Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/90
tarix24.09.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#147827
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
Genetika

O‘zgaruvchanlik
Irsiy bo‘lmagan 
(fenotipik modifikatsion paratipik)
Irsiy
(genotipik)
Kombinativ 
Mutatsion
12 -§ . M odifikatsion o ‘zgaruvchanlik
Modifikatsion o ‘zgaruvchanlikning tipik misoli sifatida o ‘q 
barg(strelolist) o ‘simligi barglarining shakli o ‘zgaruvchanligini 
misol qilib keltirish m um kin 
(12-rasm).
Bitta o ‘simlik turida
12-r a s m.
O‘q barg(strelolist)ning suv tagida va suv ustida belgilarining har
xil shaklda bo‘lishi.


58
Genetika
barglarning uch xil turi kuzatiladi (suv ostida, suv yuzasida, havo- 
da). Barglar shakli o ‘zgaruvchanligini yoritilganlikka bog‘liq. 
Ularning genotipi esa bir xildir.
Organizmlar belgilarining rivojlanish sharoitlari yoki tashqi 
m uhit ta ’sirida o ‘zgarishi 
modifikatsion
yoki 
fenotipik
o ‘zgaruv- 
chanlik deyiladi. O ‘zgaruvchanlikning bu xilida faqat fenotipda 
o ‘zgarish kuzatiladi. G enotip o ‘zgarmaganligi uchun modifikatsion 
o ‘zgaruvchanlik nasldan naslga berilmaydi. Bitta genotipning 
tashqi m uhit sharoitiga qarab har xil fenotipni yuzaga chiqara olish 
chegarasi — 
reaksiya normasi
deyiladi. M odifikatsion o ‘zgaruv- 
chanlikning evolutsion ahamiyati shundan iboratki, u organizm- 
larga o ‘z ontogenezida tashqi m uhit omillariga moslashish 
im koniyatini yaratadi. Reaksiya normasi keng b o ‘lgan organizmlar 
tabiiy tanlashda qulaylikka ega b o ‘ladi. Organizmlarning b o ‘yi, 
massasi, pigmentatsiyasi va shunga o ‘xshash ko‘plab belgilar m odi­
fikatsion o ‘zgaruvchanlikka moyildir. Modifikatsiyalarning kelib 
chiqishi organizmda biokimiyoviy va fermentativ reaksiyalarning u 
yoki bu tom onga o ‘zgarishiga bog‘liqdir.
Modifikatsion o ‘zgaruvchanlikning o ‘ziga xos ko‘rinishi 
uzoq
davom etuvchi
modifikatsiyalardir. Bu modifikatsiyalar uni yuzaga 
chiqargan omillar ta ’siri tugagandan keyin ham bir necha avlod 
davomida kuzatilib, asta-sekin yo‘qoladi. Buning sababi sitoplaz­
m atik irsiyatga bog‘liq deb hisoblanadi.
M odifikatsion o ‘zgaruvchanlikning bir k o ‘rinishi b o ‘lmish 
fenokopiyalar ham alohida ahamiyatga egadir. Fenokopiyalar — 
muhit omillari ta ’sirida kelib chiqadigan m a’lum genotipik o ‘zgaruv- 
chanlikka o ‘xshash m odifikatsiyalardir. M asalan, talidom id 
preparati chaqaloqning fekomeliya (qo‘llarning rivojlanmasligi) 
bilan tug‘ilishiga olib kelishi m um kin 
(13-rasm).
Xuddi shunday 
o ‘zgarishni m u tan t allellar ham yuzaga chiqarishi m um kin. 
Fenokopiyalarning mavjudligi kasallikni aniqlashni qiyinlashtiradi.
Modifikatsion o‘zgaruvchanlik tibbiyot fanida katta ahami- 
yatiga ega. H ar bir kasallik har xil shaxsda har xil kechishi mumkin 
(buning sababi reaksiya normasining har xilligidir). Bunday holat- 
lar vrachlik amaliyotida juda ko‘p uchraydi.
Belgilarning o ‘zgaruvchanligini o ‘rganish usullarini ishlab 
chiqish bilan maxsus fan — 
biometriya
shug‘ullanadi. Belgilarning 
sifat o ‘zgarishlarini aniqlash uchun u yoki bu belgilarni hisoblab, 
olingan natijaning shu guruhning um um iy soniga nisbatan qancha


59
13-r a s m.
Fokomeliya bilan tug‘ilgan chaqaloq.
foizini tashkil etishi aniqlanadi (masalan, bironta guruhda kasal 
yoki sog‘ odamlar foizi aniqlanadi).
Belgilarning miqdoriy o ‘zgarishlarini aniqlash birmuncha qi- 
yinroq, chunki ularning ko‘rsatkichlari keng doirada o‘zgarishi 
mumkin. Buning uchun belgining o ‘zgaruvchanligini aks ettiruvchi 

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin