, yog` nisbati va kaloriyaligi bilan mol go`shtidan ustun turib, cho`chqa go`shtiga yutqazadi.
Go`sht to`qimalari tarkibadagi aminokislotalar qo`y, qoramol, cho`chqalarda katta farq qilmay – 46,8; 48,5; 47,9% ga teng. Hayvon yog`lari asosan palminit, stearin, olein va ko`p bo`lmagan boshqa yog` kislotalaridan tuziladi.
Qo`y yog`ida mol va cho`chqa yog`iga nisbatan 3-4% palmitin, 3-7% olein kislotalari kam va 5-12% stearin kislotasi yuqori bo`ladi. Tuyinmagan yog` kislotalari qo`y go`shtida cho`chqa go`shtiga nisbatan 6,7% kam va mol go`shtidan 3,4% ko`p bo`ladi. Qo`y go`shtining eng ijobiy ko`rsatkichi bo`lib uning tarkibida xolesterinning kamligidir - 29 mg % , u mol yog`ida -75 mg %, cho`chqa yog`ida esa -74,5-126 mg % ni tashkil etadi. Qo`y go`shtida nikotin kislotasi, biotin va V12 vitaminlari ko`proq uchraydi. Qo`y go`shti kalsiy va fosfor manbai bo`lib hisoblanadi. Mis, Rux kabi mikroelementlar boshqa go`shtlarga nisbatan ko`p bo`ladi. Qo`ylarning go`sht maxsuldorligi so`yishdan oldingi tirik vazni, so`yim vazni, nimta vazni, so`yim chiqimi, nimta tarkibidagi laxm go`sht, suyak, paylar nisbati, navli go`shtlar chiqimi, so`yimning qo`shimcha mahsulotlari, go`shtning to`yimliligi bilan belgilanadi. So`yishdan oldingi tirik vazn, qo`yni 24 soat och qoldirgandan keyingi tirik vazniga aytiladi. Shu davr mobaynida qo`y vazni 2,5-3,5% ga kamayishi mumkin. Qo`yning boshsiz, terisiz, ichki a`zolarisiz oldingi oyoq bilakuzuk bo`g`inidan orqa oyoq sakrash bo`g`idan qirqib tashlangandan keyingi va ichki yog` bilan birga og`irligi so`yim vazni deb ataladi.
So`yim vaznining so`yim oldi tirik vazniga nisbatining foizdagi ifodasiga so`yim chiqimi deyiladi. U turli omillar ta‟sirida 35-60% ni tashkil etadi. Qo`ylar semizligiga qarab quyidagi kategoriyalarga bo`linadi: oliy, o`rta va past.
2-Jadval