Hisor zoti – ushbu zotga mansub qo`ylar jahonda eng yirik zot bo`lib go`shtyog` yo`nalishiga mansub hisoblanadi. Ular asosan O`zbekistonning tog` va tog`yonbag`ri hududlarida keng miqyosda urchitiladi. Ularning suyaklari kuchli rivojlangan, mustahkam, oyoqlari uzun, boshi do`ng peshonali bo`ladi. Qo`chqorlari asosan to`qol bo`lib, o`rtacha 130-140 kg, eng og`irlari 170-188, sovliqlari- 80-85, ko`plari 90-95 kg tosh bosadi.
Maxsus bo`rdoqilangan bichmalar 190 kg gacha tosh bosadi, ular so`yilganda 50 kg sof dumba olish mumkin, uning uzunligi 45-50 smni tashkil etadi. Qo`zilari 6 oyligida 65 kg vaznga ega bo`lib so`yim chiqimi 48-56% tashkil etadi. Ularning go`sht tolalari ancha yo`g`on bo`ladi. Hisor qo`ylarining tanasi chuqur va keng, dumg`azasi to`g`ri va uzun bo`ladi. Qo`chqorlari va sovliqlari shoxsiz bo`ladi. Tusi asosan to`q qo`ng`ir bo`lib, juni dag`al va siyrak bo`ladi, hammasi bo`lib qo`chqorlaridan 2 kg, sovliqlaridan 1,2-1,5 kg jun qirqib olinadi.
Hisor qo`ylari juni tarkibida qiltiq va o`lik jun tolalari uchrab to`qimachilik sanoati uchun yaroqsiz bo`lib, ulardan kigiz bosiladi. Hisor qo`ylarining nafaqat boshi va oyoqlari qoplovchi qattiq jun bilan qoplanib qolmasdan, balki bo`ynining va qornining tagi ham shunday jun bilan qoplangan. Hisor zotli qo`ylar asosan Surxondaryo viloyati xo`jaliklarida urchitilish bilan birga Respublika qishloq va suv xo`jaligi vazirligining buyrug`iga asosan boshqa viloyatlarda jaydari qo`ylarni takomillashtirishda foydalanilmoqda.
4-Rasm. Hizor zotli qo`chqor Jaydari – bu qo`ylar yil davomida yaylovlarda asrashga o`rgangan qishda cho`l yaylovlaridan, yozda esa tog` oldi va tog` yaylovlaridan samarali foydalanadilar. Qo`ylar mustahkam konstitutsiyaga ega bo`lib go`sht-yog` belgilari yaxshi shakllangan.
U mamlakatimizda keng tarqalgan bo`lib Xorazm va Qoraqalpog`iston Restpublikasidan tashqari barcha viloyatlarda urchitilmoqda. Ushbu zot qo`chqorlari 80-90 kg, sovliqlari 55-60 kg vaznga ega bo`ladi. Bo`rdoqilangan axta qo`ylar 35-40 kglik nimtalar beradi; so`yim chiqimi 55-60%, dumba og`irligi 18-20 kggacha teng. Dumbasi katta, ba`zan o`rtacha bo`lib, tanaga tortilgan, ko`pincha osilgan bo`ladi. Juni dag`al tuzilishida, qo`chqorlaridan o`rtacha 2,5-3,5 kg, sovliqlaridan 2-3 kg jun olinadi. Tusi qo`ng`ir, sariq, qora. Juni tivit, oraliq, qiltiq jun tolalaridan tashkil topib, kam miqdorda quruq jun tolalari uchraydi, asosan gilam va milliy liboslar to`qishda ishlatiladi. Bu zotli qo`ylar go`sht va yog` olish uchun urchitiladi. Ushbu zot hisor zoti yog`-go`sht, saradja jun maxsuldorligi sifatini yaxshilashda foydalanilmoqda.
5-Rasm. Jaydari zotli qo`ylar. Saradja zoti – Turkmanistonning sahro va yarim sahro sharoitida mahalliy dumbali qo`ylarni xalq seleksiya orqali tanlash va juftlash natijasida yaratilgan. Unda mahalliy dumbali qo`ylarning junining tarkibida tivit tolasi ko`p qo`ylar ajratib olingan.
Saradja qo`yining juni barcha jun ko`rsatkichlari bo`yicha dumbali dag`al jun beruvchi qo`ylardan ancha ustun bo`lib yarim dag`al jun beradi. U jun asosan tivit va oraliq jun tolalaridan tashkil topib, oraliq jun tolalari ham uzunligi bo`yicha tivit tolalaridan farq qilmay, dag`al bo`lmagan (6-9 %) qiltiq tolalardan tashkil topgan, ularda umuman quruq va o„lik jun tolalari uchramaydi.
Ko`pincha bahorgi qirqimdan olingan, junlar uzunligi 12-18 smni tashkil qiladi. Qo`chqorlaridan 4-7 kg, sovliqlaridan esa 3-4,5 kg jun qirqib olinadi va uning tarkibida 70-75 % tivit tolalari mavjud. Qo`ylar ancha yirik qo`chqorlari 74-85 kg, sovliqlari 55-60 kg tosh bosadi. Bu zotli qo`ylar Farg`ona vodiysi xo`jaliklarida jaydari qo`y zotining jun maxsuldorligini yaxshilashda foydalanilmoqda.5